Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘G‘riligini tekshirish to‘G‘risida



Download 21,27 Kb.
bet1/2
Sana02.06.2022
Hajmi21,27 Kb.
#630027
  1   2
Bog'liq
REFERAT 3


DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARI TO‘G‘RILIGINI TEKSHIRISH TO‘G‘RISIDA

Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-oktabrdagi PF-6325-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublikaning barcha mintaqalarida debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini yoppasiga solishtirib chiqish ishlari tashkil etilganligi, ularning natijalari belgilangan muddatlarga muvofiq Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taqdim etilishi kerakligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish tartibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini tekshirish ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari va tegishli tarmoq idoralari rahbarlaridan iborat 2-ilovaga* muvofiq tarmoq ekspert komissiyalari tuzilsin.
4. Tarmoq ekspert komissiyalari:
Ko‘rsatib o‘tilgan vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korporatsiyalar va kompaniyalar, tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlariga qarashli xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘riligini 1998-yil 1-iyuldagi holatiga ko‘ra tasdiqlangan tartibga muvofiq tarmoqlar bo‘yicha tekshirib chiqsinlar;
o‘tkazilgan tekshirishlarning yakuniy materiallarini va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning debitorlik va kreditorlik qarzlarini qisqartirish bo‘yicha takliflari Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga 1998-yil 1-sentabrgacha taqdim etsinlar.
5. O‘zlariga qarashli xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha qarzdorlik o‘z vaqtida va to‘liq tekshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik vazirliklar, idoralar, tarmoq konsernlari, korporatsiyalar, uyushmalar va xolding kompaniyalari rahbarlari zimmasiga yuklansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.

Download 21,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish