7 amaliy Texnik jihatidan tartibga solish soxasidagi
ekspert
komissiyasining xuquq va majburiyatlari
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
“TEXNIK JIHATDAN TARTIBGA SOLISH TO‘G‘RISIDA”GI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISHNI
DAVOM ETTIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunini
amalga oshirishning davom ettirilishini ta’minlash
maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to‘g‘risidagi
nizom
1-ilovaga muvofiq;
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondini
shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
2-ilovaga muvofiq;
Oldingi
tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2014-yil 30-iyuldagi 207-sonli
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan
— O‘R QHT, 2014-y., 31-son, 384-modda)
2. “O‘zstandart” agentligi har chorakda
Vazirlar Mahkamasiga texnik
reglamentlarning ishlab chiqilishi to‘g‘risida axborot kiritsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh
vazirining o‘rinbosari U.U. Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 10-may,
86-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-maydagi 86-son
qaroriga
1-ILOVA
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
Ushbu Nizom texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalarni
shakllantirish va ularning faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari
va huquqlarini,
shuningdek a’zolarining majburiyatlari va javobgarligini belgilaydi.
1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar (keyingi
o‘rinlarda Komissiyalar deb yuritiladi) ishlab chiqilgan umumiy va maxsus texnik
reglamentlarni, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni
ekspertizadan
o‘tkazish, shuningdek reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar hamda ular
yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat
vakolatli organlari (keyingi o‘rinlarda vakolatli organlar deb yuritiladi)
huzurida
tuziladi.
2. Komissiyalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga
,
O‘zbekiston
Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va
farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va
farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal
qiladi.
3. Komissiyalarning tarkibi vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.