Davolash va Tibbiy pedagogika fakulteti 5



Download 5,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/445
Sana15.01.2022
Hajmi5,34 Mb.
#366142
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   445
Bog'liq
ginekologiya fani

Asosiy belgilari 
Qorin  va  qov  soxasida  kuchli  og`riq  bo‘lishi,  og`riqning  elka  ,  kurak  ,  to‘g`ri  ichakka  berilishi  va 
sovuq  ter  bosib,  hushidan  ketishdir.  Ob‘ektiv  ko‘rilganda  qon  bosimi  pasayadi,  puls  tezlashgan  ,  teri  va 
shilliq qavatlari oqaradi. Qorin paypaslanganda og`riqli , qorin mushaklari bir oz taranglashgan, leqin nafas 
olishda  ishtirok  etadi,  perkussiya  qilinganda  qorinda  erqin  suyuqlik  bo‘lgani  uchun  to‘mtoq  tovush 
eshitiladi. 
Qin  orqali  tekshirilganda  bachadon  bir  oz  kattalashgan  ,  yumshoqroq  ,  odatdagidan  xarakatchan 
("suzuvchi bachadon"), bachadon ortiqlari shishgan , orqa gumbaz bo‘rtib chiqqan va paypaslaganda kuchli 
og`riqli ("Duglas qichqirig`i") bo‘ladi. Bachadon bo‘ynini oldinga surib ko‘rilganda kuchli og`riq seziladi 
("Prust belgisi") 
Bu belgilardan tashqari ,nayning yorilishiga professor A.A. Kogan tomonidan aniqlangan quyidagi 2 
ta belgi xarakterlidir:                                                       
1. Qalpoqcha belgisi  - ayolni bosh tomoni biroz ko‘tarilgan xolatda  qin orqali tekshirilganda  qinga 
kirgizilgan barmoqlar ustiga orqa gumbaz qalpoqchaga o‘xshab kiyilib keladi. 
2.To‘siq  belgisi  -qin  orqali  ikki  qo‘llab  tekshirilganda    tashqi  va  ichki  barmoqlar  bir-biri  bilan 
tytashadi,  barmoqlar    tortilganda  esa  yana  shu  sohada  hosila  paydo  bo‘ladi  (bu  suyuq  qonning 
harakatlanishidir). 
Bachadon nayidagi uzilgan homiladorlikning "nay aborti" turi (41-rasm)  
Bunda  nayning  infundibulyar    yoki  ampulyar  qismida  joylashgan  tuxum  hujayra  nay  devoridan 
ko‘chadi va nayning  qisqarishi natijasida  qon quyqalari bilan o‘raladi va  qorin bo‘shlig`iga chiqadi. Nay 
abortini  aniqlash  biroz  qiyinchilik  tug`diradi.  Bachadon  bo‘shlig`idan  uning  o‘ziga  o‘xshagan  to‘qima 
parchasi  (slepok  matki  )  chiqsa,  tashxis  qo‘yish  biroz  engillashadi.  Shu  sababli  bemorni  tekshirganda 
qindan  olingan  laxtalarni  sinchiklab  tekshirish  lozim.  Ko‘zdan  kechirganda  ko‘z  sklerasining  sarg`imtir 
tusga kirishi ichki qon ketishidan darak beradi. Homila tuxumi asta-seqin ko‘chib , kichik bo‘laklarni o‘z 
ichiga  olsa  va  ayni  vaqtda  ko‘p  qon  quyilmasa,  nay  devori  bilan  homila  tuxumi  o‘rni    orasiga  qon 
to‘planadi.  Shuning  oqibatida  ko‘pincha  nay  voronkasi  sohasida  yallig`lanish  jarayoni  kelib  chiqadi, 
so‘ngra  nayning  abdominal  uchi  bitib  ketadi.  Shu  tariqa  o‘rnidan  ko‘chgan  homila  tuxumi  endi  taraqqiy 
etolmay nobud bo‘ladi. Nayga quyilgan qon bora-bora ivib laxta hosil bo‘ladi, bu laxta ivib biriktiruvchi 
to‘qima  bilan  o‘rala  boshlaydi,  natijada  qoplangan  qon  gematosalpihx  va    peritubar  gematoma    vujudga 
keladi. Nay abortida nayning abdominal teshigi orqali kichik chanoq bo‘shlig`iga talaygina qon quyilsa, bu 
qon  Duglas  bo‘shlig`ida  to‘planib  bachadon  orqasidagi  qonli  o‘smani  hosil  qiladi.  Bunday  hollarda  ichki 
tekshirish  o‘tkazilsa,  quyidagilar  aniqlanadi:  qin  orqa  gumbazi  bo‘rtgan,  bachadon  yuqoriga  va  oldinga 
surilgan, bachadon orqasidagi o‘sma yumshoq qonsistenstiyali, elastik, harakatsiz, yuqorgi chegarasi yopiq 
bo‘ladi. 
        Qorin  pasti  perkussiya  qilinsa  perkutor  chegara  palpastiyada  aniqlanadigan  chegaraga  mos 
kelmay,  2-4  sm  pastroqda  bo‘ladi.  Buning  sababi  shuki,  bachadon  orqasidagi  qonli  o‘sma  ustida  ichak 
qovuzloqlari bir-biriga yopishib turadi, bular perkutor timpaniq tovush beradi. 
         Demak,  nay  abortiga  Malinovskiy  belgilari:  hayzning  kechikishi,  qorin  pastida  bir tomondagi 
to‘lg`oqsimon  og`riq,  qonli  ajralma  kelishi  xarakterlidir.Bemor  qisqa  vaqt  hushidan  ketadi.  Qin  orqali 
tekshirganda  bachadon  yumshoq  ,  biroz  kattalashgan  ,  bir  tomonlama  bachadon  ortiqlari  sohasida 
o‘smasimon  hosila  paypaslanadi  va  gumbazlar  orqali  qon  tomirlar  pulsastiyasi  aniqlanadi.  Bachadonni 
oldinga va yuqoriga surganda paydo bo‘ladigan og`riq nay yorilganiga nisbatan sustroq bo‘ladi. Bachadon 
bo‘shlig`idan destidual pardalar chiqib turadi. 
Bachadondan tashqari homiladorlikni aniqlash usullari 
1.Anamnez  (surunkali  yallig`lanish  jarayonlarining  borligi,  sun‘iy  abortlar,  tug`ruq  asoratlari  va  h. 
k.) 90%  hollarda  anamnez   orqali  tashxis qo‘yish  mumqin . 
2 .Umumiy tekshirish natijalari: 
-Hayzning kechikishi. 


85 
 
-Homiladorlik belgilari bo‘lishi. 
-Qorinda og`riqning bir tomonlama (frenikus belgisi) to‘lg`oqsimon bo‘lishi,og`riqni qov sohasidan 
elkaga, kurakka, to‘g`ri ichakka o‘tishi. 
-Hushdan  ketish,shok,kollaps  belgilari  (teri  va  shilliq  qavatlarining  oqarib  ketishi  ,qon  bosimining 
pasayishi ,tomir urishi tezlashishi va h.k) 
-Tashqi va ichki qon ketish belgilari (kamqonlik rivojlanishi) 
-Qorin  pardasining  ta‘sirlanish  belgilari  rivojlanishi,  qorin  paypaslanganda  og`riq  sezilishi  va 
mushaklari  taranglashgan,perkussiya  qilinganda  qorin  bo‘shlig`ida  erqin  qon  yig`ilishi  sababli  perkutor 
tovushining bo‘g`iqlashishi . 
 3. Qin orqali tekshirilganda : 
 Qin  shilliq  qavatlari  oqargan  ,to‘q  qoramtir  qon  bilan  qoplangin  .Bachadon  bo‘ynining  qin  qismi 
biroz  ko‘kimtir  bo‘ladi.  Bachadon  bo‘yni  kanalidan  destidual  to‘qimalar  bilan  aralashgan  xolda  to‘q 
qoramtir  qon  kelib  turadi(oz  miqdorda).Bachadon  noksimon  shaklda  bo‘lib,  biroz  yumshagan 
bo‘ladi.Bachadon bo‘yni oldinga surilsa, kuchli og`riq beradi .Bachadon ortiqlari sohasida bir tomonlama 
shish  aniqlanadi.  Qin  gumbazi  bo‘rtib  chiqqan  bo‘lib,  juda  og`riqli  .("Duglas  qichqirig`i"),  qalpoqcha, 
to‘siq belgilarining musbat bo‘lishi kuzatiladi. 
4.Ul‘tra tovush orqali tekshirish  
Ko‘pincha  bachadon  nayidagi  rivojlanib  boruvchi  (uzilmagan)  homiladorlikni  aniqlashda  katta 
yordam beradi. 
5.Orqa gumbaz punkstiyasi  
6.Laparoskopiya. 
7.Endometriyni gistologik tekshirish. 
 

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   445




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish