Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»



Download 220 Kb.
Sana05.04.2017
Hajmi220 Kb.
TOSHKENT TIBBIET AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI



«TASDIQLAYMAN»

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Professor Teshaev O.R.

___________________________

«27» avgust 2015 y.



Maruza mavzusi:
O‘TKIR TOSHLI XOLETSISTIT VA UNING ASORATLARI

Davolash fakulteti 4 kurs talabalari uchun




Toshkent – 2015

TOSHKENT TIBBIET AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI



«TASDIQLAYMAN»

Davolash fakulteti dekani prof. Zufarov P.S.


___________________________

«27» avgust 2015 y.



Ma'ruza mavzusi:
O‘TKIR TOSHLI XOLETSISTIT VA UNING ASORATLARI

Davolash fakulteti 4 kurs talabalari uchun

Xirurgiya bo‘yicha MK da

ko‘rib chiqilgan va

tavsiya etilgan

Majlis bayoni № 1

«27» avgust 2015 y.

Toshkent – 2015

O‘tkir toshli xoletsistit va uning asoratlari
O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Talabalar soni- 60-120

Davomiyligi – 2 soat




O‘quv mashguloti shakli

Ma'ruza - vizuallashtirish








Ma'ruza rejasi

1. O‘tkir xoletsistit va asoratlari – terminologiya.

2. O‘tkir xoletsistit va asoratlari klassifikatsiyasi.

3. O‘tkir xoletsistit va asoratlari klinika, diagnostika, diff. diagnostika.

4. O‘tkir xoletsistit va asoratlari davo prinsiplari.






O‘kuv mashguloti maksadi: O‘tkir ichak tutilishi semiotika bilan tanishdirish, diagnostika va davoni o‘rganish




O‘kituvchining vazifalari:

1. O‘tkir xoletsistit va asoratlari kasalligi bilan o‘rgatish.



O‘kuv faoliyatining natijalari:

Talaba bilishi kerak:

1. Kasalligni etiologiya, patogenez va klinikani.

2. O‘tkir xoletsistit va asoratlari diagnostikasini.

3. Differensial diagnostikani va simptomlarni aniklish.

4. Xirurgik davo prinsiplarni tanglash.





O‘kitish usullari va texnikasi

Ma'ruza – vizuallashtirilgan, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltirilgan savollar, “xa-yo‘k” texnikasi




O‘kitishvositalari

Kompyuter proektori, vizual materiallari, axborot ta'minoti




O‘kitishshakllari

Kollektiv




O‘kitishsharoitlari

Texnik o‘kitishvositalari bilan ishlashga moslashtirilganauditoriya

MA'RUZA TEXNOLOGIK XARITASI



Muddat, boskichlar

Faoliyat

O‘kituvchining

talabaning

1boskich

Kirish


(5 min)

1. Maruza mavzuining nomi, maksadi, rejalashtirilgan natijalari va o‘tkazish rejasi ma'lum kilinadi

1. Eshitadi.

2 boskich

Bilimlarning dolzarbligi

(20 min)


2.1. Talabalarni jonlantirish uchun yo‘naltirilgan savollarberiladi:

1. O‘tkir xoletsistit va asoratlari nimaligini?

2. O‘tkir xoletsistit va asoratlari diagnostikasi.

Blits-so‘rov” o‘tkazadi.

2.2. Ekranga ma'ruzaning maksadini chikaradi va u bilan tanishib chikishni tavsiya etadi.

Slayd mazmunini izoxlaydi. 1-slayd.

2.3. Ekranga2-slaydni chikaradi.


2.1. Savollarga javob beradi.

2.2. 1-slaydmazmunini o‘rganadi.


2.3. 2-slaydmazmunini o‘rganadi.

3 boskich

Axborot berish (55 min)



3.1. Rejadagi masalalar bo‘yicha vizual materiallar va yo‘naltirilgan savollarni ko‘llagan xolda ma'ruza materialini birin ketin bayon kiladi: Rejaning 1-masalasi bo‘yicha: O‘tkir xoletsistit va asoratlari nima ma'noligini bildiradi.

Rejaning 2-masalasi bo‘yicha: O‘tkir xoletsistit va asoratlari klissifikatsiyasi.

Rejaning 3-masalasi bo‘yicha: O‘tkir xoletsistit va asoratlari simptomlari.


3.1. Berilgan materialning mazmunini muxokama kiladilar, oydinlashtiradilar va savollar beradilar.
Asosiylarini yozib oladilar.

4 boskich

Yakuniy


(10 min)

4.1. Savol beradi:

  1. O‘tkir xoletsistit va asoratlari belgilari

  2. O‘tkir xoletsistit va asoratlari simptomlari.

4.2. Mustakil tayyorlanish uchun topshirik beradi: Noma'lum etiologiyali keratitlar

4.1. Savollarga javob beradi.
4.2. Eshitadilar, yozib oladilar.

Mavzuni asosolash: O‘t pufagining o‘tkir yallig‘lanishi kalkulez xoletsistitning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan biridir. O‘t pufagi devorida o‘tkir yallig‘lanish jarayoni paydo bo‘lishining asosiy sabablari: pufak bo‘shlig‘ida mikroflora bo‘lishi va o‘t suyuqligi oqib ketishining buzilishi xisoblanadi. O‘tkir xoletsistitning klinik formalari: kataral, flegmonali, gangrenali (o‘t pufagi teshiladigan va teshilmaydigan).

Tana xarorati subfebrilgacha ko‘tariladi. Minutiga 100 martagacha o‘rtacha taxikardiya, qorin nafas olish aktida qatnashadi, qorin devori o‘ng yarmining nafas olish aktida bir oz orqada qolishi qayd qilinadi, qorinni paypaslab ko‘rilganda o‘ng qovurg‘alar ostida, Ayniqsa o‘t pufagi proeksiyasi soxasida keskin og‘riq paydo bo‘ladi. qorin devori mushaklari taranglashgan yoki bu unchalik yuzaga chiqmagan, Ortner - Grekov, Myussi - Georgievskiy simptomlari musbat. Ba'zan kattalashgan, o‘rta darajada og‘rib turadigan o‘t pufagini paypaslab ko‘rsa bo‘ladi. Tahlillarda leykotsitoz urtacha: 10000-12000.



Ma'ruza maksadi: O‘tkir xoletsistit va asoratlari semiotika bilan tanishdirish, diagnostika va davoni o‘rganish.

Ma'ruzaning tarbiyaviy maksadi: Ma'ruza talabada mustakil fikr yuritishga, uz maksadiga erishishda mexnatsevar bulishni, kat'iyyatlikni, javobgarlik xissini va shaxs sifatida shakllanishni rivojlantiradi. Davlat mikyosiga ega bulgan bu ogir kasalliklarni davolash va profilaktikasida kelajakda vrach sifatida uning majburiyatlari va rolini shakllanishiga katta ta'sir kursatadi.

Ma'ruzada ko‘riladigan masalalar: O‘tkir xoletsistit va asoratlari - terminologiya. O‘tkir xoletsistit va asoratlari klassifikatsiyasi. O‘tkir xoletsistit va asoratlari klinikasi, diagnostika va diff. Diagnostika. Xirurgik davo prinsiplari Asoratlar va o‘lim.
Ko‘rsatilgan vaqt bo‘yicha muxokama qilish kerak bo‘ladigan savollar:

1. Motivatsiya, mavzuni asoslash - 5 min

2. Qisqacha anatomik-fiziologik ma'lumotlar, bemorlarni tekshirish usullari - 20 min

3.O‘tkir toshli xoletsistit va uning asoratlari etiopatogenezi – 10 min.

4. Klinik kartinasi – 20 min

5. Diagnostika va differensial diagnostika. - 10 min

6. Davolash - 15 min

7. Kasallik va asoratlari profilaktikasi - 10 min


Mavzuni kanchalik uzlashtirganligini bilish uchun auditoriyaga beriladigan savollar:

1. O‘tkir xoletsistit va asoratlari kechadigan kasalliklarni davolash prinsiplari.

2. O‘tkir xoletsistit va asoratlari sabablari

3. O‘tkir xoletsistit va asoratlari klinikasi va davolash.


O‘tkir xoletsistit va asoratlari

O‘t pufagining o‘tkir yallig‘lanishi kalkulez xoletsistitning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan biridir. O‘t pufagi devorida o‘tkir yallig‘lanish jarayoni paydo bo‘lishining asosiy sabablari: pufak bo‘shlig‘ida mikroflora bo‘lishi va o‘t suyuqligi oqib ketishining buzilishi xisoblanadi. O‘tkir xoletsistitning klinik formalari: kataral, flegmonali, gangrenali (o‘t pufagi teshiladigan va teshilmaydigan).

Tana xarorati subfebrilgacha ko‘tariladi. Minutiga 100 martagacha o‘rtacha taxikardiya, qorin nafas olish aktida qatnashadi, qorin devori o‘ng yarmining nafas olish aktida bir oz orqada qolishi qayd qilinadi, qorinni paypaslab ko‘rilganda o‘ng qovurg‘alar ostida, Ayniqsa o‘t pufagi proeksiyasi soxasida keskin og‘riq paydo bo‘ladi. qorin devori mushaklari taranglashgan yoki bu unchalik yuzaga chiqmagan, Ortner - Grekov, Myussi - Georgievskiy simptomlari musbat. Ba'zan kattalashgan, o‘rta darajada og‘rib turadigan o‘t pufagini paypaslab ko‘rsa bo‘ladi. Tahlillarda leykotsitoz urtacha: 10000-12000.

Flegmonali xoletsistitning klinik simptomatikasi birmuncha ifodalangan bo‘ladi. Og‘riq, kasallikning kataral formasiga qaraganda kuchliroq. Og‘riq nafas olishda, yo‘talishda, gavda vaziyatini o‘zgartirishda kuchayadi. Ko‘pincha ko‘ngil ayniydi, bemor ko‘p marta qayt qiladi, umumiy ahvoli yomonlashadi, gavda xarorati subfebrilgacha yetadi, taxikardiya minutiga 100-120 gacha oshadi. Ichaklar parezi hisobiga qorin birmuncha kepchigan, ichak shovqinlari sustlashgan. Paypaslab ko‘rilganda qorinning o‘ng qovurg‘alar ostida keskin og‘riq paydo bo‘ladi, infiltrat yoki kattalashgan va og‘riydigan o‘t pufagini aniqlash mumkin. O‘ng yuqori kvadratida Щetkin-Blyumberg simptomi musbat. Ortner - Grekov, Myussi - Georgievskiy simptomlari musbat. Tahlillarda leykotsitoz 20000- 22000 gacha, leykotsitar formulasi chapga surilgan.

Morfologik tekshirganda pufak o‘lchami kattalashgan, uning devori qalinlashgan, to‘q, qizil-ko‘kimtir rangda, uni qoplab turgan qorin pardasi fibrinli parda, bo‘shlig‘ida yiringli ekssudat bo‘ladi.

Gangrenali xoletsistit klinik jixatdan jadal kechadi, odatda flegmonali bosqichdagi yalliglanishning davomi hisoblanadi, bunda organizmning himoya kuchlari virulent mikrob florasi bilan kurasha olmaydi. Intoksikatsiya simptomlari bilan maxalliy yoki tarqalgan yiringli peritonit xodisalari birinchi o‘rinni egallaydi. Yalig‘lanishning gangrenali formasi tuqimalarning regenerativ xususiyatlari pasayib ketgan, organizmning reaktivligi pasaygan yoshi katta va keksa yoshdagi odamlarda ko‘proq kuzatiladi. Pufak yorilganda tarqalgan peritonit simptomlari tez rivojlanadi. Bemorlarning ahvoli og‘ir bo‘ladi, ular bo‘shashgan, kam harakat, tili quruq, qorni ichak parezi hisobiga kepchigan, uning o‘ng bo‘limlari nafas aktida qatnashmaydi, ichak peristaltikasi keskin pasayib ketgan, qorin pardasining oldingi devori ushlab ko‘rilganda taranglashadi, qorin pardasining qo‘zg‘alish simptomlari bor. Laboratoriya analizlarida: yuqori leykotsitoz, leykotsitar formulaning chapga keskin siljigani, SOE oshishi, qon elektrolit tarkibi va kislota-ishkor xolatining buzilishi, proteinuriya, silindruriya buzilishi aniqlanadi.

Agar o‘tdagi mikrob florasining virulentligi kam bo‘lsa va o‘t pufagi bo‘yni yoki pufak yo‘li okklyuziyasi Saqlanib qolgan bo‘lsa, o‘t pufagi istisqosi o‘tkir xoletsistit xuruji tugagandan keyin rivojlanadi.

O‘t pufagida o‘t tarkibiy qismlarining so‘rilishi sodir bo‘ladi, bakteriyalar xalok bo‘ladi, o‘t pufagi ichidagi suyuqlik rangsiz, shilimshik bo‘lib qoladi.

Bemorlarni fizikal tekshirganda o‘t pufagining kattalashgan, cho‘zilib ketgan, og‘rimaydigan tubini paypaslab ko‘rish mumkin. O‘t pufagi empiemasi rivojlanishi mumkin.

Xoledoxolitiaz - o‘t-tosh kasalligi va kalkulyoz xoletsistitning eng ko‘p uchraydigan asoratlaridan sanaladi (20% bemorlarda uchraydi). Yoshi o‘tgan va keksa yoshdagi odamlarda xoledoxolitiaz 2-3 marta ko‘proq kuzatiladi. Ko‘pchilik bemorlarda umumiy o‘t yo‘liga toshlar o‘t pufagidan tushadi. Bunga pufak yo‘lining kalta serbarligi, pufak bo‘yni yoki gartman cho‘ntagi soxasida yara bo‘lib, o‘t pufagi bilan umumiy o‘t yo‘li o‘rtasida keng oqma paydo bo‘lishi sababchidir.

Xoledoxolitiaz o‘zok vaqtgacha simptomlarsiz kechishi mumkin. Xatto gipotikoxoledoxning ko‘p sonli toshlarida xam o‘t ajralishi buzilishi hamavaqt sodir bo‘lavermaydi. O‘t suyuqligi jigardan tashqaridagi o‘t yo‘llari bo‘shlig‘idagi toshlarni guyo chetlab oqib o‘tadi va xoledox terminal bo‘limida to‘siq bo‘lmasa, bemalol o‘n ikki barmoq, ichakka tushadi. Toshlar gepatikoxoledoxning eng tor bo‘limlariga, uning terminal bo‘limiga va Ayniqsa katta duodenal surg‘ichi ampulasiga tushganda o‘t suyuqligining ichakka oqib ketishiga to‘siq - paydo bo‘lib, bu klinikasida mexanik sariqlik bilan yuzaga chiqadi. Ba'zan sariqlik xoledox terminal bo‘limida yoki katta duodenal surg‘ichda «ventil» tosh bo‘lganda sariqlik remittirlovchi xarakterga ega bo‘ladi. Toshlarning xoledox terminal bo‘limidagi okklyuziyasida o‘t gipertenziyasi vujudga kelib, klinik jixatdan bu o‘ng qovurg‘alar ostida simillagan og‘riqlar va mexanik sariqlik bilan o‘tadi. Jigardan tashqari yo‘llarda bosim yanada osha borganda ularning bo‘shlig‘i kengayadi va tosh gepatikoxoledox proksimal bo‘limlariga guyo suzib chiqqanday bo‘ladi, sariqlik kamayadi va yo‘kolishi mumkin.

Xolangit - jigar ichi va jigardan tashqari o‘t yo‘llarining o‘tkir va Surunkali yallig‘lanishidir. Xoledoxolitiazda xolestaz va o‘t suyuqligiga tushgan infeksiya hisobiga paydo bo‘ladi. O‘t yo‘llari devorlaridagi morfologik o‘zgarishlar xarakteri bo‘yicha kataral va yiringli xolangit farq qilinadi. Xolangitning klinik belgilari: gavda xaroratining subfebril raqamlargacha to‘satdan ko‘tarilishi, qattiq, et junjiqishi, o‘ng qovurg‘alar osti: soxasida og‘irlik va simillagan og‘riq, ko‘ngil aynishi va qusishdan iborat. Yiringli xolangitda og‘riq kuchli bo‘ladi, sariqlik erta paydo bo‘ladi.

Yiringli xolangit avj olib jadal kechganda o‘t yo‘llari devorlarida, parenxima bag‘rida va uning yuzasida mayda yiring tuplangan joylar hosil bo‘ladi, bu jigarda ko‘p sonli abssesslar paydo bo‘lishiga olib keladi. Katta duodenal surg‘ich ampulasida tosh g‘isilib g‘olganda o‘t oqib ketishi buzilishi bilan birga pankreatik shira oqib ketishining buzilishi ro‘y berishi ehtimol va ko‘pincha o‘tkir pankreatit rivojlanadi.

Katta duodenal surg‘ich va umumiy o‘t yo‘li terminal bo‘limidagi chandiqli strikturalar duodenal surg‘ich shillik, pardasi toshlardan, yalig‘lanish jarayonida zararlanganda paydo bo‘ladi. Strikturalar bir necha millimetrlardan 1 - 1,5 sm gacha masofada chegaralangan va umumiy o‘t yo‘lining terminal bo‘limi 2-2,5 sm va bundan ko‘prok konsentrik toraygan tubulyar bo‘lishi mumkin. Chandiqli strikturalarda, odatda, patognomonik klinik simptomlar bo‘lmaydi. Xoledox terminal bo‘limining o‘t suyuqligi va pankreatik shira oqishining bo‘zilishi bilan o‘tadigan stenozida xoletsistopankreatit, o‘tkir yoki Surunkali pankreatit, mexanik sariqlik, xolangit simptomlari paydo bo‘ladi.

Ichki biliodegistiv oqmalar. O‘t pufagida toshlarning uzoq, vaqt turib qolishi devorida va o‘t pufagi bilan perixoletsistitga uzviy bog‘langan yakin joylashgan kavak organda yara paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Oqmalarning ko‘pincha o‘t pufagi bilan me'da o‘rtasida yoki o‘t pufagi bilan gepatikoxoledox o‘rtasida shakllanishi ro‘y beradi. Ichki biliodegistiv oqmalarning klinik belgilari juda kam, shunga ko‘ra operatsiyaga qadar hamma bemorlarda ham diagnoz qo‘yishning iloji bo‘lavermaydi.

O‘tkir toshsiz xoletsistit. Uning etiologiyasida bakterial infeksiya omili, o‘t pufagining me'da osti bezi yo‘lidagi o‘ut yo‘llariga va o‘t pufagiga reflyuksida pankreatik jigarning jarohatlovchi ta'siri muayyan axamiyatga ega.

Diagnostikada va davolash usulini tanlashda bemorni ob'ektiv tekshirish ma'lumotlari, o‘tkazilayotgan davo zaminida kasallik klinik manzarasining dinamikasi hal qiluvchi axamiyatga ega.

Surunkali toshsiz xoletsistit. Toshsiz Surunkali xoletsistit klinikasi Surunkali kalkulyoz xoletsistit klinikasiga o‘xshash. Biroq o‘ng qovurg‘alar ostidagi og‘riq unchalik kuchli bo‘lmaydi, biroq uzoq davom qilishi, deyarli doimiy xarakteri bilan ajralib turadi, parhyez bo‘zilganda keyin kuchayadi. Diagnostikada xoletsistoxolangiografiya o‘t yo‘llarini ultratovush bilan tekshirish eng ko‘p ma'lumot beradi.

O‘t yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklarida konservativ davolash. O‘tkir xoletsistitli hamma bemorlar statsionarda xirurgning doimiy nazorati ostida bo‘lishlari kerak. Tarqalgan peritonit simptomlari bo‘lganda shoshilinch operatsiya qilish talab etiladi. Boshqa hollarda bemorlar dori-darmonlar bilan davolanadi. Bemorlarga ovqatni cheklangan miqdorda berilib, faqat ishqoriy suyuqliklar ichishga ruxsat etiladi.

Bu bemorlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq:

1. Me'dani nazogastral zond bilan bushatish kerak, chunki me'da parezi o‘t pufagida va o‘t yo‘llarida dimlanishni battar qiyinlashtiradi.

2. Paranefral novokain blokadasi.

3. Spazmolitiklar. Kuniga ikki marta til ostiga 1q2 tabletka nitroglitserin tayinlash shart, chunki u Oddi sfinkteriga tanlab spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Atropin, no-shpa, galidor o‘t pufagi bo‘ynidagi sfinkter apparatiga xuddi shunday bo‘shashtiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.

4. Infuzion terapiya 5%li glyukoza eritmasi va Ringer eritmasi yuborishni o‘z ichiga oladi.

5. Mikrob florasi aktivligini pasaytirish uchun gepatotoksik bulgan tetratsiklin qatoridagi preparatlardan tashqari, ta'sir spektri keng antibiotiklar tayinlanadi.

6. Simptomatik va kardial terapiya. O‘tkir xoletsistopankreatitda dori-darmonlar bilan davolash kompleksi o‘tkir pankreatitni davolash uchun qo‘llaniladigan preparatlarni ham o‘z ichiga olishi kerak.

Ko‘pchilik bemorlarda o‘tkir xoletsistit xuruji to‘xtashi mumkin. Xuruj to‘xtagandan keyin bemorni o‘t pufagida toshlar bor-yo‘qligiga tekshirish zarur. Agar o‘tkir xoletsistitni 12-24 soat davolash zaminida bemorning ahvoli yaxshilanmasa, qorinda og‘riq saqlanib qolsa yoki kuchaysa, qorin oldingi devori mushaklarining o‘z-o‘zini ximoya qilish qobiliyati saqlanib qoladi va kuchayadi, puls tezlashadi, leykotsitoz oshadi, shoshilinch xirurgik operatsiya o‘tkazish talab etiladi.

Teri va shillik pardalar, skleralarining tuqimalarida ortiqcha bilirubin yig‘ilishi natijasida sarg‘imtir buyalishiga sariqlik deyiladi. Bunda qonda bilirubin miqdori oshgan bo‘ladi. Sariqlik ichki organlarning qator kasalliklariga xos klinik sindrom xisoblanadi. Bilirubin darajasining oshish sababiga ko‘ra sariqlikning uchta asosiy tipi farq qilinadi.

Gemolitik (jigar ustidagi) sariqlik eritrotsitlar parchalanishi va bilvosita bilirubin ortiqcha ishlab chiqarilishi natijasida paydo bo‘ladi. Bu hodisalar retikuloendotelial sistema xujayralarining funksiyasi oshib ketganda birlamchi va ikkilamchi gipersplenizmda vujudga keladi.

Parenximatoz (jigarga oid) sariqlik gepatotsitlar jarohatga uchrab, ularning qondagi ozod bilirubinni bog‘lash va uni bilirubin glyukuronidga (bevosita bilirubin) o‘zgartirish kobiliyati pasayganda ruy beradi. Virusli gepatit, leptospiroz, jigar sirrozi, ayrim zaxarlanish parenximatoz sariqlikning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan xisoblanadi.

Mexanik (obturatsion) sariqlik o‘t chiqaruvchi yo‘llar qisman yoki to‘liq tutilib qolib, o‘ut suyuqligining ichakka oqishi bo‘zilishi natijasida rivojlanadi. Mexanik sariqlik aksariyat xoledoxolitiaz, katta duodenal surg‘ich strikturasi, me'da osti bezi boshchasi va o‘t chiqo‘vchi yo‘llardagi o‘smalarga bog‘liq.

Mexanik sariqlikda teri qoplami sarg‘imtir-yashil bo‘ladi, o‘t yo‘llarini bekitib qo‘yadigan o‘smalarda esa yersimon rangda bo‘ladi. O‘t-tosh kasalligiga bog‘diq obturatsion sariqlikda kasallik boshlanayotganda jigar sanchig‘i tipi bo‘yicha o‘ziga xos xurujsimon og‘riqlar paydo bo‘ladi, ba'zan sariqlik o‘tkir xoletsistit zaminida vujudga keladi. Pankreatoduodenal zona o‘smalarida sariqlik og‘riq sezgilarisiz paydo bo‘ladi. Teri qichimasi, ayniqsa bilirubin darajasi baland bo‘lganda kuchli bo‘ladi. Pankreatoduodenal zonasida o‘smalari bo‘lgan bemorlarning yarmida Kurvuaze simptomining musbatligi aniqlanadi. Ahlat ochiq rangli, o‘t yo‘llari butunlay epilsa axolik bo‘ladi. Siydik to‘q, rangli. Bevosita va bilvosita bilirubin konsentratsiyasi, ayniqsa pankreatoduodenal zonaning obturatsion o‘usmalarida keskin oshgan bo‘ladi.

Sariqlikning biror turining klinik kechish xususiyatlari sariqlikni qo‘zg‘atgan kasallik xarakteriga bog‘lik. Bu xol sariqlik turlarini differensial diagnostika qilishda qo‘shimcha qiyinchiliklar to‘g‘diradi. Sariqlikni diagnostika qilishning yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan klinik va laboratoriya metodlaridan tashqari, sariqlikning har xil turlarini differensial diagnostikasi uchun zarur va kimmatli axborot olishga imkon beradigan rentgenologik, endoskopik, radiologik, ultratovush bilan tekshirish usullariga katta o‘rin beriladi.

Mexanik sariqlik butun gepatobiliar sistemadagi o‘zgarishlar va butun organizmning bir qator umumiy og‘ir buzilishlari bilan o‘tadi, bemorlar qolatining og‘irligi sariqlik darajasi va davomliligiga proporsional ravishda ortadi, bu qator yangi patologik holatlar paydo bo‘lishiga olib keladi, shu sababli davolash natijasi yomonlashadi va letallik ko‘payadi. Jigar funksional holatining dekompensatsiyasi nisbatan tez o‘tkir jigar yetishmovchiligi avj olishiga olib keladi. I. M. Matyashin ma'lumotlariga binoan o‘t yo‘ullari obturatsiyasidan 10-14 kun o‘tgach jigar funksiyasi shu qadar buziladiki, xirurgik operatsiya qilish g‘oyat xatarli bo‘lib qoladi va yuqori letallik bilan o‘tadi.

Mexanik sariqlikni davolashda dekompressiv aralashuvning muddatlari va turlari, profilaktika qilish yo‘llari va operatsiyadan keyin jigar yetishmovchiligini davolash muxim masala xisoblanadi. Operatsiya o‘t pufagi gipertenziyasini davolashning eng ta'sirchan chorasi xisoblanadi Biroq narkoz, operatsion jarohat jigar yetishmovchiligi rivojlanishi va klinik ifodalangan formaga o‘tishi sababli bemorlarning axvolini qiyinlashtiradi. Ko‘rsatib o‘tilgan jixatlar xirurglarni mexanik sariqlik bilan og‘rigan bemorlarda radikal operatsiyalarni 2 bosqichda o‘tqazish kerak degan fikrga olib keladi: birinchi bosqichda jigar funksional xolatini va bemorlarning umumiy axvolini yaxshilaydigan operatsiya, ikkinchisida radikal operatsiya qilish taklif etiladi. Xozirgi vaqtda laparoskopik xoletsistostomiya, o‘t yo‘llarini nazobiliar drenajlash, endoskopik transduodenal papillotomiya kabi extiyot qiladigan metodlar qo‘llaniladi. Teri orqali jigar orqali xolangiostomiya sariqlik, xolangit xodisalarini kamaytirish yoki to‘gatish, antibiotiklarni tanlash va maxalliy antibakterial davolash uchun o‘tni ekish, xayfli o‘smalarni ximiyaviy preparatlar bilan davolash imkonini beradi. Undan operatsiyani ko‘tara olmaydigan bemorlarda o‘t chiqaruvchi yo‘llarni tashqi yoki ichki drenajlashning doimiy metodi sifatida foydalanilishi mumkin.


Adabiyotlar

I. Asosiy:

1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

2. Xirurgicheskie bolezni. Sh.I. Karimov, Tashkent, 2005.

3. Chirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995.

5. Xirurgicheskie bolezni. Pod red. M.I.Kuzina., Meditsina, Moskva. 2002.

6. Operatsii na organax bryushnoy polosti. Voylenko I. GEOTAR. Moskva. 2000.

7. Chastnaya xirurgiya. Yu.L.Shevchenko. SpetsLit. Sankt Peterburg. 2000.
II. Qo‘shimcha:

8. Federov I.V. i dr. Endoskopicheskaya xirurgiya. Moskva. GEOTAR. 2006.

9. Astapenko V.G. Prakticheskoe rukovodstvo po xirurgicheskim boleznyam. Minsk, 2004.

10. E.Itala Atlas abdominalnoy xirurgii. 1,2,3 tom. Moskva. Meditsinskaya literatura. 2006.

11. Illyustrirovannoe rukovodstvo po endoskopicheskoy xirurgii. S.I. yemelyanov Meditsinskoe informatsionnoe agentstvo. Moskva. 2004.

12. Abdominalnaya xirurgiya – Grigoryan R.A. V 2-x tomax.2006g.

13. Diagnosticheskiy spravochnik xirurga – Astafurov V.N. 2003.

14. Xoledoxolitiaz – Maystrenko N.A.2000.

15. Atlas operatsiy na jelchnыx putyax, Krasilnikov D.M., Mavrin M.I., Mavrin V.M. 2000.

16. Laparoskopicheskaya i torakoskopicheskaya xirurgiya – Konstantin Frantzaydes. 2000.

17. Rukovodstvo po xirurgii jelchnыx putey – Galperin E.I.2009g

18. Zdraviy smisl v neotlojnoy abdominalnoy xirurgii – Moshe Shayn.2003g

19. Maloinvazivnie vmeshatelstva v abdominalnoy xirurgii . Timoshin A.D. Triada-x. Moskva 2003

20. Mavzuga doir internet manzillari: www.rmj.net, www.consilium-medicum.com, www.mediasphera.ru, www.laparoscopy.ru, www.ehpb.com, www. medmore.ru, www.gastroportal.ru, www.medilexicom.com, www.encicloperdia.com, www.omoc.su., www.medline.ru





Каталог: syllabus -> Gospital%20xirurgiya%20kafedra -> СИЛЛАБУС%204%20курс -> Base
Base -> «Tasdiklayman» O'quv ishlari bo'yicha prorektor po professor Teshaev O. R
Base -> Qalqonsimon bez kasalliklari
Base -> O‘zbеkiston rеspublikasi sog‘liqni saqlasн vazirligi toshkеnt tibbiyot akademiyasi “Tasdiqlayman”
Base -> Toshkent Tibbiyot Akademiyasi davolash va tibbiy pedagogika fakultetlari fakultet va gospital xirurgiya kafedralari
Base -> O‘zbеkiston rеspublikasi sog‘liqni saqlasн vazirligi tosнkеnt tibbiyоt akadеmiyаsi
Base -> Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi
Base -> Yugon ichak kasalliklari
Base -> «Tasdiqlayman» O'quv ishlari bo'yicha prof. Teshaev O. R
Base -> Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi «tasdiqlayman»
Base -> Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet va gospital xirurgiya kafedrasi


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa