Patogenez: Genital endometrioz murakkab patogenezga ega. Ilmiy tekshirishlarga asoslanib, kasallik irsiy
xarakterga ega ekanligi. Endometrioz rivojlanishida multifaktorial irsiyatiga ega.
Endometrioz xar xil formalarida klinik kurinishlar:
Kasallik uzoq cho‘zilishi bilan, progress jarayoni bilan xarakterlanadi.
Asosiy simptomlardan og‘riq, menstruastiyadan oldingi kunlarda yoki menstruastiya paytida og‘riq
paydo bo‘lishi yoki birdan kuchayishi; uzoq cho‘zilgan yoki og‘ir kechgan endometriozda og‘riq
menstruastiya tugagandan keyin xam bezovta qiladi. Og‘riq bachadon bo‘yni qin qismida
endometrioziga xarakterli emas.
Kasallangan organ o‘lchami kattalashuvi yoki menstruastiya paytida va oxirida endometriozda
ekstragenital o‘choqlar kuzatiladi.
Endometrioz xar xil formalarida klinik ko‘rinishlar:
Menstrual funksiya buzilishi xarakterli belgi bo‘lib, bu oligomenoriya tipida kuzatiladi. Ichki va
tashqi endometriozda buzilishlar kuzatiladi menorragik pre va postmenstrual qonli ajralmalar
menstruastiya ritmining buzilishi va boshqalar.
Ichki va tashqi endometriozda bepushtlik ko‘p uchraydi. Sababi xar xil: anovulyastiya kichik
chanoqda spaechnыy prostess, endometriyda uzgarishlar va boshqalar.
Nima uchun endometriozda bepushtlik kuzatiladi.?
Agar endometrioz o‘choqlari bachadon naylarida tuxumdonda, kichik chanoq devorlarda
joylashgan bo‘lsa, stiklik qonli ajralmalar shu o‘choqlardan qorin bo‘shlig‘iga tushadi va kichik chanoq
organlari orasida spayka hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu o‘zi bachadon naylari o‘tkazuvchanligi buzadi,
natijada bachadon naylariga tuxumdondan tuxum xujayra tutilishi kuzatilmaydi va spermatozoid bilan
urug‘lanish bo‘lmaydi. Bundan tashqari endometriozda tuxumdonda follekula yetilish jarayoni buziladi
va ovulyastiya shu bilan sariq tana funksiyasi xam zararlanadi.
Endometriozda maxsus modda ishlab chiqariladi, immunitet buziladi va maxsus xujayralar
aktivlashtiriladi. (makrofinlar, leykositlar) ayrimlari spermatozond zararlanishini susaytiradi. Bu tuxum
xujayra urug‘lanishini qiyinlashtiradi va homiladorlikni normal rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Bu faktorlar shuni ko‘rsatadiki, endometrioz 5 – 33 % bepushtlikka sabab bo‘ladi.
Endometrioz diagnostik usullari.
Tashxis asosan klinik simptomlarga qarab va ginekologik ko‘ruvga asoslanadi.
Endometrioz kasalligi simptomlari ko‘pgina jinsiy organ kasalliklari bilan o‘xshashligi (yallig‘lanish
kasalliklari bachadon va tuxumdon o‘smalari) tufayli diagnoz ko‘yishda ko`pgina maxsus tekshirishlar
(UZI diagnostika, laparaskopiya, GS va GSG) o‘tkaziladi.
Diagnostika. Jinsiy organlar endometriozni aniqlash qiyin masala xisoblanadi. Keyingi yillarda
endoskopik usullarni ishlab chiqarilishi bu kasallik xaqidagi bilimlarning rivojlanishi bu kasallik
diagnostikasini osonlashtirildi.