Yoshga doir pensiya Pensiya jamg’armasining xarajatlarida asosiy o’rin
egallaydi. Bu pensiya 25 yildan kam bo’lmagan, umumiy mehnat stajiga ega bo’lgan
va 60 yoshga etgan erkaklarga, 20 yildan kam bo’lmagan, umumiy mehnat stajiga
ega bo’lgan va 55 yoshga etgan ayollarga belgilanadi. Istiqbolda mamlakatimizda
bosqichma-bosqich fuqarolarning pensiyaga chiqish yoshlarini oshirish ko’zlangan
bo’lib, ayollar uchun 58 yosh, erkaklar uchun 63 yosh yoshga doir pensiyaga chiqish
yoshi deb belgilanishi rejalashtirilmoqda. Shaxslarning alohida toifalari (urush
nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, bolalikdan nogiron farzandlarning
onalari, liliputlar va pakanalar, kon sanoatidagi yetakchi kasb egalari bo’lgan
xodimlar, bevosita erosti va ochiq kon ishlarida ko’mir, ma’danlar va boshqa foydali
qazilmalarni qazib olishda, shaxtalar va konlar qurilishida to’liq ish kuni davomida
band bo’lgan xodimlar, uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi
xodimlar, teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari artistlarining ayrim toifalari,
mehnat sharoiti zararli va og’ir ishlarda to’liq ish kuni davomida band bo’lgan
405
xodimlar, bolalikdan nogiron farzandlarni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan onalar,
nogiron bolalar uchun ixtisoslashgan ta’lim muassasalari, «Mehribonlik» uylari,
harbiy akademik litseylar, tarbiya koloniyalari o’qituvchilari, ixtisoslashgan tibbiy
muassasalarning shifokorlari va o’rta tibbiy xodimlari, qariyalar, nogironlar va
yolg’iz fuqarolarga xizmat ko’rsatishda bevosita band bo’lgan ijtimoiy xodimlar va
boshqalar) uchun yoshga doir (qarilik pensiyasi) imtiyozli tarzda tayinlanadi.
Pensiya yoshiga etgan, lekin to’liq mehnat stajiga ega bo’lmaganlarga, agar
u (hozirda 7 yil, istiqbolda bosqichmag’bosqich oshirish rejalashtirilgan, avval
10 yil, keyin 12 yil, keyinchalik Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan belgilab
berilgan mehyorga muvofiq ravishda kamida 15 yilni tashkil qilishi
rejalashtirilgan) yildan kam bo’lmasa, to’liqsiz staj bo’yicha yoshga doir pensiya
belgilanadi.
Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar,
xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar
hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan
ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan erkaklar — 58 yoshga to’lganda
va ish staji kamida 25 yil bo’lgan taqdirda, ayollar — 53 yoshga to’lganda va ish
staji kamida 20 yil bo’lgan taqdirda yoshga doir pensiyalarni muddatidan oldin
olish huquqiga ega bo’ladilar.
Yoshga doir pensiyalar ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, oxirgi
o’n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya
tayinlashni so’rab murojaat etgan kishining tanlovi bo’yicha) hisoblangan bir
oylik o’rtacha ish haqining 55%i (biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100
foizidan kam bo’lmagan miqdorda) yoshga doir pensiyaning bazaviy miqdori
hisoblanadi (bunda bugungi kunda pensiyani hisoblash uchun qonun hujjatlarida
pensiya tayinlanadigan sanaga belgilangan eng kam oylik ish haqining o’n
baravari miqdoridan ortiq bo’lmagan summadagi o’rtacha oylik ish haqi qabul
qilinadi hamda pensiya tayinlash uchun qabul qilinadigan o’rtacha oylik ish haqi
eng kam oylik ish haqi miqdoridan kam bo’lgan yoki ish haqi to’g’risidagi
ma’lumotlar to’liq mavjud bo’lmagan hollarda pensiya miqdori qonun
hujjatlarida pensiya tayinlashni so’rab murojaat qilingan kunda belgilangan eng
kam oylik ish haqidan kelib chiqib mintaqaviy koeffitsient hisobga olinmasdan
hisoblab chiqiladi) hamda pensiyani belgilash uchun talab qilinadigan umumiy
mehnat stajidan ortiqcha bo’lgan har bir to’liq yil uchun o’rtacha oylik ish
haqining 1% miqdorida qo’shimcha o’rnatiladi. To’liqsiz stajga ega bo’linganda
(bugungi kunda kamida 7 yillik ish staji bo’lganda) pensiyaning miqdori
erkaklarga nisbatan 25 yil va ayollarga nisbatan 20 yil qilib belgilangan to’liq
stajlarga muvofiq ravishda tayinlangan to’liq pensiyalarga proportsional ravishda
406
belgilanishi kerak. Biroq bunday pensiyaning miqdori qonunchilikda belgilangan
yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan miqdoridan kam bo’lmasligi lozim.
Yoshga doir pensiyalar bo’yicha quyidagi ustamalar belgilanishi mumkin:
I guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 150 foizi;
II guruh urush nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 125 foizi;
ko’rish bo’yicha I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 100
foizi;
I guruh nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 75 foizi;
II guruh yolg’iz nogironlariga — eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
urush qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga — eng kam
oylik ish haqining 50 foizi;
1941 — 1945-yillardagi urush davrida front orqasida ishlagan va harbiy
majburiyatlarni bajargan shaxslarga — eng kam oylik ish haqining 30 foizi;
o’limi harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish yoki ichki ishlar
organlarida xizmat qilish bilan bog’liq bo’lgan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar
organlari xodimlarining ota-onalariga va yangi nikohga kirmagan beva
xotinlariga (beva erlariga) — eng kam oylik ish haqining 30 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi oldida alohida xizmatlarga ega bo’lgan
shaxslarga — xizmatlarga qarab eng kam oylik ish haqining 100 foizidan 150
foizigacha;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr
va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida» 1995
yil 28 oktyabrdagi 415-son qarorida ko’rsatilgan tashkilotlarda ishlagan imtiyozli
pensiya olish huquqiga ega bo’lgan artistlarga yoshidan qat’i nazar — eng kam
oylik ish haqining 75 foizi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr
va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995
yil 28 oktyabrdagi 415-son qarorida ko’rsatilgan lavozimlarda va tashkilotlarda
ishlagan (erkaklar uchun kamida 25 yil va ayollar uchun kamida 20 yil) teatr,
kontsert tashkilotlarining artistlari va badiiy xodimlariga, teatr va musiqa
san’atining ijodiy xodimlarini tayyorlash bilan band bo’lgan ta’lim
muassasalarining professor-o’qituvchilar tarkibiga va kontsertmeysterlariga —
eng kam oylik ish haqining 50 foizi;
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni uchun ustamalar eng kam oylik ish
haqining 100 foizi miqdorida belgilanadi
.
407
Respublika teatr-kontsert tashkilotlaridan yoki teatr va musiqa san’ati ijodiy
kadrlarini tayyorlovchi ta’lim muassasalaridan ishdan bo’shagandan so’ng
pensiyani qayta hisoblash uchun murojaat etgan oydan keyingi oyning birinchi
kunidan boshlab belgilanadi. Ustama haqlardan tashqari, ishlamaydigan
pensionerlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Faxriy unvonlar uchun
to’lovlar miqdorini oshirish to’g’risida” 2007 yil 17 dekabrdagi PF-3942-son
Farmoniga ilovaga muvofiq faxriy unvonlar uchun qo’shimcha haq, 100 yoshga
to’lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga esa har oyda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy
qo’llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida” 2015 yil 14 apreldagi PF-4715-son Farmoniga
muvofiq eng kam oylik
ish haqining 100 foizi miqdorida qo’shimcha to’lov qo’shib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |