DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 18 -
Mavritaniya - bu toponim miloddan avvalgi 3-mingyillikda finikiyalik
dengizchilarning Afrikaning g'arbiy qismida joylashgan hududga bergan "Mauharim" -
"G'arbiy hudud" nomidan paydo bo'lgan. Mavritaniya mustamlaka davrida Fransiya
G'arbiy Afrikasi hududlariga kirar edi. Mamlakat 1960-yilda shu nom ostida
mustaqillik e'lon qilgan.
Madagaskar - bu nom lingvistik jihatdan hech qanday ma'noga ega emas. Bu
nom dastlab venetsiyalik sayyoh Marko Poloning qaydlarida Madageiscar shaklida
paydo bo'lgan. Ammo bu nomning bu orolga aloqasi bo'lmagan. Shunchaki, Polo orol
bilan adashtirib qo'ygan Mogadisho shahri (Somali poytaxti) nomining buzib talaffuz
qilinishidan hosil bo'lgan.
Makedoniya - bu nomi yunoncha Μακεδονία (Makedoniya) dan kelib chiqqan
bo'lib, "baland bo'yli, ingichka" degan ma'nolarni anglatadi
Mali - bu toponim mamlakat hududida o'rta asrlarda mavjud bo'lgan Mali
imperiyasi nomidan olingan. Bu toponimning ma'nosi aniq emas. Pospelovning
ma'lumotiga ko'ra, Madinka tilidagi (Mali, Gvineya va qisman Kot d'Ivuar hududida
yashovchi xalq) 'mali' so'zidan (tarj. begemot) olingan deb taxmin qilinadi. Uolny
Filipning "Mali imperiyasining kashf qilinishi" (Discovering the Empire of Mali) asarida
keltirilishicha, bu nom "qirol yashaydigan joy" degan ma'noni anglatadi. Mali
imperiyasi asoschisi Sundiata Keyt qudratli va boy hukmdor bo'lganligini hisobga
oladigan bo'lsak, ikkinchi qarash to'g'riroqdek ko'rinadi.
Mozambik - bu toponim hozirda mamlakat shimoli-sharqiy qismida joylashgan
orolni boshqargan mahalliy sulton Musa bin Biyk nomidan olingan. Musa bin Biyk
aslida orolga birinchi bo'lib suzib kelgan va hukmronlik qilib qolib ketgan arab
savdogari edi. 1498-yili orolga portugallar kirib keladi va orolni sulton ismi bilan
nomlaydi (portugalcha Ilha de Moçambique). Keyinchalik bu nom butun mamlakat
nomiga aylanadi
Mongoliya(Mo'g'uliston) - Mongoliya "mongollar yurti" demakdir. Mongol
etnonimining kelib chiqishi haqida turli xil farazlar mavjud. Tilshunos olim
Xasdorjning so'zlariga ko'ra, Ordosdagi Mon tog'ining yaqin joylarda yashagan
odamlar mon nomi bilan atalgan. Unga "gol" so'zi qo'shildi, natijada mongol nomi
paydo bo'ldi. Gol "markaziy, asosiy" degan ma'noni anglatuvchi mo'g'ulcha so'zdir.
Boshqa bir taxminga ko'ra, mongol nomi mongolcha mөnx ("abadiy") va gal ("olov")
so'zlarini birlashtirish orqali paydo bo'lgan. Mongoliyalik olim J. Bayasax mongol
nomi mongolcha mөngө ("kumush") so'zining o'zgarishi natijasida paydo bo'lganligini
taxmin qiladi.
Myanma(Birma) - mamlakat nomi "tez", "kuchli" degam ma'nolarni bildiradi. Y.
M. Pospelovning bergan ma'lumotiga ko'ra, "Myanma" so'zi "myan xalqi yurti"
ma'nosini beradi. Mamlakat 1989-yilgacha rasman Sotsialistik Birma Respublikasi
Ittifoqi, qisqacha - Birma deb nomlangan. "Birma" nomi chet tilidan kirib kelgan va
Do'stlaringiz bilan baham: |