1960 yilda Pechenko kuyidagi klassifikatsiyani kiritgan:
-
Amenoreya (birlamchi va ikkilamchi).
-
Dismenoreya (birlamchi va ikklamchi)
-
Anovulyator hayz ko`rish sikli
a) giperestrogenemiya belgilari bilan
b) gipoestrogenemiya
- Morfologik anotomik uzgarishlar bo`lgan ginekologik qon ketishlar siklik qon ketishlar;
-
asiklik qon ketishlar
-
utqinchi qon ketishlar
-
morfologik – anatomik uzgarishlarsiz ginekologik qon ketishlar (disfunksional qon ketish) siklik 2
fazali va anovulyator siklli.
-
Vikor menstruatsiya.
57
AMENOREYA
Hayzning – menstruatsiyaning bulmasligi. Bu xolat doimo xam patologik xol emas, chunki ayol
umrining ayrim davrlarida bu xolat fiziologik bo`lib xisoblanadi. Amenoreyaning kuyidagi turlari tafovud
kilinadi.
1.
Birlamchi amenoreya – ayolning yashash davri davomida umuman hayz kurmasligi.
2.
Ikkilamchi amenoreya - avval 3 oydan kam bo`lmagan ichida hayz kurmagan.
Chinakam amenoreya – tuxumdonda, bachadonda, gipotalamus – gipofizar sistemasida siklik
uzgarishlar bulmasligi.
Yolgondakam – amenoreya – regulyar hayz ko`rishining, bachadonda, tuxumdonda, siklik uzgarishlar
borligiga karamay, bulmasligi. Bu jinsiy organlar rivojlanishiga anomalik nuksonlar bo`lganda qinning
atreziyasi yoki bo`lmaganda, bachadon tashqi teshigining usib, yopik bo`lganda qizlik pardasining umuman
teshik bo`lmaganda uchraydi. Bunday amenoreya xirurgik yul bilan davolanadi.
Etiologik faktor bo`yicha chinakam amenoreya fiziologik va patologik bo`lib bulinadi.
75 % kukrak suti bilan bola emiradigan ayollarda 5 oydan – 2 yilgacha davom etadigan laktasion
amenoreya kuzatiladi. Sut bezlari reseptorlari ta‘sirlanishi natijasida nerv impulslari gipofizga yetib borib,
LTG ishlab chiqarishini ko`paytiradi, bu uz navbatida sut bezining sekretor vazifasini oshirib gipofizning
gonadotrop vazifasini tuxtatadi. Natijasida amenoreya xolati yuzaga keladi. Ayrim vaktda emizikli
ayollarda anovulyator sikl bo`lishi kuzatiladi. Keksalik davrlarda tashqi va ichki jinsiy organlar atrofiyaga
uchraydi va jinsiy bezlar ishlatilmasligi tufayli gonadotrop gormonlar ajralishi xam tuxtab qoladi.
Birlamchi patologik amenoreya ko`prok bachadon va tuxumdon aploziyasi, umumiy infantilizm, chukur
rivojlanmagan ayol organizmlarida uchraydi. Ogir kechgan infeksion kasalliklar (tuberkulyoz; malyariya)
bolalikda noto`g`ri ovkatlanish, gipofizning giper – yoki gipofunksiyasi infantilizmga olib kelish mumqin.
Buyrak usti bezi, gipotalamus, gipofiz, kalqonsimon bez va ichki sekresiya bezlari vazifasining
buzilishi, xromosomali uzgarishlar xam amenoreyaga olib keladi.
Ikkilamchi amenoreyaga umumiy va lokal faktorlar sabab bo`lishi mumqin. Bularga morfiy, simob, kalay
bilan surunkali zaxarlanish, utkir yo`qumli kasalliklar, surunkali kasalliklar anomaliya, kam – kusti
ovkatlanish, ichki sekresiya bezlari funksiyasining buzilish, ayniksa yalliglanish. O`smalar, patologik
tug`ruqdan keyingi davr tufayli gipofiz funksiyasining pasayishi kuchayadi.
Organlarning kasallanishiga karab markaziy va periferik genezli amenoreya ajratiladi. Markaziy
genezli amenoreyaga gipotalamus – gipofiz va bosh miya po`stlog`ining funksiyalarining buzilishi tufayli
vujudga keladi.
58
Gipotalamus zararlanishi natijasida amenoreya bolalikda xamda balogatga yetish davrida uchrashi
mumqin. Oxirgi xolda birlamchi amenoreya genezi va gipogonadizm va semizlik bilan birga kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |