2.7. Etishtirilgan hosilni yig’ib terib olish
Sabzavotlarni yetishtirishda eng ma’suliyatli ishlardan biri hosilni sifatini tushirmasdan, hamda nes - nobud qilmasdan yig’ib terib olish.
Etishtirilgan hosilni o’z vaqtida yig’ib olish katta ahamiyat kasb etadi. Sabzavot mahsuloti qanchalik sifatli yig’ib olinsa, ularni tovarlik xaridorligi va saqlanuvchanligi oshib boradi. Terib olish muddati va usuli sabzavotni biologik xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Piyoz mahsulotlarini biologik xususiyatini ularni qisqa muddatda terib olishni talab etadi. Ularni o’z vaqtida yig’ib terishni tashkil qilish uchun xo’jalikda bir qator tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishni rejalash kerak, mahsulot qanchalik sifatli yig’ib olinsa shunchalik ularni tashish, birlamchi ishlov berish saqlash oson kechadi.
Hosilni yig’ishtirib olish. Piyoz bargining avval yumshatib olish so’ngra yotib qolishi, hamda poyasining qurishi piyozboshining yetilganidan darak beradi. Poyasi yotib qolganda yig’ishtirib olish ham yaxshiroq saqlanadi. SHuning uchun piyoz hosilini yig’ishtirib olishni kechiktirmaslik kerak. Hosilni K T N-25, KST-14 elevator qazigichlar yordamida va qo’lga yig’ishtirib olinadi. Yig’ib olingan piyoz 10-12 kun g’aram qilib quritaladi, shundan so’ng poyasi kesilib saralanadi. Piyozni yig’ishtirib olish va unga ishlov berishda A K G -1,4 piyoz kavlagich va piyoz boshini mexanizatsiya asosida ishlovdan o’tkazuvchi PML 6 linichsidan iborat mashinalar kompleksidan foydalaniladi.
LKG-1,4 piyoz kavlagich piyozni yerdan kovlab olib, uni o’sha yerning o’ziga yotqazib ketadi.
Bir necha kundan keyin shu izidan ikkinchi marta o’tib piyozni poyasi bilan yig’ishtirib transportga yuklaydi. (V.Zuyev, A.Abdullayev 1997 y. N.N.Balashov, G.O.Zeman 1977 y). Bahorda va kech kuzda ekilgan piyozlar sentyabrda – oktyabr boshlarida, avgustda ekilganlari esa iyul-avgust boshlarida yig’ib terib olinadi. Piyoz pishganda piyozbosh yumshab, keyin bo’yni quriydi, barglari so’lib yerga yotib qoladi. Piyoz barglari to’la quruguncha kutib turish yaramaydi, chunki kechikib yig’ishtirib olingan piyoz yaxshi saqlanmaydi. Qazib olingan piyozlar bir necha kun xirmonga yoki dalaga yupqa yoyilib quyoshda quritiladi. Quritish vaqtida piyozlar bir oz namni yo’qotadi, 3-4 quruq po’stlarga ya’ni, ularni kelgusida qurib qolishidan saqlaydigan qattiq po’stlarga o’raladi. (Bo’riyev X., Zuyev V., Qodirxo’jayev O., Muxamedov M., 2002).
Qurigan piyoz barglari kesiladi va piyoz mayda yirikligiga yetilish darajasiga qarab sortlarga ajratiladi.
Barglarni piyozbosh uchidan 3-4 sm qoldirib kesish kerak. Agar barralar pastdan kesilsa, piyozboshning ichiga turli bakteriya kiradi, ko’pi chiqitga chiqib ketadi. (Oripov R., Sulaymonov I., Umirzoqov Z., 1991 y)
Piyozboshlar uch gruppaga ajratib saralanadi:
1. Tovar mahsuloti uchun (yirik va o’rtachalari) ajratiladi, ular yaxshi yetiladi va qishda saqlashga yaroqli bo’ladi;
2. Bu ham tovar mahsulot uchun ajratiladi, lekin bular to’la yetilmagan (bo’yin yo’g’on) shuningdek shikastlangan, keyinchalik saqlashga yaroqsiz piyozboshlari bo’ladi;
3. Mayda (no’sh) piyozlar bular tovar mahsulot bo’lmaydi, kelgusi yili qayta ekilib, ulardan ko’k piyozbosh yetishtiriladi.
Piyozning uzoq saqlanishi ko’p jixatdan, uning yetilishi darajasiga bog’liq. yetila boshlaguncha kovlab olingan piyoz yaxshi saqlanmaydi, pishib o’tib ketgani ham uzoq turmaydi, zamburug’ kasalliklariga kam bardosh beradi. SHuni hisobga olib piyoz barglari sarg’ayib piyozbosh bo’g’izi quriy boshlaganida piyozning ko’ki (barralari 40-50%) yotib qolgan paytda kovlashga kirishish lozim. Qazib olinib ko’k barralardan tozalanadi, piyoz tekis joyga 34-40 sm qalinlikda yoyib qo’yiladi.
Piyozboshning holati ob-havo sharoitlariga qarab, uni quritish muddati o’zgarish quritish ishi o’rta g’isobda bir – ikki haftada tamomlanishi mumkin. Piyoz uyumi har 2-3 kunda ag’darib turiladi. SHu bilan birga piyozboshlarning zaxlamaslikka harakat qilinadi. Piyozni uzoq turmasligiga, ko’pincha uni yaxshilab quritmay omborga topshirish sabab bo’ladi. Bunday hol aksariyat yomg’ir ko’p yog’ayotgan paytlarda va salqin kuz kezlarida ro’y beradi. yetilmay qolgani, kelsilgani va ezilgani ajratib darhol sotib yuboriladi. Sog’lomlari yaxshi quritilib standartga mos keladiganlari dalaning o’zidayoq 12 kg li yashik yoki setka qoplarga joylanadi va omborga tashib keltiriladi.
Bu vaqtda piyoz saqlanadigan omborlar remontdan chiqarilishi quritilishi va dizenfeksiya qilinishi lozim. (A.Martinenko, A.Rasulov 1969 y).
Xullas, hosilni piyoz pishib yetilishiga qarab o’z vaqtida yig’ib olish va saqlashga tayyorlash qancha yaxshi o’tkazilsa, shunchalik mahsulot saqlash jarayoni va muvoffaqiyali kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |