Piyozning qorakuya kasalligi ko’pincha boshpiyozlarda kamdan-kam sarimsoqda uchraydi. Zamburug’lari sepma piyoz urug’i unib chiqqanda keyin ikki kunligidan 15 kunligicha bo’lgan maysalarni zararlaydi. Kasallik 5 kunlarcha bilinmaydi, zamburug’ sporalari yoki barg to’qimalari ichiga kirib qo’ng’ir jigarrang tasma hosil bo’ladi.
Keyinchalik bu tasmalar shishga aylanadi. SHishlar qo’ng’ir jigarrang zamburug’lar sporalari bilan to’lib yorilganida sog’lom piyozboshlari zararlanadi. Qorakuya sporali tuproqda bir necha yil (6-8) saqlanib kasallik tarqatish manbai hisoblanadi.
Kurashish choralari:
Urug’ erta muddatda sepilishi kerak.
Urug’ni undirib ekish lozim.
Ko’kat qilib ekib o’stirish kerak.
Piyozni eski ekilgan joyiga kamida 5 yildan takror ekilishi lozim.
O’suv davrida kasallangan ekinlar hosil yig’ish vaqtida zararlangan piyozboshlari yo’qotiladi. Piyoz ekilgan maydonlarga 10% li xlorli oxak eritmasi sepiladi.
Tuproq 40 % formalin bilan zararsizlantiriladi. Buning uchun xar 100 m 2 ga 900 mm formalin safrlanadi (1:140). yerga quruq oltingugurt bilan oxak aralashmasini ham solish mumkin. Bunda gektariga 112 kg oltingugurt 56 kg oxak safrlanadi.
Urug’lik uchun piyozboshlari zararlanmagan uchastkalardan olinishi lozim.
O’simlik qoldiqlarini yig’ishtirib olishdan iborat.
Kulrang bo’g’iz chirish kasalligi bilan piyoz sarimroq zararlanadi. Kulrang chirish omborlarda rivojlanadigan zamburug’li kasallik. Zararlangan piyoz boshlari bo’g’izida kulrang mog’or g’ubori zamburug’ va sporalar hosil bo’ladi.
Piyoz boshlari bo’g’izi namlab to’lib ketadi. Keyinchalik zamburug’donlar to’lishib qora mayda skleratsiya tashkil qiladi. Bo’g’iz chirish kasalligi bilan ekinlar dalada hosili yetilguncha zararlanadi. Urug’donlar zaralanganida urug’lar rivojlanmay qoladi. Zamburug’lar tuproqda urug’lik piyoz boshlari va urug’larda qishlamaydi. Kasallikning asosiy manbai urug’liklar hisoblanadi.
Kasallikning tarqalishida tuproq va piyoz urug’ining roli uncha katta emas.
Kurashish choralari:
1)Ekin ekish hosilni yig’ishtirib olish o’z vaqtida o’tkazishdan iborat.
2)Sog’lom ekinlardan urug’ olish urug’ni o’simlik qoldiqlaridan yaxshilab tozalash, hamda gronozon yoki TMTD sarflanadi.
3) Piyoz saqlashdan oldin 30-35 0S temperaturada 8-10 kun, 25 0S temperaturada 10-15 kun quritiladi. Piyoz 0-2 0S temperaturada va 75 % li h0avo namligida saqlanishi kerak.
4) CHirigan piyozlar saralanishi kerak.
5) Piyoz ekinlariga ko’proq fosfor o’g’iti berilishi kerak.