3. Davlat byudjetini muhokama qilish (ko’rib chiqish) va tasdiqlash
(qabul qilish)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomo-nidan taqdim etilgan
byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan
ko’rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari navbatdagi
yil uchun Davlat byudjetini, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini hamda
soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy yo’nalishlarini qabul qiladi.
Odatda, davlat byudjetining loyihasi Oliy Majlisning har bir palatasida (oldin
quyi palata bo’lgan Qonunchilik palatasida va yuqori palata sanalgan Senatda)
alohida-alohida muhokama qilinadi.
Mamlakat parlamentining har bir palatasida davlat byudjeti masalalari bilan
shug’ullanuvchi maxsus qo’mitalar va komissiyalar faoliyat ko’rsatadi. Ular davlat
byudjeti loyihasining tegishli moddalarini atroflicha tahlil qiladilar, zarur hollarda
o’zgartirishlarni taklif qiladilar va tushuntiruv xati bilan birgalikda davlat
byudjetiningloyihasiga xulosa beradilar.
Oliy Majlisning har bir palatasida davlat byudjeti loyihasi qabul qilinganidan
so’ng, har ikki palata o’rtasida davlat byudjeti loyihasi bo’yicha
kelishmovchiliklar mavjud bo’lmasa, mamlakat parlamentining davlat byudjeti
to’g’risidagi umumiy qarori qabul qilinadi. Agar palatalar o’rtasida davlat byudjeti
loyihasi bo’yicha kelishmovchiliklar vujudga kelsa, har ikki palataning vakillaridan
iborat bo’lgan muvofiqlashtiruvchi komissiya ularni bartaraf etishi kerak.
Parlamentda davlat byudjeti loyihasini muhokama etish (ko’rib chiqish) da
davlat byudjeti tashabbuskorligining mavjudligi muhim ahamiyatga egadir. Davlat
byudjeti tashabbuskorligi deyilganda parlament a’zolarining hukumat tomonidan
taqdim etilgan davlat byudjeti loyihasiga nisbatan o’zgartirishlar kiritish huquqi
nazarda tutiladi
103
.
103
Masalan, ba’zi bir mamlakatlarda (Frantsiya, Buyuk Britaniya va boshqalarda) hukumat a’zosi bo’lmagan parlament a’zolari
davlat byudjeti loyihasida ko’zda tutilgan xarajatlarni oshirish yoki yangi soliqlarni joriy etish bo’yicha takliflar kiritish
huquqiga ega emas. Bunday tartibning o’rnatilganligi mamlakatdagi tez o’zgarib turuvchi iqtisodiy vaziyatga hukumatning
ta’sir etish imkoniyatlarini kengaytiradi. AQShda esa Kongressning davlat byudjeti huquqi ancha kengdir. Parlament davlat
byudjeti huquqining cheklanganligi yana shunda ko’rinadiki, qonunchilik hokimiyati byudjetni yaxlit hujjat sifatida qabul
qilmasdan, faqat davlat byudjeti yo’llanmalari to’g’risida har yillik qarorlarni qabul qilish bilan cheklanadi. Bunda mamlakat
367
Davlat byudjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan
tasdiqlanadi. Ular kuchga kirishi uchun mazkur masala bo’yicha O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilinadi.
Davlat byudjetiga muvofiq:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining asosiy mak-roiqtisodiy
ko’rsatkichlar prognozi va Davlat byudjetining asosiy parametrlarini tasdiqlashga
doir qaroriga muvofiq, qaror qabul qilingandan so’ng bir haftalik muddatda
tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari
daromadlari hamda xarajatlarining hajmlari qabul qilinadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar
va Toshkent shahar Kengashlari qabul qilgan qarorlarga
muvofiq
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimlari o’n ish kuni ichida:
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyat-lar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlarining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining
daromadlari va xarajatlari hajmlarini, Qoraqalpog’iston Respublikasining
respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent
shahrining shahar byudjetidan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromadlar
dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlarning cheklangan miqdorlarini;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar byudjetlariga
umumdavlat soliq tushumlaridan ajratmalarning normativlarini. Umumdav-lat
soliqlaridan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlari tarki-biga kiruvchi tumanlar va shaharlar
byudjetlariga ajrat-malarning normativlari ayni shu soliqlardan Qoraqal-
pog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy
byudjetlariga ajratmalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan
belgilangan normativlaridan ortiq bo’lmagan miqdorlarda belgilanadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning, viloyatlar
viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining tumanlar va
shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari miqdorlarini;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari tarkibiga kiradigan tumanlar va shaharlar byudjetlari
aylanma kassa mablag’larining yo’l qo’yiladigan eng kam miqdorlarini tasdiqlash
bo’yicha qarorlar qabul qiladi.
prezidentiga ma’lum maqsadlarga mablag’larni sarf qilish vakolati yuqori chegarani belgilagan holda taqdim etiladi. Davlat
byudjetiningayrim moddalari esa, umuman, ko’rib chiqilmasdan, avtomatik ravishda tasdiqlanadi.
368
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimlarining tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini tasdiqlash to’g’risidagi
qarorlariga muvofiq xalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari
tomonidan tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari
hajmlari uch ish kuni ichida qabul qilinadi. Xalq deputatlari tumanlar va
shaharlar Kengashlarining qarorlariga muvofiq tumanlar va shaharlar hokimlari
tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari hamda xarajatlari hajmlarini
tasdiqlash bo’yicha uch ish kuni ichida qarorlar qabul qiladi.
Davlat byudjeti qabul qilingandan so’ng uning mablag’lari byudjetdan mablag’
oluvchilarga o’rnatilgan tartibga muvofiq ravishda etkazilishi kerak. Unga ko’ra
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan beriladigan sub-ventsiyalar,
o’tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar
hajmlarini Qoraqal-pog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va davlat maqsadli
jamg’armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va
xarajatlarning hajm-larini ularning e’tiboriga — o’n ish kuni ichida etkazadi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog’iston Respublikasi
Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya
boshqarmalari:
tumanlar va shaharlar byudjetlarining daromadlari va xarajatlari
hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasining
respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent
shahrining shahar byudjetidan beriladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan
daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini tumanlar va
shaharlar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;
Qoraqalpog’iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan
moliyalashtiri-ladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti
mablag’lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan
ajratiladigan mablag’lar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi.
Tumanlar va shaharlar byudjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va
shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tumanlar va shaharlar
byudjetlaridan moliya-lashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat
369
byudjeti mablag’lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan byudjetdan
ajratiladigan mablag’larning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |