DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 25 -
Portugaliya - lotincha 'Portus' - "port" so’zi va keyinchalik Kale nomi bilan
atalgan Rimning Gaya porti nomining qo’shilishidan hosil bo’lgan. Qabul qilingan
nom Portu-Kale hozirgi Portu shahrining o’sha paytdagi nomi bo’lgan. Vaqt o'tishi
bilan bu nom hozirgi ko'rinishga kelgan.
Q
Qatar - bu toponim etimologiyasi haqida tayinli ma'lumot yo'q. Y. M.
Pospelovnong fikriga ko'ra Qatar davlati va yarimoroli nomi qadimda bu hududda
yashagan Qadar qabilasi nomidan olingan. Etymonline.com sayti ma'lumotiga ko'ra
arabchada neftga nisbatan ishlatiladigan "qatron" so'zidan olingan bo'lishi mumkin.
Quvayt - davlat nomi shu nomdagi poytaxti (arabcha - )تيوكلا nomidan olingan.
Bu nom arabchada "qal'a" ma'nosini anglatuvchi 'kut' - " "توك so'zining kichraytirma
shakli, ya'ni, "qal'acha". توك deb Iroqning janubi va sharqiy Arabiston tomonlarda
atrofi o'rab olingan va aylanma suv bilan himoyalangan qal'aga o'xshash uyni
atashgan.
Qirg’iziston - "Qirgiz" turkiy tildan "qirq" degan asosga ega. Bu etnonim
miloddan avvalgi IX asr boshlarida O'rta Osiyoning ko'p qismida, Mo'g'ulistonda,
shuningdek, Rossiya va Xitoyning bir qismida hukmronlik qilgan uyg'urlarga qarshi
qirg'izlarning afsonaviy qahramoni Manas birlashtirgan qirqta qabiladan kelib
chiqqan. 'Qirg'iz' so'zi qirg'izchadan "biz qirqmiz" deganidir. Qirg'iziston bayrog'idagi
40 ta quyosh nurlari o'sha qirq qabilalarga ishora qiladi. Boshqa bir taxminlarga ko'ra,
"qirg'iz" so'zi "qir o'g'uzi" so'zidan olingan. 1924-yil Oʻrta Osiyoda milliy davlat
chegaralanishi oʻtkazilishi natijasida shu yili 14-oktabrda RSFSR tarkibida Qora-qirgʻiz
muxtor viloyati tashkil etildi. 1925-yil 25-mayda Qoraqirgʻiz muxtor viloyati Qirgʻiz
muxtor viloyatiga, 1926-yil 1-fevraldan Qirgʻiziston ASSR ga, 1936-yil 5-dekabrdan
SSSR tarkibidagi ittifoqdosh respublikaga, ya'ni, Qirg'iziston SSR ga aylantirildi. 1990-
yil dekabrdan Qirg'iziston Respublikasi deb ataldi. 1991-yil 31-avgustda (biz bilan bir
kunda) respublika Oliy Kengashi Qirg'izistonni mustaqil, suveren, demokratik davlat
deb eʼlon qildi. 1993-yil 5-maydan mamlakat rasmiy ravishda Qirgʻiz Respublikasi deb
nomlandi. Konvensiyalarni nomlash nuqtai nazaridan, mamlakatning rasmiy nomi
xalqaro maydonlarda va tashqi aloqalarda ishlatilganda "Qirg'iz Respublikasi" deb
nomlanadi. Biroq, ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda, ko'pincha, Qirg'iziston
nomi ishlatiladi (jumladan, bizda ham). Ba'zida ruslar tomonidan mamlakatning SSSR
paytidagi Kirgiziya nomi ham ishlatiladi.
Muallif qo'shimchasi: 1924-yilgi O'rta Osiyo xaritalarga qaralsa, hozirgi
Qozog'iston hududlari 'Qirg'iziston', hozirgi Qirg'iziston hududlari esa 'Qora-qirg'izlar'
deb nomlangan. Qozoqlar etnonimining Rossiya hududida yashovchi kazaklar nomi
bilan o'xshashligi ular yashaydigan hudud nomining boshqa xalq nomi bilan atab
yuboraverilishiga sabab bo'lgan. Ruslarning mustamlakalarga nisbatan munosabati
qanday bo'lganligini shu voqeadan ham bilib olsa bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |