Davlatiy moliya


-MAVZU: MOLIYAVIY HISOBOTDA MOLIYAVIY



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

12-MAVZU: MOLIYAVIY HISOBOTDA MOLIYAVIY 

KOEFFITSIYENTLARDAN FOYDALANISH 

REJA: 

1. Moliyaviy koeffitsiyentlar klassifikatsiyasi. 

2. Moliyaviy koeffitsiyentlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar. 

3. Moliyaviy “dastak” samarasi. 

1.  Moliyaviy koeffitsiyentlar klassifikatsiyasi va ular o‘rtasidagi 

o‘zaro bog‘liqliklar 

Moliyaviy  hisob  va  buxgalteriya  hisobining  asosiy  prinsiplari  va  amaliy 

normalari o‘rtasidagi mavjud farqqa qaramay, firmaning moliyaviy hisobotlarida 

uning moliyaviy ahvoli, o‘tmishdagi xo‘jalik faoliyati samaradorligi to‘g‘risida 

ma’lumotlar bo‘ladi va ular rahbarlarga korxonaning bo‘lajak ishini tahlil qilish 

va istiqbollarini belgilashda, albatta, asqotadi. Korxonaning moliyaviy hisobotlari 

asosida  korxona  faoliyatining  moliyaviy  natijalarini  tahlil  qilishda  bir  qator 

maxsus  koeffitsiyentlardan  foydalaniladi  va  bu  koeffitsiyentlar  yordamida  turli 

korxonalar 

ko‘rsatkichlarini  yoki  bitta  korxonaning  turli  yillardagi 

ko‘rsatkichlarini taqqoslash mumkin.  

Mazkur  koeffitsiyentlardan  foydalanib,  firma  faoliyati  samarador-ligining 

quyidagi beshta asosiy jihatlarini tahlil ilish mumkin: 

1) rentabellik (profitability); 

2) aktivlarning aylanuvchanligi (asset turnover); 

3) o‘z  mablag‘i  yoki  qarz  olingan  mablag‘lardan  moliyalashtirish  yoki 

                                                           

63

  Nisbatan  yaqinda  AQShning  bir  necha  korporatsiyalari  tomonidan  kompaniya  faoliyati  samaradorligini  baholash  uchun 



yangi mezon qabul qilindi. U iqtisodiy qo‘shilgan qiymat (EVA – economic value added) deb nomlandi. Ushbu mezon Stern 

Stewart & Co kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uning asosiy afzalligi shundaki, mazkur ko‘rsatkich aniqlanayotganda 

kompaniyaning o‘z kapitalidan foydalanishdagi vaqt xarajatlari hisobga olinadi. 

 



215 

moliyaviy “dastak” (moliyaviy leverij) (financial leverage); 

4) likvidlik (liquidity); 

5) bozor qiymati (bahosi) (market value). 

7-jadvalda ushbu koeffitsiyentlarning barchasi va “XYZ” korxonasi uchun 

ularni hisoblab chiqarish misollari ko‘rsatilgan. 

Jadvalda  birinchi  bo‘lib,  rentabellik  koeffitsiyenti  keltirilgan.  Tahlil 

davomida  firma  sotish  rentabelligi  koeffitsiyentini,  uning  aktivlari  rentabelligi 

yoki kapital daromadliligini aniqlash mumkin. Birinchi va ikkinchi holatda foyda 

ko‘rsatkichi  sifatida  foizlar  va  soliqlarni  to‘lashdan  oldingi  korxona  foydasi 

olinadi (EBIT — earnings before interest and taxes), oxirgi holatda esa – sof foyda 

olinadi. Bundan tashqari, agar moliyaviy koeffitsiyentni hisoblab chiqish uchun 

asos  bo‘ladigan  bitta  ko‘rsatkich  korxona  faoliyatining  moliyaviy  natijalari 

to‘g‘risidagi  hisobotdan  olingan  bo‘lsa,  demak  ma’lum  davrni  ifodalaydi. 

Ikkinchi  komponent  esa  balansdan  olinadi  va  korxonaning  ma’lum  vaqtdagi 

moliyaviy ahvolini aks ettirsa, u holda, odatda, yil oxiri va yil boshidagi balans 

ko‘rsatkichlarining o‘rtacha arifmetik soni (qiymati) hisoblab chiqa-riladi va bu 

son maxraj sifatida ishlatiladi. 

Bundan  keyin  jadvalda  aktivlar  aylanuvchanligi  koeffitsiyenti  keladi.  Ular 

yordamida firma daromad olish maqsadida o‘z aktivlaridan qanchalik samarali 

foydalanayotganini  aniqlash  mumkin.  Aktivlar  aylanuvchanligi  –  bu  umumiy 

mezon. 


Debitorlik 

qarzi 


aylanuvchanligi 

va 


tovar-moddiy 

zaxiralar 

aylanuvchanligi esa tegishli toifadagi aktivlarni baholash uchun qo‘llaniladigan 

maxsus mezonlardir.  

7-jadvaldagi  to‘rtinchi  guruh  koeffitsiyentlari  likvidlik  koeffitsiyentlaridan 

tashkil topgan. Bu koeffitsiyentlar firma o‘zining qisqa muddatli majburiyatlari 

bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga, yoki o‘z hisob varaqlari bo‘yicha to‘lashga 

va  shundan  keyin  to‘lovga  qodir  bo‘lib  qolishini  baholash  uchun  ishlatiladi. 

Likvidlik darajasini baholashga xizmat qiladigan asosiy koeffitsiyentlar – bu joriy 

likvidlik  koeffitsiyenti  va  ancha  aniqroq  hisoblanadigan  kritik  baholash 

koeffitsiyentlari (yoki lakmus qog‘oz koeffitsiyenti) bo‘lib, ular yordamida eng 

yuqori  likvidlikka  ega  aylanma  aktivlar:  pul  mablag‘lari  va  bozor  qimmatli 

qog‘ozlari baholanadi. 

Keyin  jadvalda  moliyaviy  “dastak”  koeffitsiyentlari  sanab  o‘tilgan  bo‘lib, 

ular  firma  kapitali  tuzilmasini  va  firmaning  kreditorlar  oldida  qarzdorligi 

darajasini  aks  ettiradi.  Qarzdorlik  koeffitsiyenti  kapital  tuzilmasini  o‘lchashga 

xizmat  qiladi.  Foizlarni  qoplash  koeffitsiyenti  yordamida  esa  firmaning  foiz 

to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarni ko‘tara olish qobiliyatini o‘lchash mumkin.  

 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish