Давлатов Алишер 4-51 грурух



Download 1,37 Mb.
bet17/19
Sana14.07.2022
Hajmi1,37 Mb.
#795769
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Piyozning juda ertapishar “Bahoroy” navining yetishtirish muddatlari

2.8.Piyoz urug’chiligi
Oddiy bosh piyoz 2 yillik sabzavot bo’lgani o’ziga xos xususiyatlari
va tabiy sharoitlarga qarab bir necha yilga cho’ziladi. Piyozning achchiq va yarim achchiq navlari ekiladigan bir muncha shimoliy mamlakatlarda bu ekin urug’chili 3 yilni oladi. Bu yerlarda birinchi yili urug’lardan mayda (diametri 2 sm cha bo’ladigan) piyoz urug’lik, ikkinchi yili undan olinadi. Ba’zi joylarda ekiladigan urug’lik ikki yil davomida yetishtiriladi va urug’chilik ishi 4 yilni oladi. Janubiy mintaqalar, jumladan, O’zbekistonda urug’chilik ishlari ikki yil davomida olib boriladi. Birinchi yil urug’lardan yer qadaladigan, ya’ni urug’chilik piyozlar yetishtiriladida, urug’ olish uchun ikkinchi yili shular ekiladi.
Mamlakatimizda birinchi yili urug’chilik piyoz yetishtirish texnalogiyasi ozuqabop piyoz yetishtirish texnalogiyasidan farq qilmaydi. Lekin barcha agronomiya usul amallari ancha sinchiklab va eng ma’qul muddatlarda bajariladi. Piyoz urug’chiligining vazifalaridan biri piyozning saqlashga yaroqliligini yaxshilashdan iborat ekanligini hisobga olib, urug’lik piyoz olishda ekin erta baxor va kuzgi muddatlarda ekiladi. Avgustda ekilgan piyoz yaxshi saqlanmaydi, shuning uchun bunday piyoz faqat ovqatga ishlatiladi va undan urug’likka piyoz olinmaydi. Vegetatsiya davrida nav tozalash ishlari o’tkazib, piyozning rangi va shakli jixatdan navga xos bo’lmagan aralashmalar, shuningdek kasal tekkan o’simliklar olib tashlanadi. Yig’im – terim oldidan aprobatsiya o’tkazilib, ekindagi aralashmalar aprobator tavsiyasiga ko’ra olib tashlanadi.
Onalik piyozni yig’ishtirib olish uchun KTN- 2 B, KSP-1,4 markadagi elevatorli kovlash mashinalaridan foydalaniladi yoki hosil qo’lda kavlab olinadi. Bunday mashinalar bo’lmaganida piyozni lavlagi, kartoshka kovlab oladigan, g’o’zapoya yig’ishtirishradigan va boshqa mashinalar bilan kavlab olsa bo’ladi. Yig’ib olingan piyoz 10-12 kun davomida xirmanda quritiladi, shundan keyin palagi kesib toshlanadida, piyozni PSL-6, OVL-6 va SLS-7 markali lashinalarda saralanadi.
Piyoz hosilni yig’ib-terib olish va terimdan keyin mehanizatsiyalashda LKG-1,4 markadagi g’alvirli piyoz kavlagich va piyoz bilan sholg’omga mexanizmlar yordamida qo’shimcha ishlov beradigan PML -3 markali liniyadan iborat mashinalar majmuasidan foydalaniladi. LKG- 1,4 markali piyoz kavlagich mashina o’simliklarni kavlab olib, g’alvirga ko’taradida, tuproqdan tozalaydi va piyozlari obdon yetilib, qurib olishi uchun dalaning o’zida ularni to’p-to’p qilib yoyib ketadi. Bir necha kundan piyozni palagi bilan birga yig’ib olib, transportga ortiladi. Piyoz bilan yordamida qo’shimcha ishlov beradigan PML markali liniyada piyoz tozalanib saralanadi va tavar konditsiyasiga yetkaziladi.
Urug’likka piyozlar bahor yoki kuzda ekilgan ekin hosilinidan ajratib olinadi. Bularni sentyabrni oxirlarida yoki qishda saqlanib qo’yilganidan keyin erta bahorda dalaga ekiladi. Ko’paytirish uchun shakli jixatdan maskur navga tipik bo’lgan, po’sti quruq, o’rtachadan katta va yirik (diametri 7-10 sm keladigan ) xamda yaxshi yetilgan piyozlar ajratib olinadi.
Ajratib olingan piyozlar 10-15 kun davomida havoda yaxshi ishlov berib yaxshlab quritiladi. Urug’lik piyoz hosilining xarorati 2-60 va namligi 75-80 % bo’lgan maxsus binolarda 30-50sm qalinlikda qalin qilib tokchalarga saqlanadi. Dalaga ekishga 3-4 xafta qolganda bino havosining xarorati 18-200 S gacha ko’tariladi, bu narsa gul bantlarining 7-10 kun ilgarilayoq shakllanib, urug’laring yetilishi tezlashishga yordam beradi. Ombor yaxshi shomollatib turiladigan bo’lsa, urug’lik piyozni qalinligi 2m gacha boradigan qatlam holida saqlash mumkin.
Bahorda urug’lik piyoz saralanib, kasal tekkan, o’sib qolganlari brakka chiqariladi va bu holda akt tuziladi. Piyozlar mumkin qadar bar vaqt ekiladi. Urug’lik piyozni ekishga mo’ljallangan maydon hosildor va begona o’tlardan toza bo’lishi kerak. Urug’lik piyoz ekiladigan uchastkaga go’ng yoki gektariga 3-5 s dan superfosfor va 2-3 s dan kaliyli o’g’itlar solinadi. Bahorgi boronalashda yerga gektariga 1,1,5 s dan amiakli selitra beriladi.
Urug’lik piyoz bahorgi ekiladigan bo’lsa, po’stlarining uchlarigacha bo’yinchasidan kesiladi. Piyoz kuzda ekilganida kuzgi sovuqlar tushgunicha unib chiqib, ildiz oladi, bahorda barvaqt o’sishga boshlaydi va urug’lari bahorda ekilgan piyozdagidan ko’ra 15-20 kun ilgari yetiladi. Piyoz bahorda ekilganida urug’larinig hosildorligi yuqori bo’ladi. Lekin bunda piyoz boshlarini saqlashga yaroqliligi xususida tanlashdan o’tkazish imkoni bo’lmaydi. SHu sababdan elita urug’ yetishtirishda piyoz bahorda ekiladi.
N.N.Balashev ma’lumotlariga qaraganda, piyozni kuzda ekish fevralning oxirida ekishga qaraganda 1,5 barobar, mart oxirlarida ekishga qaraganda esa, uch barobar ko’proq urug’ olishga imkon beradi. Piyoz mart oxirlarida ekilganiga qaraganda ikki barovardan ziyodroq kamayib ketadi.
Urug’lik piyoz ekilganida fazoviy izolyatsiya ochiq yerlarda kamida 2000 m, yopiq yerlarda esa kamida 600 m bo’lishi kerak. Piyozlar qator oralarini 7 sm va qatordagi masofani 15-20 sm dan qilib ekiladi. Bir gektar yerga 4-8 t piyoz qadaladi. Kichikroq uchastkalarga piyoz traktor kul’vatori bilan ochilgan sayoz egatlarga ekiladi. Piyoz boshlari uchuni pastga qilib yerga qadaladi-da, kuzda ustiga 15-16 sm va bahorgi 4-5 sm qalinlikda tuproq tortib qo’yiladi. Katta uchastkalarga piyoz tegishlicha moslashtirilgan ekish mashinalari yordamida ekiladi. Urug’lik piyoz parvarishi uni 5-7 marta sug’orish, 3 marta kul’tivatsiya qilish, mexanzmlar yordamida ikki marta ozuqa berish ishlarini o’z ichiga oladi. Birinchi chopiq urug’ beradigan poyalarining bo’yi 30 sm ga yetib qolgan mahalda o’tkaziladi. Ekish barg yozganidan keyin ko’p o’tmay turib va poyalari hosil bo’lib kelayotgan davrda gektariga 1-1,5 s dan ammiakli selitra hamda gektariga 1,5-2ts dan superfosfot yoki gektariga 0,7- 0,8 s dan ammofos beriladi.
Piyoz urug’lari iyun oyining oxirlari va iyul oyining boshlarida, oldinma keyin yetilib boriladi. Hosilni yig’ish bitta yarimta ko’saklar yorilishiga kelgan mahalda boshlanadi. yetilgan piyoz urug’lari oson to’kiladi, shuning uchun o’simlik soyabonlari tagiga og’zi ochiq qopni tutib turib, pochsining 20-30 sm uzunlikdagi uchki qismi bilan birga kesib olinadi. Kesib olingan urug’lik brezentlar ustiga yupqa yoyib qo’yib, eziladi-da, bostirma tagida quritib olinadi yoki kichik-kichik bog’ qilib bog’lab qo’yiladi. Ular bo’rsib qolmasligi uchun dastlabki uchunchi- to’rtinchi kunlarda kuniga 2-3 martadan panshaxa bilan aralashtirib turiladi. 15-20 kundan keyin urug’lik yanchiladi.Urug’ni oftobga quritish bostirma tagida quritishga qaraganda hosildorligini pasaytirib qo’yadi. Urug’lik odatda urug’yanchgich yoki kombaynda uni ikki marta o’tkazish yo’li bilan yanchib olinadi yoki ezg’ilab urug’i ajratiladi. Urug’lar OVA-1,”Petkus-Gigant “ K- 53 /1, “Ptkus-Salitra” K-218 mashinalarida va pnevmatik saralash stollari hamda kalonkalarida tozalab, saralanadi. Urug’ hosili o’rtacha olganda gektariga 0,3-0,8 t ga boradi. Mamlakatimizda piyozni qayta ekmasdan turib, urug’ yetishtirish usuli tobora keng rasm bo’lib bormoqda. Bunda kuzda, qishga yaqin va erta bahorda ekilgan piyoz sal siyraklashtiriladi (zarur bo’lganida esa, xotosiga xam ekiladi) va sovuq olishidan saqlash uchun yer biroz yumshatilib, piyoz ko’mib qo’yiladi.Kelasi yil baxorda piyoz usti ochiladi va urug’lik ekin odatdagicha parvarish qilib boriladi. Bu xolad urug’lik piyozni kovlab olish, saqlab qo’yish va keyin yana ekishga xarajat qilishga o’rin qolmaydi. Urug’lik ona shu usulda yetishtirilganida mehnat sarfi kamayadi, urug’ tannarxi 2-3 barobar pasayadi. Xar bir tup o’simlikdan olinadigan hosil karoq bo’lishiga qaramay, maydan birligidan olinadigan urug’ hosili ekin qalinligina ancha oshirish hisobiga (xar gektarda 280-320 ming dona urug’lik piyoz bo’ladi) sezilarli darajada ortadi.
Bu usulning bir qancha kamchiliklari xam bor, shularning asosiylari ekinning peronosporoz bilan ko’proq kasallanishidir. Birinchi yil o’simliklarida kasallik qo’zg’atuvchilari ko’payib oladida, bahorda kasallikning juda avj olib ketishiga sabab bo’ladi, chunki o’simlik qalin bo’lib turgan maxalda eski barglarni butunlay yuqumsizlantirib bo’lmaydi. Piyoz qayta ekmasdan turib yetishtirilganida urug’larning nav tozaligi 1-2 reproduksiyaga qadar birinchi nav toifasi darajasida saqlanib turadi.
Uchinchi reproduksiyada urug’lar ikkinchi nav toifasiga o’tib qoladi. Piyozni qayta ekmasdan turib urug’ yetishtirishda piyozni saqlashga yaroqligiga qarab tanlash o’tkazilmaydi. Bu xol ushbu usulni faqat bir marta qo’llanish mumkinligidan dalolat beradi. Reproduksiyalanayotgan nav sifatlari yaxshi bo’lsa, ana shundagina ikkinchi reproduksiyadan istisno tariqasidagina foydalanish mumkin. Mamlakatimiz sharoitlarida yana boshqacha bir usul bilan piyoz urug’larini olish mumkin. Bunda ekish iyul o’rtalarida o’tkaziladi. Kelasi yil bahorda o’simliklarning 92-93 % gulpoya chiqaradi, yozda esa ulardan gektariga 5-6 s gacha urug’ olinadi. Urug’larning ekinboplik sifatlari yomonlashmaydi, urug’ yetishtirishga qilinadigan sarf xarajatlar esa,keskin kamayadi. Bu usulning asosiy kamchiligi –nav tozalash ishlarini o’tkazib bo’lmaydi. (X.CH.Bo’riyev 1999 y)
O’zbekistonda gulpoya piyozchalaridan urug’ yetishtirish usuli amaliyotga rasm bo’lib bormoqda. O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun sharoitlar qulay kelganida piyoz gulbandining asosida o’roqsimon shaklda bo’ladigan yangi piyozchalar hosil bo’ladi. Bu- bitta piyozning o’zidan qayta- qayta urug’ olishga imkon beradi. Ushbu usulni 60 yillarda F.SH.Rajabov ishlab chiqqan.
Urug’i yig’ib olingandan keyin piyoz dalaning o’zida qolaveradi, qator oralari yumshatiladi. Yuqorida bayon etilganlarni hisobga olib piyoz urug’chiligini tashkil etilsa yuqori sifatli urug’ olish imkoni yaratiladi.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish