Elektron hukumat tizimida elektron hujjatlar almashinuvini takomillashtirish omillari
So‘ngi yillarda O‘zbekistonda, shu jumladan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tizimida axborot texnologiyalari bozorining o‘sish sur’atlari salmoqli kechmoqda. Davlat idoralari ish yuritish ularning asosiy ishlab chiqarish jarayoni bo‘lgani tufayli O‘zbekistonda axborot texnologiyalarini asosiy iste’molchilari bo‘lib hisoblanadi. Davlat organlarida elektron xujjat almashinuvini joriy etilishi esa AKTni davlat boshqaruviga joriy qilishning asosiy bosqichi hisoblanadi.
Murakkab boshqaruvli davlat idoralari uchun katta hududiy ajralganlik (mintaqaviy tuzilma), ko‘p bosqichlardan iborat boshqarish ierarxiyasi, axborot kommunikatsiyalar bilan etarlicha jihozlanmaganlik, mavjud axborot texnologiyalarini past darajada standartlashtirilganligi xosdir.
Elektron axborot almashuv tizimi davlat idoralari bilan bir qatorda yirik hususiy kompaniyalarda ham faol joriy qilinmoqda. Bu kompaniyalar foydalanuvchilarning barcha darajalarini va hududiy bo‘linmalarni qamrab oluvchi yagona elektron hujjat aylanishi tizimini yaratishga o‘tmoqda.
Intensiv rivojlanish bosqichida axborot texnologiyalarini o‘z ichiga quyidagilarni olgan imkoniyatlarning kengaytirilgan spektrini ifodalash mumkin:
- harakatdagi barcha xat-xabarlarning qayd etilishini va zarur hujjatni tez izlab topishni ta’minlash;
- hujjatlar ijrosini to‘liq avtomatik nazorat qilish va qabul qilingan qarorlarni ijro etilishini tizimli tahlil qilish hisobiga samarali boshqaruvni ta’minlash;
- xalqaro meyoriy mezonlarga mos bo‘lgan sifatni nazorat qilish tizimini qo‘llab-quvvatlash;
- har bir xodimning ish faoliyatini rasmiylashtirish va tarixidan olingan ma’lumotlarni saqlash imkoniyati hisobiga xodimlar moslashishini ta’minlash;
- korxonada qog‘oz hujjatlar aylanishini yo‘qotish yoki maksimal imkon darajasida elektron aylanish hisobiga qisqartirish;
- tezkor elektron arxiv mavjudligi hisobiga qog‘oz hujjatlarni saqlashning zarurligini istisno etish yoki ancha soddalashtirish va arzonlashtirish.
O‘zbekistonda elektron hujjat aylanishini va ular kombinatsiyalarini quyidagi toifalari qo‘llaniladi:
a) axborotni saqlash va izlashning rivojlangan vositalariga ega tizimlar – elektron arxivlar;
b) hukumat boshqaruvi ob’ektlari tomonidan boshqarishni qo‘llab-quvvatlashga va ma’lumotlarni to‘plashga mo‘ljallangan tizimlar. Ushbu tizimlarda tayanch tushuncha sifatida hujjatning o‘zi hamda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriq ham bo‘lishi mumkin. Tashkilotni boshqarish uchun «qat’iy» hamda «erkin» marshrutlash kerak bo‘lib, bunda hujjatni harakat marshrutini rahbar tayinlaydi (kiruvchi hujjatni «yozib beradi»), shuning uchun ikkala texnologiya bunday tizimlarda u yoki bu ko‘rinishda ishtirok etishi mumkin;
s) birgalikda ishlashni qo‘llab-quvvatlashga (collaboration) mo‘ljallangan tizimlar tashkilotda birgalikda ishlashini ta’minlash va ish natijalarini, hamda hujjatlarni saqlash va nashr etish, axborotni izlash, muhokama qilish servislarini taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi bozorida axborot texnologiyalari vazifalarini, ularni modifikatsiyalarini amalga oshiruvchi turli ishlab chiqaruvchilarni quyidagi echimlari taqdim etilgan: E-hujjat (InSoftServis, O‘zbekiston), Germes (BAIK Technologies O‘zbekiston), DocFlow (Program Solution O‘zbekiston), Evfrat (Cognitive Technologies Rossiya), Delo (EOS Rossiya), Fido-docflow (Fido Biznes O‘zbekiston), SharePoint server 2007 (MOSS) (Microsoft AQSH), Lotus Notes (IBM AQSH) va boshq.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasining quyidagi davlat organlarida elektron xujjat aylanishi tizimi joriy etilmoqda va qo‘llanilmoqda: Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. SHuningdek bu tizim «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, «Transgaz» AK, «O‘zmetkombinat» OAJ, «Navoiazot» OAJ, «UzBAT» QK, «O‘zbekneftegaz» AK, SHo‘rtan gaz-kimyo majmuasida, bir qator banklar va tijorat tashkilotlarida ham qo‘llanilmoqda.
Elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2004 yilning 29 aprelida «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
Ushbu Qonun talablariga muvofiq elektron hujjatning asosiy rekviziti sifatida elektron raqamli imzoning qo‘llanilishini ta’minlash masalasida, Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi 215-son qaroriga muvofiq ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlarini ro‘yxatga olish organi tuzilgan. SHuningdek «UNICON.UZ» - Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining YAngi texnologiyalar ilmiy-axborot markazida, «Multisoft Solutions» MCHJda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida, «Navoiyazot» OAJda, «O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot hisoblash markazi» DUKda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti, «Aloqabank» OATBda ERI kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari yaratilgan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Davlat va joylardagi hukumat boshqaruv organlarida AKTni keng joriy etish dasturi asosida bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va elektron xujjat aylanishni shakllantirish va Internet tarmog‘ida axborot resurslarini doimo yangilab borish masalasi qo‘yilgan. Ushbu talablarga javob beradigan bir qancha veb saytlar yaratilib, bugungi kunda aholi uchun xizmat ko‘rsatmoqda. Ular jumlasiga: O‘zbekiston Respublikasi davlat portali (www.gov.uz, www.nev.gov.uz), O‘zbekiston Respublikasi Prezident matbuot xizmati (www.press-service.uz). Bu saytlarda mamlakat Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan barcha xujjatlar tezkor chop etiladi. SHuningdek O‘zbekiston axborotlashtirish va aloqa agentligining (www.aci.uz), moliya Vazirligining www.mf.uz), Tashqi ishlar Vazirligining (www.mfa.uz) sayt va portallari ishlab turibdi.
Davlat boshqaruvi obektlari veb-saytlarida axborot ta’minoti darajasi.
Elektron hujjat aylanishining rivojlanishi va amalga oshirilishini meyoriy-huquqiy tartibga solish maqsadida O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlangan O‘z T 51-169, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan tasdiqlangan K 024 va Q 051 mayoriy hujjatlari ishlab chiqildi.
Nazorat savollari:
Davlatni elektron usulda boshqarish qanday imkoniyatlar beradi.
Bugungi kundagi qanday ABT(Avtomatlashtirilgan Boshqaruv Tizim)lari yaratilgan.
«Elektron Belarus» davlat dasturi qanday dastur.
Elektron hukumat tizimida elektron hujjatlar almashinuvini takomillashtirish omillarini sanab bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |