Davlatiy moliya


-MAVZU: MOLIYAVIY MUASSASALAR



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

15-MAVZU: MOLIYAVIY MUASSASALAR 

REJA: 

1. Markaziy banklar. 

2. Ixtisoslashgan moliyaviy vositachilar. 

3. Mintaqaviy va butundunyoviy moliyaviy tashkilotlar. 

1. Markaziy banklar 

Markaziy  bank - mamlakatning pul belgilarini  emissiya  qilish  (pul  bosib 

chiqarish)  va  tijorat  banklari  faoliyatini  nazorat  qilish  huquqi  berilgan  bosh 

davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga 

solishda  va  byudjetni  boshqarishda  davlatga  va  hukumatga  yordam  beradigan 

organ  hisoblanadi.  Pul  emissiyasini  amalga  oshirish,  davlatning  oltin-valyuta 

zaxiralarini  saqlash,  bank  tizimini  kreditlash,  hukumat  va  tijorat  banklarining 

hisoblarini  olib  borish,  pul  muomalasini  tartibga  solish,  kredit  muassasalarini 

nazorat  qilish  Markaziy  bankning  asosiy  vazifasiga  kiradi.  Buyuk  Britaniyada 

Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada Bundesbank, Yaponiya 

banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi. 



243 

Markaziy  banklar  –  bu  asosiy  funksiyasi  moliyaviy  bozorning  ma’lum 

parametrlariga,  masalan,  muomaladagi  pul  miqdoriga  ta’sir  etish  orqali  davlat 

siyosati  vazifalarini  amalga  oshirishga  ko‘maklashishdan  iborat  bo‘lgan 

moliyaviy  vositachilardir.  Markaziy  banklar  faoliyati  ba’zi  davlatlarda  davlat 

ijroiya  organlarining  bevosita  nazorati  ostida  bo‘lsa,  boshqa  davlatlarda  ular 

ma’lum darajada avtonomlik (mustaqillik)ka egadirlar

67



Bank  ma’lum  bir  davlatning  markaziy  banki  ekanligini  ko‘pincha  uning 

nomiga qarab bilib olish mumkin: Bank of England, Bank of Japan, Bank Rossii 

va  hokazo.  Biroq,  masalan,  markaziy  bank  AQShda  Federal  Reserve  System 

(Federal zahira tizimi), Germaniyada esa Bundesbank deb ataladi. 

Markaziy  bank  odatda  davlat  to‘lov  tizimining  yuragi  hisoblanadi.  U 

davlatni milliy valyuta bilan ta’minlaydi va banklararo hisob-kitoblar tizimi uning 

boshqaruvida bo‘ladi. To‘lov tizimi samarali bo‘lishi uchun inflyatsiya darajasi 

kamida o‘rtacha bo‘lishi

 

va buni markaziy banklar o‘zlarining asosiy vazifasi deb 



ko‘rishlari shart. 

Biroq,  ko‘p  davlatlarda  ulardan  aholining  to‘liq  bandligini  hamda  davlat 

iqtisodiy  o‘sishini  ta’minlash  kabi  maqsadlarga  erishishga  yo‘naltirilgan 

harakatlarni kutishadi. Bunday davlatlarda markaziy banklarga ko‘pincha bir-biri 

bilan  nizoli  maqsadlarni  balansga  keltirish:  narxlar  barqarorligini  va  aholining 

to‘liq bandligini ta’minlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishiga to‘g‘ri keladi. 

Mamlakatimizda    Markaziy  bankning  asosiy  maqsadlari  quyidagilardan 

iborat:  

  narxlari barqarorligi; 

  bank tizimining barqarorligi va rivojlanishi; 

  to‘lov tizimining barqarorligi va rivojlanishi. 

Belgilanishicha, foyda olish Markaziy bankning asosiy maqsadi emas. 

Bundan tashqari, Markaziy bankning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

  pul-kredit siyosati va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

  valyutani  tartibga  solish  va  valyutani  nazorat  qilishni  tashkil  etish  va 

amalga oshirish; 

  bank  tizimining  barqarorligini  ta'minlash,  mikrokredit  tashkilotlari  va 

lombardlar faoliyatiga ko‘maklashish; 

  O‘zbekiston 

Respublikasida 

to‘lov 

tizimlarining 

faoliyatini 

muvofiqlashtirish va ta'minlash; 

                                                           

67

AQSh  Markaziy  banki  (Federal  Reserve  System  –  Federal  zahira  tizimi)  davlatga  nisbatan  yuqori  darajadagi 



mustaqillikka  ega.  Uning  tarkibiga  7  a’zodan  iborat  bo‘lgan  va  Kolumbiya  shtatidagi  Vashington  shahrida 

joylashgan boshqaruvchilar kengashidan tarkib topgan 12ta mintaqaviy bank kiradi. Biroq, shuni ham qayd etish 

joizki, boshqaruvchilar kengashining barcha 7 a’zolari AQSh Prezidenti tomonidan tayinlanadi va mamlakatning 

Senati tomonidan tasdiqlanadi. 




244 

  banklar, bank xoldinglari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, valyuta 

birjasi  va  kredit  byurolari  faoliyatini  litsenziyalash  va  tartibga  solish; 

banklar,  bank  xoldinglari,  mikrokredit  tashkilotlari,  lombardlar  va  kredit 

byurolarini nazorat qilish; 

  bank  xizmatlari  iste'molchilari  huquqlarini  himoya  qilishni  ta'minlash, 

aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligini oshirish; 

  bank, pul-kredit statistikasi shakllantirish va e'lon qilish; 

  tashqi sektor statistikasi, shu jumladan to‘lov balansi, xalqaro investitsiya 

pozitsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarzlari, zaxiraviy aktivlari va 

valyuta kurslarini shakllantirish va e'lon qilish; 

  O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  zaxiralarini  boshqarish,  hisobga 

olish va saqlash. 

Markaziy bank quyidagi huquqlarga ega emas: 

  moliyaviy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanish; 

  tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish; 

  uchinchi  shaxslarga,  shu  jumladan  O‘zbekiston  Respublikasi 

hukumatining majburiyatlari bo‘yicha kafolatlar berish; 

  banklar  va boshqa  yuridik  shaxslarning  kapitalida  ishtirok  etish,  bunda 

valyuta birjasi kapitallaridagi ishtirok etish istisnodir. 

Markaziy  bank  O‘zbekiston  Respublikasi  prezidentiga  va  O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga hisobot beradi. 

Oliy 

Majlis 


Senati 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

prezidentining 

taqdimnomasiga  binoan  Markaziy  bank  raisini  lavozimga  tayinlaydi  va 

lavozimidan  ozod  qiladi;  yillik  hisobotni,  shuningdek  auditor  xulosasini  ko‘rib 

chiqadi. 

Markaziy  bank  o‘z  vakolatlari  doirasida  qarorlarni  qabul  qilishda 

mustaqildir. 

Davlat Markaziy bankning va Markaziy bankning davlatning majburiyatlari 

bo‘yicha,  agar  ular  o‘zlari  bunday  majburiyatlarni  o‘z  zimmalariga  olgan 

bo‘lmasa  yoki  qonun  hujjatlarida  boshqacha  tartib  nazarda  tutilgan  bo‘lmasa, 

javobgar emas.  

Markaziy bankning auditi har yili mustaqil nazorat tashkilotlari tomonidan 

amalga oshiriladi. 

Modomiki,  davlat  qonun  yaratuvchi  va  ularning  bajarilishini  nazorat 

qiluvchi organ hisoblanar ekan, u moliyaviy tizimni tartibga solish bo‘yicha to‘liq 

javobgardir. Dunyoning eng taraqqiy etgan mamlakatlaridan biri bo‘lgan AQShda 

ham,  boshqa  davlatlarda  ham  moliyaviy  tizimni  tartibga  solish  bo‘yicha  ba’zi 

masalalarni  bajarish  ma’lum  bir  moliyaviy  sektor  qatnashchilari  assotsiatsiyasi 




245 

yoki  fond  birjalariga  o‘xshash  xususiy  sektor  muassasalarining  vakolatiga 

o‘tkaziladi.  

Jumladan, AQShda qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha Komissiya (SEC 

– Securities Exchange Commission) tashkil etilgan. Xuddi shunday Komissiya, 

xususan,  O‘zbekistonda  ham  mavjud.  Uning  asosiy  vazifasi  har  bir  yangi 

qimmatli  qog‘ozlarni  ommaviy  chiqarishda  firmalar  tomonidan  taqdim  etilishi 

lozim  bo‘lgan  ular  faoliyati  to‘g‘risidagi  ma’lumot  hajmiga  bo‘lgan  aniq 

talablarni  ishlab  chiqishdan  iborat.  Boshqa  davlatlarda  ham  shu  kabi  tartibga 

soluvchi organlar mavjud. 

Biroq,  davlat  moliyaviy  tizimni  tartibga  soluvchi  organ  rolini  o‘ynagani 

bilan  bir  qatorda,  u  mazkur  tizimdan  o‘z  siyosatining  boshqa  maqsadlariga 

erishish  uchun  foydalanadi.  Misol  tariqasida  hukumatning  pul-kredit  siyosatini 

iqtisodiy o‘sish yoki bandlik sohasidagi turli umummilliy vazifalarning bajarilishi 

uchun  foydalanishini  keltirish  mumkin.  Keyingi  o‘rinlarda  biz  u  yoki  bu 

moliyaviy tizim sohasini tartibga soluvchi yoxud boshqa iqtisodiy  maqsadlarga 

yetishish uchun ushbu tizimni asosiy instrument (vosita) tariqasida ishlatadigan 

ba’zi davlat tashkilotlari to‘g‘risida so‘z yuritamiz.  




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish