Davlatiy moliya


Ishlab  chiqarish  vositalaridan  foydalanish  samaradorligiga  nisbatan



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

Ishlab  chiqarish  vositalaridan  foydalanish  samaradorligiga  nisbatan 

noaniqlik  darajasi.  Qo‘yilgan  kapital  bo‘yicha  daromadlilik  stavkasining 

noaniqlik darajasi yuqoriligini ko‘rsatuvchi juda ko‘p sabablar mavjud. Masalan, 

hosilga  oldindan  bilib  bo‘lmaydigan  ob-havo  sharoiti  ta’siri;  shaxta  va 

quduqlarning  taxmin  qilinganidek  resurslarga  boy  bo‘lmasligi;  mashinalarning 

vaqt-vaqti bilan eskirishi va buzilishi; mahsulotga talabning iste’molchilar ta’bi 

yoki alternativ tovarlarning paydo bo‘lishi tufayli kutilmaganda o‘zgarishi; yana 

ustiga-ustak, yangi bilimlarning rivojlanishi oqibati sifatidagi texnik taraqqiyotni 

o‘z  tabiatiga  ko‘ra  mutlaqo  oldindan  bilib  bo‘lmaydi.  Hatto  tovar-moddiy 

zaxiralardagi tovarlarni kelajakda ulardan foydalanish uchun saqlashning oddiy 

jarayonini ham  ma’lum  risk  darajasidan xolis deb  hisoblab bo‘lmaydi.  Sababi: 

vaqt o‘tishi bilan qancha miqdordagi tovar eskirib yoki buzilib qolishini oldindan 

aniq aytish qiyin. 

Aksiyalar  –  bu  ishlab  chiqarish  vositalaridan  foydalanishdan  olingan 

daromadga  nisbatan  talabdir.  Ishlab  chiqarish  vositalaridan  foydalanish 

samaradorligi  borasida  noaniqlik  darajasi  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,    qo‘yilgan 

aksiyalar bo‘yicha risk uchun mukofot shuncha yuqori bo‘ladi.  

Odamlarning vaqtinchalik nimanidir afzal ko‘rishi. Daromadlilik stavkalari 

darajasiga ta’sir qiluvchi keyingi omil inson psixologiyasidir.  Odamlar, odatda 

hayotning hamma ne’matlaridan ertaga emas, aynan bugun foydalanishni afzal 

ko‘radilar. Iqtisodchilar ko‘pincha mablag‘larni kiritish mumkin bo‘lgan ishlab 

chiqarish  vositalari  bo‘lmagan  taqdirda  ham  foiz  stavkasi  ijobiy  bo‘ladi, 

shuningdek, odamlarning pul berish va qarz olishlari uchun yagona sabab ularning 

umri davomida xohish-istaklarining doimo o‘zgarib turishidir, degan taxmindan 

kelib chiqib ish ko‘radilar. Umuman olganda, odamlar tovar va xizmatlarni ertaga 

qoldirmasdan bugun iste’mol qilishni qanchalik ko‘p afzal ko‘rsa, iqtisodiyotda 

foiz stavkasi shuncha yuqori bo‘ladi.  

Odamlar,  odatda,  hayotning  hamma  ne’matlaridan  ertaga  emas,  bugun 

foydalanishni  afzal  ko‘rishlarining  sabablaridan  biri  ular  qachon  o‘lishining 

noma’lumligidir.  Inson  hozir  tirikligini  biladi  va  u  bugunning  o‘zida  imkoni 

boricha  o‘zining  barcha  ehtiyojlarini  qondirib,  hayotning  ne’matlaridan  rohat 

olmoqchi.  Kelajakka  kelsak,  doimo  bu  ishni  keyin  ham  qila  olishi  bo‘yicha 

qandaydir darajada mavhumlik mavjud bo‘ladi. 




194 

Riskni  yoqtirmaslik.  Yuqorida  aytib  o‘tganimizdek,  tikilgan  kapitalning 

daromadlilik  stavkasi  doim  risk  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Shu  munosabat  bilan 

quyidagi savolning tug‘ilishi, tabiiy: bozor iqtisodiyoti sharoitida kafolatlangan 

foiz stavkasini olish imkoniyati bormi va uni nima belgilaydi? 

Bu savolning javobi quyidagicha: moliya tizimi riskdan holi aktivlarga pul 

tikishni istagan kishilarga ma’lum imkoniyatlar yaratib  beradi. Buning uchun ular 

tikilgan  kapitaldan kutilgan daromadning ma’lum qismidan voz kechishlari zarur. 

Riskdan uncha qo‘rqmaydigan kishilar

 

riskka toqati yo‘q kishilarga kafolatlangan 



foiz  stavkasi olish  imkoniyatini  beradilar. Biroq, bu  stavka  risk  darajasi  yuqori 

bo‘lgan aktivlar bo‘yicha kutilgan o‘rtacha daromadlilik stavkasidan past bo‘ladi. 

Aholi  orasida  riskni  tan  olmaslik  darajasi  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  risk  uchun 

mukofot shunchalik yuqori va risksiz foiz stavkasi miqdori shuncha past bo‘ladi.  

 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish