Davriy sistema va uning tuzilishi.
Atom – kimyoviy elementning oddiy va murakkab moddalar molekulasi tarkibiga kiruvchi eng
kichik zarrachasidir.
Atom – musbat zaryadlangan yadro va uning atrofida aylanib yuruvchi manfiy zaryadlangan
elektronlardan iborat elektroneytral zarracha.
Molekula – ayni moddani kimyoviy hossalarini o’zida saqlovchi eng kichik zarracha. M; kislorod –
O 2 ,vodorod – H 2 ,azot – N 2
Kimyoviy element –”element” so’zi tarkibiy qism degan manoni anglatadi.Yadro zaryadlari bir xil
bo’lgan atomlarning muayyan turi kimyoviy element deyiladi.Hozirgi kunda 118 ta kimyoviy
element bor.
M; Al Tartib raqami – 13
Protonlari 13 ta
Yadro zaryadi +13
Elektronlari -13 taZamonaviy tasavvurlarga ko’ra barcha element atomlarning yadrolari proton va neytrolardan
iborat.
Elementning atom massasi proton va neytronlar yig’indisiga teng va bu zarrachalar umumiy
nuklonlar deb ataladi.
Ar = N + Z bu yerda; Ar – atom massa
N – neytronlar soni
Z – protonlar soni.
Neytronlar sonini topish uchun atom massadan protonlar sonini ayiramiz.
N = Ar – Z
M; Fe = 56 56 – 26 = 30 ta neytron bor.
XVIII-asr ohirlarida fanda 25 ta element malum bo’lgan,XIX-asrning 1-choraklarida yana 19
ta element kashf qilindi.Elementlarning kashf qilinishi bilan ularning atom massalari fizik
kimyoviy hossalari ham o’rganib borildi.D.I.Mendeleyevdan oldin bir nechta olimlar o’z davriy
jadvalini tuzgan.
1789-yil A.Lavuaze kimyoviy elementlarning birirnchi klasifikatsiyasini yaratdi.U barcha
oddiy moddalarni 4 ta guruh (metallar,metalmaslar,kislota radikallari va oksidlar)ga ajratdi.
1812-yilda Berselius barcha elementlarni metallar va metalmaslarga ajratdi va 1814-yilda 46
ta elementning atom massalari ortib borish tartibida davriy jadval tuzdi.
1817-1829-yillarda Debereyner uchta-uchta elementdan iborat elementlar guruhlarini tuzdi
va ularni triadalar deb atasshni taklif etdi.U elementlarni atom massalari ortib borish tartibida
joylashtirib triadalar nazariyasini taklif etdi. M; Li;Na;K Be;Mg;Ca
Xar qaysi triadada o’rtadagi element atom massasi ikki chetdagi elementlarning atom massalar
yig’indisini yarmiga teng.O’sha vaqtda bor yo’g’i 7 ta triada tuzishga muaffaq bo’lgan.
1862-1863-yillarda De Shankurtua kimyoviy elementlarning silindr shakldagi jadvalni
yaratdi.
1863-yil J.Nyulends elementlarni ekvivalentlarga asoslanib davriy jadvalni tuzdi va
oktavalar qonuniga asos soladi.
1866-yilda N.I.Meyer elementlarni atom massalariga asoslanib davriy jadval tuzdi.
1869-yilda D.I.Mendeleyev tabiatning mihim qonuni – kimyoviy elementlarni davriy
qonunini tarifladi.D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlarning ko’pchilik xossalari shu
elementlarning atom massasiga bog’liq ekanligini aniqladi.Mendeleyev o’sha zamonda malum
bo’lgan barcha elementlarni ularning atom massalarini ortib borishi tartibida bir qatorga
joylashtirganda elementlarning hossalari 7 ta,17 ta va 31 ta elementdan keyin keladigan
elementlarda takrorlanishi yani davriylik borligini ko’rdi. D.I.Mendeleyev davriy qonuni – oddiy moddalar elementlarning xossalari shuningdek elementlar birikmalarning shakl va xossalari elementlarning atom massalari ortib borishiga davriy ravishda bog’liq.
Mendeleyev davriy sistemani tuzgan vaqtda fanda 63 ta element malum bo’lgan va 29 ta
elementga bo’sh joy qoldirgan.
Mendeleyev elementlar nassalarini uning atom analoglariga asoslanib aniqladi.Berilgan
elementni davriy sistemada o’rab turgan elementlarni atom analoglari deb atagan.
M; Mg elementini atom massasini uning atom analoglarining atom massalarini o’rtacha
qiymatini oladi
ଽ,ଵ(ୣ)ାସ,଼(େୟ)ାଶଶ,ଽ଼(ୟ)ାଶ,ଽ଼(୪)
ସ = 24,76
Mendeleyev elementlarni atom massalarini ortib borish tartibida joylashtiryatib bir qancha
qiyinchiliklarga duch kelgan.
M;Ar massasi 40 K ni massasi 39 lekin K Ar dan keyin joylashtirilgan.Buni sababaini
tushuntirib bera olmagan.Lekin o’z qonuniga ishonmay Co ni Ni dan,Tl ni J 2 dan,Ar ni K dan
ildinga joylashtirgan.Mendeleyev o’sha vaqtda 11 ta element
(fransiy,radiy aktiniy,skandiy,galliy,germaniy,protaktiniy,poloniy texnetsiy,reniy,astat) ning
kashf qilinishi kerakligini oldindan bashorat qilgan.
Mendeleyev hayotligidayoq 3 tasi skandiy(ekabor),galliy(ekaalyuminiy va
germaniy(ekasilitsiy) kashf qilindi.
Eslatma; eka degani bitta yoki birinchi analog degani.
Galliyni 1875-yilda Lekok De Buabodran,Skandiyni 1879-yilda Nilson,Germaniyni 1886-
yilda Vinkler kashf etdi va o’z yurti nomini berdi.
D.I.Mendeleyev 1869-yilda 63 ta elementdan iborat uzun shakldagi variantni yaratdi.Barcha
elementlar 19 ta gorizontal va 6 ta vertical qatorga joylashtirgan.
Mendeleyev bitta vertikal qatorga joylashgan o’xshash elementlarni guruh,ishqoriy metaldan
boshlanib inert gazdan tugaydigan gorizontal qatorga davr deb atagan.1871-yilda Mendeleyev
davriy sistemaning 2-variantini qisqa shakldagi varianyini tuzdi.
Bu variantni muhim kamchiligi – o’xshash bo’lmagan elementlarni 1 ta guruhga
joylashganligi yani bosh va yonaki guruxchadagi elementlar xossalari bir biridan katta farq qilishi.
Uzun shakldagi variantni muhim kamchiligi –cho’ziqligi ixcham emasligi.
Davriy sistemada 7 ta (gorizontal bo’yicha) davr (rim raqamlar bilan belgilangan)ulardan
I,II,III – davrlar kichik davr,IV,V,VI – davrlar katta davr,VII - davr tugallanmagan davr deyiladi.
Kichik davr – asosiy guruh elementlarni o’z ichiga olgan davr.
Katta davr - asosiy va yonaki guruh elementlarni o’z ichiga olgan davr. I-davrda 2 ta element,II va III davrda 8 tadan,IV va V – davrda 18 tadan,VI-davrda 32 ta,VII-
davr 9tugallanmagan davr)daa 19 ta element bor,bu davrni tugallanishi uchun yana 13 ta ekement
yetishmaydi.
II va III-davr elementlarni Mendeleyev tipik eleementlar deb atadi.
Davriy sistemada 10 ta qator bor.Har qaysi kichik davr bitta qatordan,har qaysi katta davr
ikkita qatordan juft (yuqorigi) va toq (pastki) tashkil topgan.
Katta davr elementlarning ikkita qatorga joylashishiga asosiy sabab – ularni oksidlanish
darajasidir.Oksidlanish darajasi davrda ikki marta o’zgaradi.
K dan Mn gacha +1 dan +7 gacha o’zgaradi,keyin triada Fe,Co,Ni keladi.Keyin Cu dan Br
gacha yana +1 dan +7 gacha o’zgaradi.
VI – davrda lantandan keyin tartib raqamlar 58-71 bo’lgan 14 ta element joylashadi,ular
lantanoidlar deb ataladi.Lantanoidlar jadvalning pastki qismiga alohida joylashtirilgan ularning
hammasi lantanga o’xshaydi.
VII – davrda tartib raqamlar 90-103 bo’lgan 14 ta element joylashadi,ular aktinoidlar deb
ataladi.Aktinoidlar jadvalning pastki qismiga alohida joylashtirilgan ularning hammasi aktanga
o’xshaydi.
Davriy sistemada vertikal bo’yicha 8 ta guruh joylashgan Har bir guruh ikkita asosiy va
yonaki yoki qo’shimcha guruhlardan iborat.
Asosiy guruh – katta va kichik davr elementlarni o’z ichiga olgan guruh.
Qo’shimcha guruh – faqat katta davr elementlarni o’z ichiga olgan guruh
Guruh raqami elementning valentligini ifodalaydi.Bosh guruxcha elementlarning tashqi
pog’onasidagi elektronlar soni ularning gruppa raqamiga teng bo’ladi,bu elektronlar valent
elektronlar deb ataladi.
Davriy sistemada IA-IIIA gurux elementlari doimo (Tl atomi uchun past bo’lgan 1 valentli
holati ham malum) valentligi guruh raqamiga teng.
IVA-2 va 4,VA-1,3 va 5,VIA-2,4 va 6,VIIA-1,3,5 va 7,VIIIA-2,4,6 va 8 valentli bo’ladi.
Bundan tashqari N – guruh tartib raqamidan past eng yuqori valentligi 4 ga teng bo’ladi.
O 2 - barcha birikmalarda 2 valentli bo’ladi.
F 2 - har doim bir valentli bo’ladi.
Geliy,Neon,Argondan tashqari barcha elementlar kislorod bilan kislorodli birikmalar hosil
qiladi.Ular umumiy formula bilan ifodalanadi.R 2 O, RO, R 2 O 3 , RO 2 , R 2 O 5 , RO 3 , R 2 O 7 va RO 4
bunda R-gruppa elementi.Yuqori oksidlarning formulalari gruppaning barcha elementlarga
taluqlidir.
IV-gruppadan boshlab bosh gruhchalarning elementlari Vodorod bilan uchuvchan birikmalar
hosil qiladi.Ularning umumiy formulalari;
4 – guruh RH 4 5- guruh RH 3 6-guruh RH 2 7-guruh RH tartibda bo’ladi.
Davriy sistemaning hozirgi zamon tarifi – kimyoviy elementlarning hossalari,shuningdek
elementlar birikmalarning shakl va hossalari yadro zaryadning (tartib raqamning) ortib borishiga
davriy ravishda bog’liq.
1. «Atom» tushinchasini qaysi ta’rif to’laroq talqin etadi?
1) muayyan moddaning kimyoviy xossasini o’zida saqlab qoladigan eng kichik zarracha.
2) oddiy va murakkab moddalar molekulasi tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementning eng kichik
zarrachasi.
3) har qanday atomning alohida turi.
4) musbat zaryadlangan yadro bilan bir yoki bir necha manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil
topgan elektroneytral zarracha.
A) 1 B) 2,4 C) 3 D) 4
2. Element tushinchasini anglatuvchi iborani toping.
1) yadrosining zaryadi bir xil bo’lgan atomlarning muayyan turi;
2) mustaqil bo’la oladigan elektroneytral zarrachalar;
3) yadrodagi protonlar soni bir xil bo’lgan atomlar to’plami;
4) kimyoviy bo’linmaydigan eng kichik zarracha.
A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 2,3
3. Quyidagi tushunchalardan qaysi biri kimyoviy element tushunchasini to’g’ri talqin etadi?
1) Atomlarning muayyan ko’rinishi;
2) Yadro zaryadlari bir xil bo’lgan atomlar turkumi;
3) Atom massalari bir xil bo’lgan atomlar turkumi;
4) Protonlar soni bir xil bo’lgan atomlar turkumi;
A) 1,3 B) 2,3 C) 1,4 D) 2,4
4. Katta va kichik davrlar bir – birlaridan nima bilan farq qiladi?
A) kichik davrda faqat s – elementlar joylashgan;
B) kichik davrda faqat p – elementlar joylashgan;
C) kichik davrda faqat s va p – elementlar, katta davrlarda esa, bundan tashqari d va f – elementlar
joylashgan;
D) katta davrda faqat d – elementlar joylashgan;
5. Nima uchun elementlar asosiy va qo’shimcha guruhlarga bo’linadi?
A) tashqi qavatida elektronlar soni turlicha;
B) oksidlanish darajasi turlicha;
C) elektron tuzilishi turlicha;
D) fizik xossalari turlicha;
6. Nima sababdan vodorod davriy sistemada ham birinchi, ham yettinchi gruppalarda keltirilgan?
A) bitta elektroni bo’lgani uchun 1- gruppada, gaz bo’lgani uchun 7 – gruppada;
B) birikmalarda bir valentli bo’lgani uchun;
C) tartib nomeri birinchi bo’lgani uchun;
D) galogenlar kabi metalli birikmalarida -1, metallar kabi metallmaslar bilan hosil qilgan
birikmalarida +1 oksidlanish darajasini namoyon etgani uchun;
7. Kichik davrda joylashgan element atomlarining o’xshashlik va farqlarini ko’rsating.
A) elektron pog’onalar soni bir xil, tashqi elektron pog’onalaridagi elektronlar soni va yadro
zaryadlari har xil;
B) elektron pog’onalar soni bir xil va tashqi elektron pog’onalaridagi elektronlar soni teng;
C) elektron pog’onalar soni har xil va tashqi elektron pog’onalaridagi elektronlar soni har xil bo’lib,
guruh nomeriga teng;
D) elektron pog’onalar har xil va har xil miqdordagi tashqi elektronlarga ega;
8. D.I.Mendeleyev davriy jadvalining bitta guruhchasida joylashgan elementlarning atomlari qaysi
xususiyatlari bilan o’zaro o’xshash bo’ladi?
1) yadro zaryadi bir xilligi bilan;
2) tashqi qobiqdagi elektronlar soni bilan;
3) elektron qobiqlarning soni bilan;
4) kimyoviy xossalari bilan;
5) fizik xossalari bilan;
A) 1, 2 B) 1, 3 C) 2, 3 D) 2, 4
9. Yadro zaryadi 22 bo’lgan element qaysi davr, qator va guruhga joylashgan?
A) V davr, 6 qator, III guruh B) IV davr, 4 qator, IV guruh
C) V davr, 6 qator, I guruh D) VI davr, 8 qator, IV guruh
10. Z = 29 bo’lgan element qaysi davr, qator va guruhga joylashgan?
A) V davr, 6 qator, III guruh; B) IV davr, 5 qator, I guruh;
C) V davr, 6 qator, I guruh; D) VI davr, 8 qator, IV guruh.
11. Platina davriy sistemada nechanchi gurux, qaysi davr va qaysi qatorda joylashgan.
A) III gurux, 7-davr, 5-qator; B) II gurux, 7-davr, 5-qator;
C) I gurux, 7-davr, 9-qator; D) VIII gurux, 6-davr, 8-qator.
12. Nisbiy atom massasining neytronlar bilan farqi 79 bo’lgan element qaysi davr, qator va guruhga
joylashgan?
A) V davr, 6 qator, III guruh;
B) IV davr, 5 qator, I guruh;
C) V davr, 6 qator, I guruh;
D) VI davr, 9 qator, I guruh.
13. Neytronlar bilan protonlar yigindi 31 bo’lgan element qaysi davr, qator va guruhga joylashgan?
A) III davr, 3 qator, V guruh;
B) IV davr, 5 qator, I guruh;
C) V davr, 6 qator, I guruh;
D) VI davr, 9 qator, I guruh.
14. Lantanoid va aktinoidlar davriy sistemeda qaysi davr va nechanchi gruppada joylashgan?
1) oltinchi va yettinchi davrlarda joylashgan;
2) hammasi III gruppada joylashgan;
3) III davr oltinchi va yettinchi gruppalarda;
4) oltinchi davrning III gruppasida lantanoidlar va yettinchi davrning III gruppasida aktinoidlar;
5) hammasi davriy sistemadan tashqarida joylashgan;
A) 2 B) 5 C) 3 D) 4
15. Davriy sistemada aktinoidlar qanday holatni egallaydi?
A) 7 davr, 3 guruh; B) 6 davr, 3 guruh;
C) 6 davr, 4 guruh; D) 7 davr, 4 guruh.
16. Uran davriy sistemada nechanchi guruh, qaysi davr va qaysi qatorda joylashgan.
A) III guruh, 7-davr, 10-qator
B) II guruh, 7-davr, 5-qator
C) I guruh, 7-davr, 5-qator
D) III guruh, 6-davr, 5-qator
17. Quyidagilar orasida d-elementlarni ko’rsating.
A) natriy B) kalsiy C) xlor D) temir
18. d – elementlar joylashgan qatorni aniqlang.
A) Al, Sc, La B) Ti, Ge, Sn C) Ti, V, Cr D) La, Ge, Hf
19. Quyidagilar orasida d – elementlarni ko’rsating.
1) alyuminiy; 2) kalsiy; 3) xrom;
4) mis; 5) vismut; 6) lantan;
A) 1 va 2 B) 3 va 4 C) 3, 4 va 5 D) 3, 4 va 6
20. D. I. Mendeleyevning elementlar davriy sistemesida nechta s – va p – elementlar bor?
A) 14 va 30 B) 12 va 28 C) 14 va 24 D) 14 va 36
21. Davriy sistemaning 3 – davridagi 8 ta elementning nechtasi p – element?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 6
22. Keltirilgan xossalarning qaysilari d – elementlarni xarakterlaydi?
1) d – elementlarning ionlanish energiyasi ancha katta;
2) d – elementlar kuchli oksidlovchilar;
3) d – elementlar metallardir;
4) ularning atomlarida d – orbitallar elektronlar bilan to’lib boradi;
5) d – elementlar o’zgaruvchan valentlik namoyon qiladilar;
6) d – elementlar barcha agregat holatlarda mavjuddir;
A) 1, 2; B) 1, 5; C) 1, 2, 5; D) 3, 4, 5.
23. Quyida keltirilgan elementlarning qaysi biri elementlarning s – oilasi tarkibiga kiradi?
1) vodorod; 2) geliy; 3) neon; 4) ftor;
A) 1 va 3; B) 1 va 2; C) 2 va 3; D) 3 va 4.
24. Hali kashf etilmagan 114 – element qaysi oilaga mansub bo’ladi?
A) s B) p C) d D) f
25. I, II va III-VIII gruppaning asosiy gruppacha elementlari qanday oilalarga kiradi?
A) s va p; B) p; C) d va f; D) p, d va f.
26. Qaysi elementlarning kimyoviy va fizikaviy xossalari bir – birlariga ko’p jihatdan o’xshashlikka
ega?
1) d – elementlar; 2) s – elementlar; 3) aktinoidlar; 4) p – elementlar; 5) lantanoidlar;
A) 1; B) 2, 5; C) 3, 4; D) 3, 5.
27. Quyidagi keltirilgan qaysi elementning xossalari kalsiy elementining xossalariga o’xshash?
A) alyuminiy B) kaliy C) bariy D) rux
28. O’xshash kimyoviy xossalarga ega bo’lgan elementlar juftini aniqlang.
A) Na va K B) Ca va Zn
C) Cu va Ba D) Cr va S
29. Davriy sistemadagi qaysi elementlar o’zaro diogonal o’xshashlik xususiyatiga ega?
1) berilliy; 2) magniy; 3) bor;
4) alyuminiy; 5) germaniy; 6) skandiy;
A) 1 va 2; 1 va 4 B) 1 va 3; 3 va 4
C) 3 va 4; 4 va 5 D) 1 va 4; 5 va 6
30. Kimyoviy xossalari o’xshash bo’lgan (analog) elementlar uchun quyidagilardan qaysi biri to’g’ri?
A) neytronlar va protonlar soni teng
B) bir xil guruhda joylashgan
C) valent elektronlarining soni har xil
D) bir xil davrda joylashgan
31. Skandiy elementining nisbiy atom massasini uning atom anologlarining atom massalari qiymatidan
aniqlang.
A) 46,17 B) 46,68 C) 50,88 D) 45,76
32. Vanadiy (V) elementining nisbiy atom massasini uning atom anologlari (52 Cr, 48 Ti, 75 As, 31 P)
ning atom massalari qiymatidan aniqlang.
A) 51,5 B) 56,17 C) 50,88 D) 46,7
33. VIII valentli bo’la oladigan elementni ko’rsating
A) kaliy B) platina C) oltin D) kumush
34. Tartib nomeri 37 bo’lgan element qaysi davr, qator va guruhda joylashgan?
A) V davr, 6 qator, III guruh;
B) VI davr, 8 qator, III guruh;
C) V davr, 6 qator, I guruh;
D) VI davr, 8 qator, IV guruh.
35. Z= 47 bo’lgan element qaysi davr, qator va guruhga joylashgan?
A) V davr, 6 qator, III guruh;
B) VI davr, 8 qator, III guruh;
C) V davr, 7 qator, I guruh;
D) VI davr, 8 qator, IV guruh.
36. Yadro zaryadi 7 bo’lgan element qaysi davr, qator va guruhga joylashgan?
A) V davr, 6 qator, III guruh;
B) II davr, 2 qator, V guruh;
C) V davr, 6 qator, I guruh;
D) VI davr, 8 qator, IV guruh
Do'stlaringiz bilan baham: |