Mavzu: Matematika o'qitishning zamonaviy texnologiyalari va metodlari
Matematika fanidan zamonaviy darslarni tashkil etish usullari
Yangi ta'limni tashkil etishda jarayon pedagogikasi amaliyotida qo'llaniladigan ilg'or metod va usullar, texnika vositalari, o'qitishning shakllarini milliy tarbiyashunoslikka har bir o'quvchi shaxsi, ruhiy o'ziga xosligi, intellektual imkoniyatlari, milliy va ijtimoiy xususiyatlarini inobatga olgan holda olib kirish demakdir.
Pedagogik texnologiyaga kiruvchi “muammoli ta'lim” metodini barcha darslarda ham qo'llash maqsadga muvofiq deb o'ylayman. Bu uslubning asosiy xususiyati o'quvchilarning ijodkorligiga tayanish, darsda erkin bahs-munozara sharoitini tug'dirishdir.
Mavzuning dolzarbligi. Ma'lumki, ta'lim sohasidagi islohotlar tufayli barcha o'quv fanlari qatori matematika fanini o'qitishda ham turli o'zgarishlar sodir bo'ldi. O'zgarishlar nafaqat ta'limiy, balki tarbiyaviy jihatdan ham ro'y berdi. Chunki mavjud ta'lim tizimidagi ko'plab fanlardan farqli o'laroq matematika o'quvchilarning hayotiga faqat maktab quchog'idagina kerak bo'lib qolmasdan, balki maktabni tugatgach ham ta’sir ko'rsatishni to'xtatib qo'ymaydi.
Yangilanish matematika fanlarini o'qitish mazmunini o'zgartirish bilan bir qatorda ko'proq bu fanni o'qitish uslubiyatini o'zgartirishni talab etadi. Shu o'rinda bu boradagi yangi pedtexnologiya tushunchasi bilan an’anaviy dars tushunchasining farqi haqida gapirish o'rinlidir, chunki ko'pchilik o'qituvchilar ularni farqlamay tenglashtiradilar. Albatta bu o'rinda quyidagi shaxsga yo`naltirilgan ta'lim tamoyillariga rioya etish talab etiladi:
1) O'quvchilar o'zlarini xotirjam his qilishlari, fikrlarini bemalol ifodalay olishlari, savol bera olishlari uchun ijobiy, do'stona muhit yaratiladi;
2) Barchani ishlashi va bir-biridan o'rganishi uchun imkoniyat yaratiladi;
3) O'qituvchilar o'quv jarayoniga, shuningdek o'rganiladigan materialga e’tibor beradilar;
4) O'quvchilardan faol o'rganuvchilar bo'lishlari talab etiladi; ularga bajarish uchun mashqlar, yechish uchun muammolar beriladi;
5) O'quvchilarning topsshiriqa ijodiy yondoshishi rag'batlantiriladi;
6) O'qituvchi o'quvchilardan darslikdagi matn yuzasidan savollarga javob berishni so'raydi;
7) Mustaqil bo'lish va olayotgan bilimlarni o'zlashtirishlariga javobgarlik hissini sezishga o'quvchilar ruhlantiriladi;
8) O'quvchilarga o'rgangan bilimlarini va hayotdan o'zlari olgan tajribalarini maktabda o'rganadigan bilimlari bilan bog'lashlari uchun imkoniyat yaratiladi.
O'qituvchi mashg'ulotga tayyorgarlik ko'rar ekan, har bir sinf, guruhga mos keladigan usul tanlamog'i lozim. Tajribadan ma’lumki, bir xil usuldan foydalanib dars o'tgan ikki o'qituvchi darsining natijasi aksariyat bir xil bo'lmaydi. Hatto, bir o'qituvchi bir xil usulda ikki sinfda dars o'tib ham bir xil natijaga erisha olmaydi. Chunki har xil xarakterli bolalarni bir xil usul bilan o'qitib, bir xil natijaga erishish mumkin emas. Adabiy ta'limning o'ziga xos jihatlaridan biri ham xar bir o'quvchini uning o'zigagina xos bo'lgan intellektual imkoniyatlari asosida mustaqil fikrlashga odatlantirishdir. Bolalarning o'ziga xos jihatlarini bilmay, ularning nimalarga qodirligini aniqlamay turib, muvaffaqiyatga erishib bo'lmaydi. har qanday usulning samaradorligi o'quvchi xususiyatlarini sinfni puxta bilishga bog'liq.
O'qituvchi tegishli pedagogik mahorat egasi bo'lishi bilan birga yuksak insoniy fazilatlarini ham o'zida mujassam etmog'i lozim, negaki, puxta ma’lumot va bilimga ega barkamol shaxsgina barkamol avlodni, ma’lumotli insonlarni voyaga yetkaza olishi mumkin.
O'qituvchining adabiy vositachilik faoliyati quyidagilardan iborat:
- O’quvchilar bilan munosabatga kirisha olish;
- matndagi fikrni o'quvchilarga yetkazib berish;
- masalani o'quvchiga hayot bilan bog'lab tushuntirish;
- o'quvchilarni bahsga torta olish;
- berilgan masalani har bir o'quvchining tushunishiga erishish;
- axborot almashishini ta’minlash;
- bahsda do'stona munosabat hukm surishga erishish;
- o'quvchiga fikr erkinligi uchun sharoit yaratib berish.
Umumiy o'rta ta'lim maktabida matematika fanini o'qitishda ilg'or pedagogik texnologiyalardan va noan’anaviy dars turlaridan foydalanishga katta e’tibor qaratilgan. Darslarda o'qituvchi darslardan tashqari qo'shimcha adabiyotlardan foydalansa, o'quvchi mustaqil fikrlashga, izlanishga, turli xil murakkablikdagi misol-masalalarni yechishga ko'nikma hosil qiladi. Bunda o'qituvchi yil davomida turli xil qo'shimcha adabiyotlar ro'yxatini boyitib borishi kerak. O'quvchilar qiziqishi, qobiliyati, dunyoqarashi va fikrlash darajasi bilan bir-birlaridan farq qiladilar. O'qituvchi ana shu jihatlarini hisobga olgan holda, murakkabligi jixatidan turlicha bo'lgan misol va masalalar tuzib o'quvchining bilimini sinashi kerak. Bola xarakteriga xos bir holat bor. Savolning javobini bila turib javob berishga tortinadi yoki fikrini to'liq bayon qila olmaydi. O'qituvchi shunday muhit yaratish kerakki, o'quvchi javobi noto'g'ri bo'lsa ham o'z fikrini ayta olsin. Dars qaysi usulda o'tilishidan qat’iy nazar o'quvchilarning diqqatini jalb eta olishi, ularning fikrini jamlab, dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishiga zamin yaratilishi lozim.
Aniq fanlarni ba’zi o'quvchilar tez o'zlashtira olmaydilar. Shu bois o'qituvchi o'quvchini fanga qiziqtira olishi va darsga imkon qadar kop'roq o'quvchini qamrab olish uchun turli noan’anaviy usullarni qo'llamog'i lozim. Misol va masalalar yechishda guruhlararo, guruhlarda ishlash usulidan keng ko'lamda foydanilyapti. Bu usul o'quvchilarning faolligini oshiradi, boshqalar fikrini eshita bilish, o'zaro hurmat va erkin fikrlashga imkon beradi.
Guruhlarga quyidagicha ajratish mumkin.
1. 2-3 kishilik guruh
2. 6-7 kishilik guruh
3. Sinflararo
Dars davomida 2-3 kishilik guruh “O'z juftligini toping” o'yini orqali guruhlash mumkin. “Qisqa ko'paytirish formulalari” mavzusini bayon etish jarayonida misollar yechishga o'tishdan oldin ularning bu mavzuda qay darajada egallaganliklarini tekshiriladi. Bunga quyidagi ko'rgazmalar magnit doskada turli tartibda joylashtiriladi.
Qisqa ko'paytirish formulalari
|
a2-b2
|
a2+2ab+ b2
|
a3+b3
|
(a-b)(a+b)
|
a3-b3
|
a3+3a 2b+3ab2+b3
|
(a+b)2
|
(a+b)( a2-ab+ b2)
|
(a-b)3
|
a2-2ab+ b2
|
(a+b)3
|
(a-b)( a2+ab+ b2)
|
(a-b)2
|
a3-3a 2b+3ab2-b3
|
7 tadan 2-guruh o'quvchilari o'z juftlarini topishadilar
M: Bir o'quvchi a2-b2 yozuvini olib (a-b)(a+b) ni olgan o'quvchi yoniga kelib turadi va dars davomida ikkalasi juftlikda ishlaydilar.
Shu tariqa o'quvchilar bilimi tekshiriladi. O'qituvchi aniq va soddaroq misollar beradi. O'qituvchi o'quvchilarni misol yechish tezligini hisobga olgan holda vaqtni chegaralab qo'yadi. Shu vaqt mobaynida o'quvchilar bir-birlari bilan munozara kirishadilar va birgalikda berilgan topshiriqni bajaradi.
8-sinflarga geometriya darsida “Uchburchakning asosiy elementlari ” mavzusini o'tish jarayonida 6-7 kishilik guruhlardan foydalanish mumkin.
1- guruh Bissektrisa
2- guruh Mediana
3- guruh Balandlik deb nomlanadi
Bunda o'qituvchi guruhlarga o'z nomlariga oid ma’lumotlar beriladi va chegaralangan vaqt davomida ular bu ma’lumotlarni qolgan ikki guruh a’zolariga tushuntirib berishlari kerak. Bunda mavzu bayoni, chizmasi va misollar yechishda guruh a’zolarining barchasi ishtirok etadilar. M: bir o'quvchi mavzuni bayon esa, uning fikrini guruhdoshi to'ldiradi. Boshqalari chizmalarni chizadi va misollarda ifodalab beradi. Bu guruhning 2-3 kishilik guruhdan afzalligi bola bir kishi bilan emas, bir necha kishi bilan munozaraga kirishadi va fikrlarni eshitadi.
Sinflararo musobaqalarni parallel sinflarda o'tkazish ma’qulroq. Bunda musobaqa mavzusi o'quvchilarga beriladi. Ular ushbu mavzuga oid barcha ma’lumotlarni o'rganadilar. Har bir sinf o'z guruhlarini tashkil etadi. Musobaqa shartlari asosida guruhlar bilimi baholanadi.
Sinflararo musobaqalarni yil davomida uzluksiz davom ettirish mumkin. Bizning umumiy o'rta ta`lim maktabimizda matematika fani bo'yicha kichik olimpiadalar tashkil etilgan. Kichik olimpiadani o'tkazishdan maqsad o'quvchilarni misol va masalalar yechish malakasini oshirish, qo'shimcha adabiyotlardan foydalanishga o'rganish, umuman fikr doirasini kengaytirish olimpiada har haftada yoki oyda o'tkazish mumkin. Olimpiada topshiriqlari 5-7-sinf, 8-9-sinf o'quvchilari uchun alohida tuziladi. Olimpiada topshiriqlari 5 ta misol va masalalardan iborat bo'lib, 10 ballik sistemada baholanadi. Har oy oxirida g'olib sinf va g'olib o'quvchilar aniqlanadi. Yil yakunida umumiy to'plangan ballar hisoblanib eng faol sinf va eng bilimdon taqdirlanadi.
O'quvchilar faolligini oshirishga bunday musobaqalar juda muhim ahamiyatga ega. G'oliblarni aniqlash va ularni rag'batlantirib borish ularning yanada faolligini oshirib boradi va bilimini boyitadi.
Yurtboshimiz aytganlaridek, yoshlar tarbiyasi, barkamol avlod deganda biz O'zbekistonning buyuk kelajagini nazarda tutamiz. Shunday ekan aziz farzandlarimizga bilim berishda ustozlarimizga kuch-qudrat va sabr-toqat tilayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |