100
O'zbekiston Respublikasi barcha viloyatlarida OITSga qarshi kurash markazlari faoliyat ko'rsatadi va ular
qoshida maxsus laboratoriyalar mavjud bo‘lib, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va OITS ni
laboratoriya usulida aniqlash imqoniyatiga ega.
OITSni klinik manzarasiga qarab uning III-IV bosqichlarida faqatgina yuqumli kasalliklar mutaxassislari
aniqlashi mumqin, agarda mijozda quyidagi belgilar aniq ko'zga tashlansa:
tana vaznining 10% dan ko'proq miqdorda ozishi;
bir oydan uzoqroq muddatda surunkali ich ketishi;
v) bir oydan ko'proq davom etayotgan doimiy ravishdagi isitma;
g) doimiy davom etib kelayotgan va bir oydan ortiq cho'zilgan yo‘tal;
terida toshmalar keng tarqalgan;
og'iz bo'shlig‘i shilliq qavati yoki qinda kandidoz;
j) limfa bezlari faoliyati buzilishining keng tarqalishi.
Yuqorida qayd etilgan klinik belgilar paydo bo‘lishiga qarab malakali mutaxassislar OITSning III-IV
bosqichini aniqlashlari mumqin. Eng ishonchli diagnostik usul sifatida albatta OIVni laboratoriya
tekshirishi yo‘li bilan aniqlash kasallik to'g'risida ishonchli ma'lumot beradi.
Davolash.
Bugo`ngi ko`nga qadar OITSni davolashning ya'ni, OIVga qarshi antivirus preparatlarini qo‘llashning aniq
bir usuli ma'lum emas, leqin hozirga qadar bu mudhish kasallikni davolashning samarali usullari hamda
immun tizimini qo‘llab- quvvatlovchi dorivor vositalar ustida doimiy ravishda izlanishlar davom etmoqda.
Shuning uchun ham kasallikni davolashdan ko‘ra uning oldini olish ancha osonroqdir. Shu maqsadda
quyidagi tavsiyalarga amal qilinsa maqsadga muvofiq hisoblanadi.
OIV bilan zararlangan yoki uning xavfi bo‘lgan kishilar bilan jinsiy aloqadan o'zini tiyish.
Hayotda faqat bitta jinsiy juft bilan yashash.
Tartibsiz jinsiy hayotda bo‘lgan mijozdan o'zini chetga olish.
Jinsiy aloqa paytida prezervativlardan foydalanish.
Mabodo OIV bilan zararlangan kishilar bo‘lsa, infeksiyani boshqalarga yuqtirmaslik maqsadida
quyidagilarga amal qilish lozim:
Turli xil kasalliklardan o'zini asrash. Chunki har turli yuqumli kasalliklar immun tizimini ishdan chiqarishi,
organizmni toliqtirishini unutmang.
Mabodo biror bir juft bilan jinsiy aloqada bo‘lishni rejalashtirsangiz, o'zingizda OIV borligi haqida
juftingizni ogohlantiring.
3.Donorlik qoni, spermasi va transplantatsiya uchun organ va to'qimalarni berishdan o'zingizni saqlang.
4.Meditsina yordami uchun albatta murojaat eting.
OITS ni davolashning o‘ta murakkabligini inobatga olgan holda barcha tibbiy xodimlar, maktab-maorif
tizimi, keng jamoatchilik birgalikda kasallikning oldini olish, JIONJning tarqalishiga yo‘l qo'ymaslik,
o'smirlar, yosh yigit-qizlar orasida keng qamrovli sanitariya-maorif: va profilaktika ishlarini olib borish,
alkogolizm narkomaniyaga qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish asr vabosiga
aylanayotgan mudhish kasalliklarning oldini olishda muhim rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: