chiqarish omillarining harakati bilan bog’liq. Ushbu bog’liqlik asosida xalqaro
bo’lgan shaxsning qaroriga muvofiq tarzda o’ziga tegishli bo’lgan xorijiy
mazkur o’zgarishlar ta’sirida zamonaviy jahon valyuta-moliya tizimi shakllana
munosabatlarining rivojlanishi ko’p jihatdan trasmilliy korxonalar faoliyati bilan
bog’liq bo’lib, ular tomonidan butun dunyo bo’ylab ishlab chiqarish tarmoqlarini
vujudga keltirish hamda barcha resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan
global strategiya amalga oshirildi. Shuningdek, xalqaro moliya munosabatlari
rivojlanishida moliyaviy jihatdan barqaror hamda ko’p sonli xorijiy filiallarga ega
Xalqaro kreditlashdan foydalanish xususiyatining o’zgarishi bilan bog’liq
ravishda xalqaro kredit bozori hajmi keskin ortib bordi. Uning oxirgi yo’nalishi
nafaqat xalqaro ayriboshlash sohasi (mahsulotlar, xizmatlar va boshq.) balki,
ishlab chiqarish sohasi ham bo’ldi. Bu holat, birmuncha yirik kreditlarni uzoq
muddatlarga jalb etishni, shuningdek, moliya-kredit xizmatlari majmuasini
rivojlantirishni talab etardi. 1970-yillarda xalqaro kreditni to’lov balansining
taqchilligini bevosita yoki bilvosita moliyalashtirish uchun foydalana boshladilar.
Xususiy firmalar bilan bir qatorda yirik qarzdorlar sifatida hukumatlar, davlat
540
Ushbu davrda neft import qiluvchi rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar to’lov balanslari jami taqchilligining qariyb 60% xalqaro kapital
bozorlari hisobiga moliyalashtirildi. Xalqaro kredit hajmining oshishi nafaqat
evrokreditlarning o’sishi hisobiga balki, xorijiy kreditlash bozorlari kengayishi
hisobiga sodir bo’ldi. Yaponiya milliy valyutasi “iena” hisobiga xorijiy kreditlar
bozori hajmining oshishi natijasida Tokioda ienadagi xorijiy obligatsiyalar
emissiyasi hajmi keskin ortdi. Mazkur holat natijasida Yaponiya ienasi
evrovalyuta bozorida keng qo’llanila boshlandi.
1970-yillarda xalqaro kapital bozori kengayishiga bir qator omillar ta’sir
ko’rsatdi va natijada xalqaro resurslar aylanishi va likvidligi oshib bordi. Ushbu
davrda jahon iqtisodiyoti ikkita neft inqirozini boshdan kechirdi va neft narxining
birdaniga keskin o’zgarishiga sabab bo’ldi. Mazkur holat natijasida neft eksport
qiluvchi mamlakatlarda yirik valyuta ortiqchaligi, neft import qiluvchilarda esa,
jumladan ko’plab rivojlangan mamlakatlarda joriy hisoblar bo’yicha taqchillik
yuzaga keldi. Bu taqchillik asosan retsipient-mamlakatlarga xalqaro banklar,
evroobligatsiyalar bozori orqali tushgan neftedollarlar hisobiga qoplandi.
Jahon iqtisodiyotida ro’y bergan boshqa muhim o’zgarishlar ham xaqaro
moliya munosabatlari rivojlanishiga ijobiy va salbiy jihatdan sezilarli darajada
ta’sir ko’rsatdi. Ushbu o’zgarishlar jumlasiga, jahon va hududiy valyuta
tizimlaridagi o’zgarishlar, valyuta tizimi tamoyillarining o’zgarishi, qarzdorlik
inqirozlari, mamlakatlar tomonidan iqtisodiy integratsion birlashmalarning
tuzilishi, xalqaro va mintaqaviy moliya tashkilotlarining vujudga kelishi,
transmilliy korxona va banklar faoliyatining kengayishi, jahonda ro’y bergan
moliyaviy-iqtisodiy inqirozlarni kiritish mumkin.
Xalqaro moliyaning barcha tashkiliy elementlari jahon moliyaviy muhitida
birlashadi.
Jahon moliyaviy muhiti – investorlar va korxonalar moliyasi, banklar
boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta’sir ko’rsatadi hamda jahon moliya
bozori o’sishi sharoitini aniqlaydi.
Xalqaro moliya tizimining asosiy funksiyalari sifatida quyidagilarni
ko’rsatish mumkin:
– valyutalar ayriboshlash va hisob-kitob tizimi shart-larining birxillashuvi;
– valyuta kurslari rejimlarini tartiblashtirish va valyuta cheklovlarini tartibga
solish;
– xalqaro valyuta likvidligini tartibga solish;
– kredit, sug’urta, investitsiya va fond operatsiyalari xalqaro qoidalarini
birxillashtirish;
– mazkur funksiyalarni amalga oshiruvchi va nazorat qiluvchi xalqaro
moliya institutlarini tashkil etish.