Davurova Marjona Ilhom qizi
2-Topshiriq
1.SHaxsni yo’nalganligini o’rganish anketasi.
2.SHaxsni yo’nalganligini aniqlash jarayoni.
3.SHaxsni yo’alganligini ,o’rganuvchi anketa o’tkazish uchun zaruriy ma’lumotlar.
4.Tekshiriluvchiga yo’riqnoma ,javob varaqasi.
5. Ma’lumotni qayta ishlash uchun test kaliti.
1. Edvard Torndayk (1874-1949) ning eng ta’sirli ishi mushuklar bilan bog‘liq. U och mushukni panjarali qutiga solib qo‘yadi. Bir likop ovqat qutining shundoq yaqiniga qo‘yiladi. Mushuk richagni bosishi va qutidan chiqib ovqat oldiga borishi kerak edi. Mushuk qutining tuzilishini kuzatgani sari uning qutidan qochish ehtimoli oshib boradi. Torndayk motivatsiyaning ahamiyatini berilayotgan stimulga beriladigan javob va ushbu javobning latentligiga qarab o‘lchadi. Torndayk yangi tajribasidan motivatsiyani o‘rganishda foydalandi. U barcha variabel (tur) larni bevosita tekshirish yoki hisobga olish mumkin. (ruhiy ifodalar, instinktlar va maqsadlar). Torndayk xulq-atvordagi o‘zgarishlarga bajarilayotgan funksiyaning oqibati deb qaradi. Qafas qutichada och mushuklar bilan o‘tkazgan tajribalariga asoslangan holda Torndayk o‘zining effekt qonunini shakllantirdi. Effekt qonuni o‘rganish nazariyasi bo‘libgina qolmay, balki motivatsiya nazariyasi hamdir. Bu qonun hayvonlarda qoniqish natijasida hosil bo‘ladigan javob reaksiyasi takrorlanadi, jahl chiqqanda hosil bo‘ladigan javob reaksiyasining esa takrorlanish ehtimoli kam (Torndike, 1911). Torndayk hodisalarning potensial oqibatini tushuntirishda so‘zlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanladi. Masalan, “yoqimli” va “yoqimsiz” so‘zlari nutqi yo‘q turlarga nisbatan qo‘llanilmasligi sababli ular tanlab olinmagan. Bundan tashqari Torndayk “qulay” va “noqulay” so‘zlaridan ham foydalanmagan. To‘yib ovqat iste’mol qilish va mastlik lazzat bag‘ishlashi mumkin, ammo yashash va salomatlik uchun zararlidir
2. Edvard Tolman (1186-1959) ning motivatsiya nazariyasi asosan labirint bo‘ylab ovqat mukofoti uchun yugurgan kalamushlar tajribasiga asoslandi. Ba’zi labirintlar sodda tuzilgan, boshqalari esa yetarlicha murakkab edi. Tadqiqotchilar ovqatning miqdoriga qarab labirintning tuzilishini o‘zgartirib borishgan. Tadqiqotchilar turli xildagi va miqdordagi ovqatni tayyorlashgan, keyin esa vaqtni belgilab kalamush ovqatgacha bo‘lgan masofani qancha vaqtda bosib o‘tishini aniqlashdi. (Tolman, Ritchie, & Kalish, 1946). O‘zining izlanishlari va bir qancha tadqiqotchilarning ishlariga (Simmons, 1924; Tinklepaugx, 1928) asoslangan holda Tolman, motivatsiyani tushuntirishda yolg‘iz harakat qilish foydasiz deb xulosa chiqardi. Odatda biologik zaruriyatga ko‘ra xulq-atvordagi xususiyatlari paydo bo‘lishi va yo‘qolishi mumkin, odatlar rivojlanadi. Tolman o‘zining bir nechta tajribalar seriyasi orqali latent o‘rganish deganda nimani nazarda tutganini ko‘rsatib berdi. Tipik latent o‘rganish tajribasida guruhdagi barcha kalamushlar labirint oxirida ovqatni topadilar. Shu tufayli ham juda tez harakatlanadilar. Boshqa guruh kalamushlar esa labirint oxirida hech qanday mukofot topa olmaydilar. Bu guruhdagi kalamushlar odatda qutining oxiriga qarab juda sekin harakatlanadilar. Oxirgi guruh kalamushlarga birinchi 10ta tajribada labirint oxirida mukofot berilmaydi. Keyingi 10ta tajribada esa mukofot labirint oxiriga joylashtiriladi. Bu kalamushlar avvalgi 10ta tajribada juda sekin harakatlanishdi. Ammo mukofot joylashtirilishi bilan ular mukofotga qarab tezrok harakatlanishni o‘rganishdi. Ularning tezligi avvalgi guruh kalamushlarning tezligidan ham ortdi. Bu natijalar hayvonlar ham qo‘shimcha kuch yoki ortiqcha tushuntirishlarsiz ham vaziyatni o‘rganish qobiliyatiga ega ekanliklarini ko‘rsatdi. Bu o‘rganish jarayoni shunchaki xulq- atvorning vazifalaridan biri emas. Tajribadan ma’lum bo‘ldiki, biror huzur xissi yoki azoblanishsiz ham xulq- atvorni shakllantirish mumkin.
3. Gedonizm nazariyasi hozirgi tajribalarda keng qo‘llanilmasada, falsafiy jihatdan juda ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lmokda. Masalan, yaqinda gedonizm motivatsiyaning manbasi ekanligi haqidagi g‘oyadan voz kechish uchun falsafiy va psixologik isbotlar yetarli emasligi to‘g‘risidagi fikr taklif etildi. (Sober & Uilson, 1998). Boshqalar bu fikrga qarshi chiqdilar. (Xarman, 2000; Laland, Odling-Smi, Feldman, 2000); afsuski, nazariya istalgan gipotezani umumiylashtirishda kamchiliklarga ega. Gipotezalarsiz, gedonizm nazariyasi ilmiy metod darajasida bo‘la olmaydi. Bu holatda nazariya hayratlanarli dalillarga ega emas va motivatsiya nazariyalarining tarkibida birlasha olmaydi. Shunga qaramay, bu nazariya intelektual fikr yuritish doirasida qoladi va motivatsiyaning boshqa nazariyalari tarkibida saqlanadi.
4.Umumiy psixologiya fanida keng qo`llaniladigan metodlardan biridir. Uningyordamidaturli yoshdagi va kasbdagi odam-larning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabat-lari o`rganiladi.
Anketa, odatda, uch xil tuziladi. Ularning birinchi xili angla-shilgan motivlarni aniqlashga mo`ljallangan savollarni aniqlashga mo`ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savol-ning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi va shkalali anketa deb ataladi. Anketadan turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o`ziga, tengdoshlariga, hamkasblariga, katta va ki-chiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida keng ko`lamda foyda-laniladi. Tarqatilgan anketalar yigishtiriladi va elektron hisob-lash mashinalarida hisoblab chiqiladi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so`ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yo`sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini o`rganish uchun boy materigsh to`plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan ma`lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo`lavermaydi. Bu kam-chilikka yo`l qo`ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini ba-jaruvchi savollarni (kontr savollarni) ishlab chiqish maqsadga mu-vofiqdir. O`zini o`zi baholash shkalasini kasb tanlashga yo`nalti-rishni kasbiy layoqatni aniqlashni, qiziqish va motivatsiyani o`rga-nishda anketa metodi qo`llaniladi.
5. Test - inglizcha so`z bo`lib, sinash, tekshirish, de-makdir. Shaxsning aqpiy o`sishini, mentalitetini, qobiliyatini, iro-daviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo`lla-niladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste`-dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo`llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig`ilgan psixologik ma`lumotlarning obyektivligi va ularni il-miy taxlil qila bilashga bogliqdir.
1905 yildan, ya`ni franiuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o`sish va iste`dod darajalarini o`lchash imkoniyati borligi g`oyasini olg`a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo`llana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste`dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. Biroqtest tekshirilayotgan hodisa-larning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma`lumki, bir muam-moning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSH, Yevropa va hokazo) testologlari tadqiqot obyektlarini o`zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko`nikma hamda malakalarni aralash holda o`rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomat-ligiga bog`liqruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Sobiq It-tifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Krutetskiy va boshqalar qo`llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarningtafakkur ko`rsatkichi (indikatori) bo`lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur ja-rayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mo-hiyatini yoritib bo`lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlar-dan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psi-xologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini ki-ritish mumkin. Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo`llaniladi. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga:
Bilim, ko`nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniq-lashga qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur hara-kat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo`ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to`g`risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo`naltirilgan), og`zaki testlar (savollar tizimi umumiy ga`lim va kasb ta`limida tayyorgarlik darajasini aniklaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |