Uning mazmuni mamlakatning davlat va davlat byudjeti tuzilishi, tegishli
organlar va yuridik shaxslarning davlat byudjeti huquqlari talablari bilan
belgilanadi. Shuning-dek, davlat byudjeti jarayonining mazmunini belgilashda
byudjetni ishlab chiqish, tartibi, uning normativ-huquqiy va tashkiliy asosi,
mamlakat byudjetini tuzishning nazariy va uslubiy masalalari muhim rol o’ynaydi.
Davlat byudjeti jarayoni, odatda, davlat byudjeti faoliyatining quyidagi to’rt
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 3-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun
357
davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va uni
tasdiqlash.
Davlat byudjeti jarayonining davomiyligi yuqoridagi to’rt bosqichning
barchasidan iborat bo’lib, odatda, uch yilga yaqin davom etadi. Buning bir yilga
yaqini davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish, uni muhokama qilish va
tasdiqlashga, bir kalendar yili (1-yanvardan 31-dekabrgacha) byudjetni ijro
etishga (davlat byudjeti davri) va besh oyi yaqini davlat byudjetiningijrosi
to’g’risidagi hisobotni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to’g’ri keladi.
Davlat byudjeti jarayonining oldiga quyidagi muhim vazifalar qo’yiladi:
muvozanatlashtirilgan bozor sari keskin taraqqiyotga erishish maqsadida
barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish;
alohida soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha, shuningdek, ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning bashorat-lari va maqsadli dasturlariga muvofiq davlat
byudjeti daromadlari va ularning umumiy hajmini aniqlash;
maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha, shuningdek, byud-jetda ko’zda
tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha tadbirlarni uzluksiz
moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda davlat byudjeti xarajatlari va
ularning umumiy hajmini belgilash (o’rnatish);
iqtisodiyotdagi inflyatsion tendentsiyalar va pul-kredit tanazzulini
bartaraf etishga, milliy pul birli-gining barqarorligini ta’minlashga yo’naltirilgan
moliya-viy baqarorlashtirishning umumiy dasturini davlat byud-jeti bilan
muvofiqlashtirish;
iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan manbalar hisobidan davlat
byudjeti defitsitiga barham berish yoki uni qisqartirish;
iqtisodiy mintaqalar, xo’jalik sohalari va byudjet-lar o’rtasida davlat
daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli darajadagi
byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetli tartibga solishni amalga
oshirish;
keng ko’lamli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning balansliligi va
proportsionalligini ta’minlashga imkon beradigan istiqbolli byudjetni
rejalashtirishning rolini oshirish;
soliq majburiyatlarini bajarishda alohida fuqaro-lar daromadlari va
yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan nazoratni ta’minlash;
zamonaviy elektron hisoblash texnikalaridan keng foydalanish asosida
va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi orqali byudjetlarni
tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish va boshqalar.
Umumiy tarzda, davlat byudjeti jarayonining ishtirok-chilari quyidagilar
hisoblanadi:
358
mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat organlari;
ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat subyektlarining yuqori
mansabdor shaxslari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari rahbarlari, moliya
organlari, davlat byudjeti daromadlarini undirish bilan shug’ullanadigan organlar
va boshqa vakolatli organlar);
pul-kredit tizimini tartibga solish organlari;
davlat va mahalliy nazorat organlari;
davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va boshqalar.
Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiplarga rioya
qilinadi:
yagonalik;
mustaqillik;
balans usuli.
Yagonalik prinsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona davlat byudjeti
klassifikatsiyasi, mamlakatning konsolida-tsiyalashtirilgan byudjetini tuzishda
zarur bo’ladigan statistik va davlat byudjeti ma’lumotlari uchun davlat byudjeti
hujjatlari shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi.
Mustaqillik prinsipi davlat byudjeti jarayonini amalga oshirishda uning har bir
ishtirokchisi uchun mustaqil bo’lish imkoni berilganligi bilan belgilanadi. Unga
muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari daromadlarning o’z va tartibga soluvchi
manbalari hamda ulardan foydalanishning yo’nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash
huquqiga egadirlar.
Balans usuli prinsipi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari o’rtasida
to’g’ri nisbatlar o’rnatishda gavda-lanadi. Unga rioya qilinishi davlat
byudjetining barqa-rorligini va xo’jalik sohalari o’rtasida mablag’larni
taqsimlashda zaruriy nisbatlarni ta’minlashi kerak. Bu metodning muhim sharti
davlat byudjeti xarajatlarining daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni
yaratishidir. Bu prinsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: