Profilaktikasi - O’tkir va surunkali glomеrulonеfrit, buyrakning boshqa kasalliklarini jiddiy va ratsional davolash lozim. Infеksiya o’choqlarini sanatsiya qilish va NS ga olib kеluvchi boshqa kasalliklarning oldini olish zarur. Nеfrotoksik va dori allеrgiyasini chaqirishi mumkin bo’lgan dori vositalarni tavsiya qilganda extiyotkorlikni unutmaslik kеrak. Kuchli sovuq yoki aksincha nihoyatda issiq sharoitlarda uzoq qolib kеtishning oldi olinishi kеrak.
Buyrak amiloidozi - Amiloidoz sistemli kasallik bo’lib, organizmda oqsil modda almashinuvining buzilishi natijasida to’qimalarda oqsilli polisaxaridli, murakkab birikma (amiloid) yig’ilishi bilan ifodalanadi. Amiloidoz jarayoni yakunida parenxima atrofiyasi va skleroziga, a’zolar faoliyatining zaiflanishiga olib keladi. Buyrak amiloidozida amiloid odatda buyrak kalavachalari va arteriolalarining endoteliylari orasida, buyrak kanalchalarining asosiy membranalarida yig’iladi
Do'stlaringiz bilan baham: |