DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 19 -
mamlakat ichkarisida mashhur emas. 2010-yilda mamlakat nomi "Myanma Ittifoqi"
dan "Myanma Ittifoqi Respublikasi "ga o'zgartirildi, shuningdek, davlat bayrog'i va
gerbi ham o'zgardi.
Malavi - Mamlakat Buyuk Britaniya prorektorati ostida 1907-yilgacha Britaniya
Markaziy Afrikasi, 1964-yilgacha Nyasalend deb nomlangan (Nyasa - mamlakat
hududidagi ko'l nomi). 1964-yilgi mustaqillikdan so'ng mamlakat Malavi nomini oldi.
"Malavi" nomi bir tomondan Nyasa ko'lining boshqacha nomi. Bu nom chicheva
tilidan "alanga" ma'nosini beradi. Quyosh chiqishi paytida ko'l suvining olovrang
tovlanishidan shunday nomlangan.
Malayziya - Malaylar yurti. Melayu nomi sanskrit tilidan Malaiur yoki
Malayadvipa so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, ularni "tog'li mamlakat" deb tarjima
qilish mumkin. Ushbu so'z hind savdogarlari tomonidan Malakka yarim oroliga
nisbatan aytilgan. Boshqa bir versiyaga ko'ra, bu nom tamil tilidagi "tog'" so'zidan
kelib chiqqan. 1957-yilda Malay yarim orolidagi davlatlarni o'z ichiga olgan Malay
Federatsiyasi o'z mustaqilligini e'lon qildi. "Malayziya" nomi 1963 yilda Singapur,
Shimoliy Borneo va Saravak federatsiyaga qo'shilganidan so'ng qabul qilingan.
Shunday qilib, "zi" qo'shimchasi uchta davlatning birlashishi sharafiga qo'shildi.
Maldiv orollari - hind-yevropa tillaridagi 'male' ("bo'rtib chiqish", "ko'tarilish",
"o'sish") va sanskrit shaklidagi 'divi' - "orol" so'zlaridan kelib chiqqan.
Etymonline.com sayti ma'lumotiga ko'ra, sanskritcha "maladvipa" - "orollar
gulchambari" ma'nosini beradi.
Malta - bu nomining kelib chiqishi aniq emas. Eng keng tarqalgan versiyasiga
ko'ra, "Malta" so'zi yunoncha mέλι (meli) "asal" so'zidan kelib chiqqan. Qadimgi
yunonlar orolni Μελίτη (Melitē) - "shirin asal" deb atashgan. Buning sababi orolda
noyob asal turini beruvchi endemik asalarilar (endemik - o‘simlik va hayvonlarning
katta bo‘lmagan geografik mintaqalardagi nisbatan kichik arealda tarqalgan tur,
urug‘, oilasi) yashaganligi bo'lishi mumkin. Boshqa bir farazga ko'ra, "Malta" so'zi
finikiyaliklarning "Malet" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "boshpana" yoki "port" degan
ma'noni anglatadi.
Marokash(Marokko) - Davlatning rasmiy nomi arabcha ةيبرغملا ةكلمم
-
mamlakatul mag'ribiyya - so'zma-so'z "Mag'ribiyya(G'arb) qirolligi". Bundan tashqari
bu mamlakatning صىقلأا برغملا
-
Mag'ribul Aqso - "uzoq g'arb" degan endonimi ham
bor(darhaqiqat, bu davlat Afrika qit'asining eng g'arbida joylashgan arab davlatidir).
O'rta asr arab tarixchilari bu nomni Mag'ribul Avsat ( طسولأا برغملا
-
o'rta g'arb) va
Mag'ribul Adna ( ىندلأا برغملا
-
yaqin g'arb) kabi mintaqalardan farqlash uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |