VIII. Komissiya tomonidan qaror qabul qilish va uning bajarilishini tashkil etish 31. Komissiya majlisida Komissiya kotibiyati tomonidan tayyorlangan fikr-
mulohazalar haqidagi ma’lumotnoma, ishlab chiqilgan texnik reglamentlar loyihalari
bo‘yicha ekspertiza natijalari, texnik reglamentlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar,
shuningdek amal qilish muddati tugagan reglamentlarni bekor qilish bo‘yicha takliflar
hamda ular yuzasidan xulosalar ko‘rib chiqiladi.
32. Komissiya qarori majlisda hozir bo‘lgan Komissiya a’zolarining oddiy
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda Komissiya
raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Komissiya a’zosining Komissiyaning qabul qilingan qaroridan farq qiladigan
alohida fikri Komissiya majlisi protokolida aks ettiriladi yoki yozma shaklda alohida
rasmiylashtiriladi va Komissiya majlisi protokolining uzviy qismi hisoblanadi.
33. Komissiyaning qabul qilingan qarori asosida ushbu Nizomga
2-ilovaga
muvofiq shakl bo‘yicha xulosa rasmiylashtiriladi.
34. Ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosaga Komissiyaning barcha a’zolari
tomonidan viza qo‘yiladi, u kotib tomonidan imzolanadi, Komissiya raisi tomonidan
tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Komissiya a’zolariga va manfaatdor tashkilotlarga
yuboriladi.
35. Texnik reglamentning kiritilgan loyihasi bo‘yicha Komissiya xulosasini
berishning umumiy muddati loyiha ko‘rib chiqish uchun tushgan sanadan boshlab 30
kalendar kundan oshmasligi kerak.
36. Komissiyaning xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda umumiy texnik
reglamentlar loyihalari belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga, maxsus texnik reglamentlar loyihalari esa — tasdiqlash uchun
tegishli vakolatli organlarga kiritiladi.
37. Komissiya raisi qarorlarning tezda qabul qilinishi uchun so‘rab chiqish
yo‘li bilan Komissiya a’zolari bilan kelishilgan ayrim masalalar bo‘yicha Komissiya
qarorini tasdiqlashi mumkin.
38. Komissiya xulosasining asl nusxasi va unga doir materiallar vakolatli organ
Komissiyasi kotibiyatida saqlanadi.
39. Komissiya qabul qilingan qarorlarning bajarilishini o‘z majlislarida
muntazam ravishda ko‘rib chiqadi.
40. Komissiya qarorlarining ijrosini nazorat qilish ishchi organ va Komissiya
kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi ekspert komissiyalar to‘g‘risidagi
nizomga