Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risida



Download 22,09 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi22,09 Kb.
#262394
Bog'liq
191-son


O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2010-yil 18-iyundagi 191-son buyrug‘iga
ILOVA

Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish to‘g‘risida

(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 25-avgustdagi 62-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2118-2, 23.09.2016-y.)tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 38-son, 455-modda)

NIZOM

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq barcha davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarini tayinlash hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash, shuningdek dorixonalar tomonidan aholiga dori vositalarini retsept asosida berish tartibini belgilaydi.



(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2017-yil 15-noyabrdagi 121-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2118-3, 22.11.2017-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.11.2017-y., 10/17/2118-3/0293-son)

I. Umumiy qoidalar

1. Mazkur Nizom talablari tarkibida giyohvand vositalar, psixotrop va zaharli moddalar bo‘lgan dori vositalarini tayinlash, qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi, shuningdek ularni dorixonalar tomonidan aholiga retsept asosida berishga tatbiq etilmaydi.



(1-band nomi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 25-avgustdagi 62-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2118-2, 23.09.2016-y.)tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 38-son, 455-modda)

2. Mazkur Nizomning dori vositalarini retsept asosida berishga oid qoidalari shaxslarning ayrim toifalariga dori vositalarini imtiyozli berish uchun retseptlar dori vositalarini berishga qo‘llanilmaydi.



(2-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2013-yil 26-sentabrdagi 327-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2118-1, 03.10.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 40-son, 538-modda)

3. Davolash-profilaktika muassasalarida sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash taqiqlanadi.



(3-band O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 25-avgustdagi 62-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2118-2, 23.09.2016-y.)tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 38-son, 455-modda)

4. Davolash-profilaktika muassasalarida dori vositalarining tayinlanishi hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash bo‘yicha nazorat O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.



II. Dori vositalarini tayinlash

5. Davolash-profilaktika muassasalarida bemorlarga dori vositalarini tayinlash tashxis va davolash standartlari asosida bir martalik, kunlik va kurs dozalarini aniqlash orqali kasallikning turi, og‘irligi va xususiyatiga hamda bemorning yoshini hisobga olgan holda davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi.

6. Bemorga tayinlangan dori vositalari (dori vositalarining nomi, bir kunlik dozasi, qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davomiyligi va boshqalar) uning tibbiy hujjatlari (kasallik tarixi, ambulatoriya kartasi, bolaning rivojlanish tarixi va boshqalar)da qayd qilinadi va bevosita davolovchi shifokor tomonidan imzolanadi.

7. Quyidagi hollarda bemorga tayinlangan dori vositalarining asosliligi davolash-profilaktika muassasasining bo‘lim mudiri yoki navbatchi shifokori yoxud klinik farmakologi bilan kelishilishi lozim:



(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 25-avgustdagi 62-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2118-2, 23.09.2016-y.)tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 38-son, 455-modda)

bemorga bir vaqtning o‘zida besh va undan ortiq dori vositalari tayinlanganda;

asosiy kasallikning asoratlari yoki hamroh kasalliklari mavjud bo‘lganda;

mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq Dori vositalarining xavfli kombinatsiyalari ro‘yxatida ko‘rsatilgan dori vositalarining xavfli kombinatsiyalari mavjud bo‘lganda.

Ushbu hollarda tayinlangan dori vositalarining asosliligi bemorning tibbiy hujjatlarida qayd etilishi va ushbu tibbiy hujjatlar bevosita davolovchi shifokor hamda mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan shaxslar tomonidan ham imzolanishi lozim.

(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2016-yil 25-avgustdagi 62-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2118-2, 23.09.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 38-son, 455-modda)

8. Davolovchi shifokor davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda davolanayotgan bemorga ushbu muassasada mavjud bo‘lmagan dori vositalarini tayinlashi mumkin.



9. Davolash-profilaktika muassasasining davolovchi shifokori tomonidan dori vositalari retsept asosida tayinlanganda, retseptda shifokorning farmatsevt xodimga dori vositasining tarkibi, shakli, uni tayyorlash va berish haqidagi yozma ko‘rsatmasi lotin tilida, dori vositalarini qo‘llash usuli esa o‘zbek yoki rus tilida ko‘rsatilishi shart.

10. Retsept bemorga uning yoshi, dori vositasining xalqaro patentlanmagan yoki kimyoviy nomi, murakkab tarkibli dori vositalari uchun savdo nomi, dori vositasi ekstemporal usulida tayyorlanganida uning tarkibiga kiruvchi dori vositalarining nomlari, shuningdek ularning dozasi, davriyligi, qabul qilish vaqti va davomiyligi, oziq-ovqat bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi dori vositalari (ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida, ovqatdan keyin) ko‘rsatilgan holda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi retsept blankiga muvofiq beriladi.
Download 22,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish