(kafil) sifatida davlatning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan uning moliyaviy siyosati
389
Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan biri sifatidagi davlat kreditini
boshqarish davlatning boshqaruv va hokimiyat organlari qo’lidadir. Faqat ular
byudjet defitsitining umumiy hajmini va demak, uni moliyalashtirish uchun zarur
bo’lgan qarzlarning hajmini, pul muomalasi, kredit, ishlab chiqarish, aholi
bandligiga ta’-sir qilishning asosiy yo’nalishlari va maqsadlarini hamda kichik
biznes va mamlakat ayrim mintaqalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha
umumdavlat dasturlarini amalga oshirishning maqsadga muvofiqligini aniqlaydi.
Davlat byudjetining doimiy yoki xronologik tarzda defitsitliligi va yuqori
darajadagi davlat qarzlarining mavjudligi hozirgi sharoitda sanoati rivojlangan
barcha davlatlarga xosdir. Davlatning kredit ekspansiyasi natijasida boshqa qarz
oluvchilar moliyaviy bozordan siqib chiqarilayapti, kreditga nisbatan bo’lgan yuqori
foiz stavkalari hamon saqlanib qolmoqda. Davlat qarzlariga xizmat qilish
bo’yicha katta xarajatlar soliq tushumlarining katta qismini o’ziga tortayapti.
Shuning uchun ham byudjet defitsiti va davlat qarzini qisqartirish sanoati
rivojlangan mamlakatlar boshqaruv organlari tomonidan eng dolzarb masalalardan
biri sifatida e’tirof etilayapti.
Tor ma’noda davlat kreditini boshqarish deyilganda davlatning qarz
majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat qimmatli qog’ozlar
bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat ko’rsatish va uni qaytarish (uzish),
ssuda va garantiyalar taqdim etish bilan bog’liq bo’lgan harakatlar majmui
tushuniladi.
Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi vazifalarni yechish ko’zda
tutiladi:
qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish;
bozorni davlatning qarz majburiyatlari bilan ortiqcha to’lib ketishiga va ular
kursining keskin tebranishiga yo’l qo’ymaslik;
jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanish va ajratilgan kreditlarning
maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
kreditlarning o’z vaqtida qaytrilishini ta’minlash;
moliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalarni maksimal yechish.
Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va kredit
institutlari amalga oshiradi. Uni tezkor boshqarish esa mamlakat hukumatining
rahbarligi ostida Moliya vazirligining Markaziy bank bilan hamkorligida
ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: