DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 6 -
Angola - bu toponim XV-XVII asrlarda Angolaning hozirgi hududida mavjud
bo'lgan Ndongo davlati nomidan yoki portugal mustamlakachilariga qarshilik
ko'rsatgan Zing davlati hukmdori Mbandi Ngola nomidan kelib chiqqan degan
taxminlar mavjud. Mamlakatga "Angola Qirolligi" (portugalcha - Reino de Angola)
degan nom portugal bosqinchilari tomonidan berilgan. Xususan, Angolaning birinchi
gubernatori va Luanda (Angolaning poytaxti) ning asoschisi Paulo Dias de Novais
1571-yil hujjatlarida mamlakatni shunday nom bilan tilga olgan.
Argentina - lotincha "argentum" - "kumush" (Bu element Mendeleyev davriy
jadvalida ham argentum nomi bilan kelgan). Mamlakatning bunday nomlanishi
xususida ikki xil taxmin mavjud. 1) Savdogarlar Argentinaning Rio-de-la-Plata daryosi
orqali Perudan kumush va boshqa xazinalarni tashishgan. Daryoning quyi oqimidagi
hududlar vaqt o’tishi bilan Argentina nomi bilan atala boshlagan. 2) Bu nom
Sebasytan Kabotning Xuan de Solis "Fransisko del Puetro" qirg’og’ida qoldirib ketgan
ekspeditsiyasiga boshchilik qilishi bilan bog’liq. Xuan de Solis Sebastyan Kabotga La-
Plata bo’g’ozining sharqida joylashgan "kumushli tog’lar" haqida gapirib beradi.
Kabot bu afsonaga ishonadi va o’zining barcha ishlarini bir chekkaga qo’yib, shu
kumushlarni qidirishga kirishadi. Lekin bu afsona, aslida, Inklar imperiyasi haqida
bo’lganligi oshkor bo’ldi va Kabotning umidlari puchga chiqdi. Ammo, La-Plata
bo'g'ozi atroflari Argentina deb atalaverdi. Argentina nomidan birinchi marta
ishlatilishini Martina del Barko Sentenerining 1602-yilgi "Argentina va Rio-de-la-
Plataning zabt etilishi" dostoni bilan bog'lash mumkin. Mintaqaning bu nomi XVIII
asrga kelib keng qo'llanilgan bo'lsa-da, 1776-yilda mamlakat rasman "Rio-de-Plata
vitse-qirolligi" deb nomlandi. 1810-yildagi May inqilobidan keyin tuzilgan mustaqil
hukumat mamlakat nomini "Viceroyalty" (vitse qirollik) ga almashtirdi. "Argentina"
nomi 1813-yilda Argentinaning birinchi madhiyasida ishlatilganidan keyin mashhur
bo'ldi. Birinchi marta Argentina respublikasi nomi rasmiy ravishda 1826-yilgi
Konstitutsiyada qayd etilgan. "Argentina respublikasi" nomi 1860-yil 8-oktabrda
qabul qilingan qonundan keyin qaytarilgan va hozirgi kungacha saqlanib kelmoqda.
Avstraliya - lotincha "terraaustralisincognita" so’zidan olingan (tarj. noma'lum
janubiy hudud). Hududga dastlaki yevropalik tadqiqotchilar tomonidan bu nom
berilgan. Muloqot tilida mahalliy aholi o'z mamlakatlarini ifodalash uchun "Oz"
so’zini, avstraliyalik degan sifatni bildirish uchun "Ausse" so’zini ishlatishadi.
Avstriya - zamonaviy nemis tilidan tarjima qilganda "sharqiy qirollik"
(österreich). IX asrda hozirgi Avstriya hududi Franklar imperiyasining eng sharqiy
hududlaridan biri bo'lgan. Shuningdek, german qabilalarining Slavyan qabilalari
yerlari bilan chegara hududi bo’lgan. Buyuk Karl bu hududni Ostmark (shaqriy
chegara hududi) deb atagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |