PATOGENEZI - Xastalikning rivojlanish jarayoni yaxshi o’rganilmagan. Patologik jarayon rivojlanishida bir qancha nazariyalar mavjud. Ularning har biri amiloid hosil bo’lishining turli xil tomonlarini yoritadi.
PATOGENEZI (davomi) - Disproteinoz nazariyasi bo’yicha amiloidoz g’ayritabiiy (buzilgan) oqsil almashinuvining natijasi hisoblanadi.
- Immunologik nazariya amiloidoz rivojlanishi immun gomeostazining buzilishi, antigen-antitanalarning o’zaro reaksiyalari, antitanalarning kam ishlab chiqarilishi va ko’p miqdorda antigen tashkil topishi bilan tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |