DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 31 -
Y
Yaman - bu nomning kelib chiqishi xususida bahs-munozaralar mavjud. Ba'zi
manbalarda keltirilishicha, arabcha yamin (
ي
ى
یم
)
-
"
o'ng" so'zidan olingan. Bunda
Yamanning Makkaga nisbatan joylashish nuqtayi nazaridan kelib chiqilgan.
Ba'zilarning taxminicha, "baxt", "rohat-farohat" (bu juft so'zning asl shakli shunday
boladi, "rohat-farog‘at" emas. Farog‘at so‘zi arab tilida "bo‘shliq" degan ma'noni
beradi) ma'nolarini beruvchi "yumn" (
ي
نم ) so‘zidan olingan. Strabon, Pliniy va boshqa
yunon-rim mualliflari Yamanni "Arabia felix" (baxtli, unumdor Arabiston), yarim
orolning cho'l hududlarini "Arabia deserta" deb ataganlarini hisobga oladigan bo’lsak,
ikkinchi taxmin haqiqatga yaqinroqdek ko’rinadi.
Yamayka - Mahalliy Yamaye xalqi (shuningdek, Taino nomi bilan ham tanilgan)
o'z orolini "Xaymaka" deb atagan. Bu so'z aravakan tilida "yog'och va suv o'lkasi" yoki
"buloqlar mamlakati" degan ma'noni anglatadi.
Izoh: Taino xalqi Kuba, Dominikan Respublikasi, Gaiti, Yamayka, Puerto-Riko,
Bagama orollarida tarqalgan xalq.
Yangi Zelandiya - hozirgi Yangi Zelandiya qirg'oqlariga tashrif buyurgan birinchi
yevropalik dengizchi, niderlandiyalik Abel Tasman (Avstraliya janubidagi Tasmaniya
oroli uning sharafiga nomlangan), uni "Staten Landt" deb atadi, chunki u Yangi
Zelandiya janubdan Janubiy Amerikaning janubida joylashgan Olovli Yer arxipelagida
joylashgan shu nomdagi orol bilan ulanib ketgan deb o'ylagan. Niderlandiyalik
kartograflar tomonidan bu nom 1645-yilda Niderlandiya provinsiyalaridan biri -
Zelandiya (nider. Zeeland) sharafiga lotin tiliga Nova Zeelandia, niderland tiliga
Nieuw Zeeland deb o'zgartirilgan. Keyinchalik, britaniyalik tadqiqotchi Jeyms Kuk o'z
qo'lyozmalarida bu nomining inglizcha versiyasidan (New Zealand) foydalangan va
aynan shu nom mamlakat rasmiy nomiga aylangan.
Yaponiya - yaponlar o'z mamlakatlarini "Nippon" yoki "Nixon" deb atashadi.
Birinchisi ko'pincha rasmiy holatlarda ishlatiladi, masalan, ienada, pochta
markalarida va ko'plab sport tadbirlarining nomlarida. "Nixon" nomi odatda kundalik
hayotda ishlatiladi. "Nixon" nomi so'zma-so'z "quyosh chiqadigan joy" degan ma'noni
anglatadi va bu nom ko'pincha "kunchiqar mamlakat" deb tarjima qilinadi. Yapon
imperatorining Xitoydagi Suy sulolasi bilan olib borgan yozishmalarida xitoyliklar
Yaponiyani shunday atashgan, chunki Yaponiya Xitoyning sharqida joylashgan.
Yaponiya so'zi, ehtimol Nixon so'zining eski xitoycha talaffuzidan kelib chiqqan
bo'lishi mumkin. Marko Polo Yaponiyani "Sipangu" nomi bilan qayd etgan.
Yaponiyani anglatuvchi qadimgi malaycha so'z - Japun yoki Japang xitoy tilining
mamlakat janubidagi lahjasidan olingan va XVI asrda Janubi-Sharqiy Osiyoda portugal
savdogarlari tomonidan bu nom o'zlashtirilgan. Ushbu dastlabki portugal
savdogarlari keyinchalik bu so'zni Yevropaga olib borgan va tarqatgan. Ushbu
nimning ingliz tilida birinchi marta 1577-yilda, portugaliyalik dengizchi Jezuit Luis
Do'stlaringiz bilan baham: |