Hozirgi davrning global muammolari
Reja
Global muammolarning mohiyati
‘’Inson- jamiyat tizimidagi global muammolar
Falsafaning gnesologik muammolari
Xulosa
Global muammolar - umumba shariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari.Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. G.m. avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
G.m.larni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan G.m. — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta. Bu mamlakatlar bilan qoloq mamlakatlar orasidagi tafovut gʻoyat kuchaydi. Taraqqiy qilgan mamlakatlarda demokratik qadriyatlar rivojlangan boʻlsa, qoloq mamlakatlarda avtoritarizm, demokratiyaga zid boʻlgan ijtimoiy munosabatlar avj oldi, xalqaro xavfsizlikka qarshi tahdidlar paydo boʻldi. Buni terrorchilik, ekstremizm koʻrinishlari vujudga kelganligi tasdiqlaydi; 2) xalqaro iqtisodiy munosabatlarda paydo bulga n G.m. — jahon xoʻjalik tizimi vujudga kelib, unda asosan iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar ustunligi qaror topdi. Iqtisodiyoti haddan tashqari rivojlangan mamlakatlar, transnatsional korporatsiyalar jahon iqtisodiyotini boshqarayotgan bir paytda, ikkinchi tomonda ularga karam, iqtisodiyoti juda ham past darajadagi mamlakatlar mavjuddir. Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86%ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1%ni ishlab chiqardi. Ayrim mamlakatlar rivojlangan davlatlardan juda katta miqdorda qarzga botdi. Natijada ular siyosiy jihatdan mustaqil boʻlsada, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarga qaramdir. Jahon iqti-sodiy munosabatlaridagi globalla-shuvning salbiy oqibatlari ham mavjud. Mas, milliy bozorni siqib qoʻyadi, ishsizlikni, fermerlarning sinishini kuchaytiradi. Bu globalla-shuvga qarshi harakatni keltirib chiqardi — Yevropaning bir necha shaharlarida norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Global iqtisodiy jarayonlar jahon miqyosida harakat qiluvchi moliyaviyiqtisodiy jinoyat guruhlarini vujudga keltirdi; 3) ijtimoiy sohada vujudga kelgan G.m. — jahon aholisi muttasil koʻpayib borishi natijasida Osiyo va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat, ichimlik suv tanqisligi kuchayib, bu hol boshqa mamlakatlarda ham kuzatilayotgani, jahon aholisining muayyan qismi ocharchilikni boshdan kechirayotgani, savodsiz ekanligi, axborot-texnologiya va umuman fan-texnika inqilobi samaralaridan bahramand emasligi, butun insoniyatga xavf tugʻdiruvchi kasalliklar (mas, OITS) tez tarqalayotganligi shunday muammolar sirasiga kiradi; 4) inson va tabiat oʻrtasidagi muno s a batl arning buzilishi natijasida vujudga kelgan G.m. — ular katoriga dengiz va suv havzalarining bulgʻanishi, oʻrmon maydonlarining tobora qisqarishi, atmosfera ozon qatlamining yoʻqolib borishi kabilar kiradi. Xatarli kimyoviy moddalarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi natijasida q.x.da ekin ekiladigan yerlarning katta qismi yaroqsiz holatga kelish xavfi kuchaydi. Sobiq SSSRda q.x. sohasida texnokratik siyosat yuritilishi oqibatida Orol dengizi suvi kamayib, gʻoyat mushkul ekologik muammolarni keltirib chiqardi. G.m.ga qarshi kurashda jahon hamjamiyatini birlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov oʻz asarlarida, turli xalqaro anjumanlarda soʻzlagan nutqlarida Markaziy Osiyoda G.m.ning kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etish yoʻllarini koʻrsatib berdi, bu muammolarni hal qilish xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlashning muhim sharti ekanligiga jahon jamoatchiligi eʼtiborini karatdi.
1.Insoniyat jamiyatining taraqqiyoti hech qachon va hechqayerda
oson, beto‘siq kechmagan. Har doim va hamma davrlarda jamiyat
oldida muayyan muammolar ko‘ndalang bo‘lib turgan. Bular, bir
tomondan, tabiat ofatlarining natijasi o‘laroq namoyon bo‘ladigan
yer silkinishlari, suv toshqinlari, qurg'oqchilik, quyosh radiatsiyasi
o‘zgarishi bilan bog‘liq turli epidemik kasaliiklar va hokazolar bo‘lsa,
ikkinchi tomondan, inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan ijtimoiyiqtisodiy,
siyosiy-madaniy hayotga oid bo'lgan antropogen
muammolardir.
Jahon miqyosida yuz bergan jarayonlaritahlili shuni ko‘rsatadiki,
hozirgi vaqtda, insoniyat uchun o‘tkir, dolzarb bo‘lib turgan
global muammolar quyidagilardan iborat: ■
a) Yer yuzida tinchlikni ta’minlash va yalpi qirg‘in urushlarining
oldini olish (urush va tinchlik muammosi);
* b) atrof- muhitni samarali muhofaza qUish (ekologik muammo);
d) aholi sonining orta borishi bilan ishlab chiqarish rivojlanishi
mutanosibligiga erishish (demografik muammo);
e) Yer yuzi aholisini zarur oziq-ovqat va energiya manbalari
bilan ishonchli ta’minlash;
f) ochlik,- qashshoqlik va qoloqlikni tugatish uchun yuksak
rivojlangan va ulardan keyinda qolgan mamlkatlar o‘rtasidagikeskin
farqni bartaraf etish;
g) xavfli kasalliklarni tugatish;
h) inson ma’naviy-axloqiy muhiti sofligini ta’minlash (etikologiya
muammosi) va boshqalar.
Bu muammolaming har biri u yoki bu darajada ijtimoiysiyosiy,
iqtisodiy, huquqiy nuqtayi nazardan ilmiy tahlil etilgan.
Ayni vaqtda, davrimizning umumbashariy muammolarining
falsafiy talqini ham ilmiy adabiyotlarda o‘z ifodasini topmoqda.
Global muammolarni falsafa nuqtayi nazaridan o‘rganishda,
dastawal ularning mohiyati, kelib chiqish sabablari, bartaraf etish
yoilarini, umummetodologik jihatlarini tadqiq etishga e’tibor
berilmoqda. Buning uchun bu muammolarni tahlil qilishda
falsafaning tarixiylik, mantiqiylik, tizimiylik kabi tamoyillariga
suyanilmoqda. Global muammolar insoniyat rivojlanishining
natijasi hisoblansa-da, hozirgi zamon sharoitida yuzaga kelgan
ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning ham oqibatidir.
Kelib chiqishi, chuqurlashib borishi, ko‘lami va hal etilishining
murakkabligi jihatlariga ko'ra, ularni uch guruhga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |