4-tajriba. Rux va kadmiy sulfidlarning olionishi, ularning xossalari.
Ikkita probirka olib 1chisiga 4-5 tomchi rux sulfat eritmasidan, 2chisiga shuncha kadmiy sulfat eritmasidan tomizing. Har bir probirkaga cho’kma hosil bo’lguncha natriy sulfid eritmasidan tomchilatib qo’shing. Hosil bo’lgan cho’kmalarning rangiga e`tibor berib, reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing. Har 2ala probirkadagi cho’kmalar ustidagi suvni to’king va ularga bir xil xajmda suyultirilgan xlorid kislota qo’shib, rux va kadmiy sulfidlarning eruvchanligini kuzatgan holda reksiya tenglamalarini yozing.
(EKZnS = 8*10^-26; EKCdS=1.10*10^-29
5-tajriba. Rux va kadmiy ammiakli kompleks birikmalarning olinishi.
2ta probirka olib, birinchisiga rux sulfat eritmasidan 5-6 tomchi, ikkinchisiga kadmiy sulfat eritmasidan shuncha solib, cho’kma xosil bo’lguncha suyultirilgan NH4OH eritmasidan qo’shing(cho’kma erib ketmasin). Reksiya tenglamalarini malekulyar va ionli shaklda yozing. Xosil qilingan cho’kmalar to’liq erib ketguncha yana NH4OH eritmasidan qo’shing. Hosil bo’lgan kompleks birikmalarda rux va kadmiy ionlarining koordinatsion soni 4 ga teng ekanligini hisobga olib, reksiya tenglamalarini yozing.
Simob. Metall holidagi simob bug’i va uning birikmalari zaharlidir. Shuning uchun mashg’ulot vaqtida qo’llanilgan idishlar ish tugallanishi bilan darhol lobarantga topshirilib, qo’llarni toza suvda sovun bilan yuviladi. Metal simob qo’llaniladigan har bir tajriba maxsus taglik qo’yilgan joyda o’tkaziladi. Biror sabab bilan simob to’kilsa, uning hamma tomchilarini darhol yig’ib, iflos simob yig’iladigan shisha idishga solish kerak.
6- tajriba. Amalgama olish
a) natriy amalgamasi. Quruq farfor hovonchaga hushyorliik bilan 4-5 tomchi simob metallidan tomizing. Uning ustiga toza filtr qog’ozida yangi kesilib quritilgan, moshdek 2-3 dona natriy metallidan qo’shib, hovoncha dastasi bilan aralashtiring. Shunda qattiq, shartli ravishda formulasi NaHg deb qabul qilingan natriy amalgamasi hosil bo’ladi.
b) ammoniy amalgamasi. a) bandidagi tajriba davomida olingannatriy amalgamasining bir bo’lagini probirkaga solib, uning ustiga ammoniy xloridning to’yingan eritmasidan quying va tajribaning borishini kuzating. Ammoniy amalgamasi hosil bo’ladi. U parchalanganda gaz ajralib (ammiak va vodorod) hajmi kattalashib, g’ovak va uvalanib ketadiganbo’lib qoladi. Amalgama parchalanib bo’lgandan so’ng probirkada simob qoladi. Ammoniy amalgamasining olinish va parchalanish reaksiyalarini yozing.
7- tajriba. Simob (I) va (II) oksidlarining olinishi.
Ikkita probirka olib, birinchisiga simob (I) nitrat eritmasidan 4-5 tomchi, ikkinchisiga simob (II) nitrat eritmasidan shuncha tomizib, har biriga alohida o’yuvchi natriy eritmasidan tomchilab, cho’kma hosil bo’lguncha tomizing. Hosil bo’lgan cho’kmaning rangiga e`tibor berib, reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli shaklida yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |