S O‘ R A Y M A N:
2012-yil 19-aprel kuni javobgar nomidan ishonchnoma asosida harakat qiluvchi (F.I.Sh.) hamda (F.I.Sh.) o‘rtasida tuzilib, Toshkent shahar Chilonzor tumani 8-sonli DNI tomonidan tasdiqlanib, rasmiy ro‘yxat kitobiga 6-2344-raqami bilan qayd qilingan Toshkent shahar Chilonzor tumani 5-mavzesi, 9-uy,
15-xonadonining oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishingizni;
Sud xarajatlarini javobgarlardan undirishingizni.
Ilova:
Nikoh guvohnomasi va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar nusxasi;
Oldi-sotdi shartnomasi nusxasi;
Ma’lumotnoma;
Davlat boji to‘langanligi haqidagi kvitansiya;
Da’vo arizadan nusxa;
Pasport nusxasi;
Boshqa hujjatlar.
Sana imzo F.I.O
|
3. Apellatsiya shikoyatining tarkibiy tuzilishi
Fuqarolik sudida ishtirok etuvchilarning huquqlari faqat birinchi instansiya sudidagina emas, balki ikkinchi instansiyada ham himoya qilinadi. Agar ishning dastlabki sudda ko'rilishida qonun talablariga rioya qilinmagan, ish holatlarining murakkabligi yoki boshqa sabablarga ko'ra xatolarga yo'l qo'yilgan bo'lsa, bunday holatlar apellatsiya tartibida ko'rilib, aniqlanishi va tuzatilishi mumkin. Ishni apellatsiya tartibida ko`rib chiqishdan maqsad inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini har taraflama himoya qilishdir.
APЕLLYATSIYA SHIKOYATINING (PROTЕSTINING) MAZMUNI
shikoyat (protest) yo‘llanayotgan sudning nomi;
shikoyat (protest) berayotgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi), uning yashash joyi yoki joylashgan yeri (pochta manzili);
shikoyat qilinayotgan yoki protest keltirilayotgan hal qiluv qarori, qaror va ushbu sud hujjatlarini chiqargan sud;
hal qiluv qarorining, ajrimning, qarorning noto‘g‘riligi nimadan iborat ekanligi;
shikoyat (protest) berayotgan shaxsning iltimosi;
shikoyatga (protestga) ilova qilingan yozma materiallarning ro‘yxati.
Apellatsiya shikoyatini shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili imzolaydi. Apellatsiya protestini mazkur ishda ishtirok etgan-etmaganligidan qat’i nazar, prokuror yoki uning o‘rinbosari keltiradi va imzolaydi. Apellatsiya shikoyatida (protestida) shikoyatni (protestni) bergan shaxsning yoxud uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.
FPKning 387-moddasiga ko`ra, apellatsiya shikoyatiga quyidagilar ilova qilinadi:
- davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat;
- apellatsiya shikoyati vakil tomonidan imzolangan taqdirda, uni imzolashga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat.
Sudning arizani qaytarish haqidagi yoki arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrimi ustidan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) qaytarilgan ariza va unga qo‘shib berilgan hujjatlar ham ilova qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |