UYQU, TUSH KO’RISH, GIPNOZ, UYQU GIGIYENASI
REJA:
UYQU, TUSH KO`RISH, GIPNOZ.
UYQUNING BUZILISHLARI.
TUSH KO`RISH.
GIPNOZ.
Uyqu ovqatlanishdan zarur bo`lgan fiziologik jarayondir. Odam ovqatlanmasdan bir necha kecha-kunduz yashashi mumkin, lekin uch kun uxlamasa avtomatik ravishda uxlab qoladi. Odam umrining deyarli uchdan bir qismini uyquda o`tadi. Uyqu yuqori darajada rivojlangan hayvonlar uchun ham zarur. It ovqatsiz ancha uzoq yashashi mumkin, ammo uyqudan maxrum qilinganda tez xalok bo`ladi.
Uyqu vaqtida odam xushidan ketadi, markaziy nerv sistemaning, xususan miya po`stlog`ining faolligi pasayadi, muskul tonusi va sezgirlik susayadi. Shartsiz reflekslar kuchsizlanadi, shartli reflekslar esa tormozlanadi. Ichki a`zolar faoliyati ham sustlashadi. Uyquning bir necha turi bor 1) kecha-kunduzgi davriy uyqu, 2) faslga bog`liq ravishda uyqu, 3) narkotik uyqu, 4) gipnotik uyqu, 5) patologik uyqu. Davriy uyqular-oddiy sharoitdagi fiziologik xolatdir. Narkotik, gipnotik va patologik uyqular maxsus nofiziologik ta`sirotlar natijasida rivojlanadi.
Gipnotik uyqu-ko`pchilikda qiziqish uyg`otadi Bu uyqu maxsus sharoitda gipnozchi tomonidan ishontirish yo`li bilan paydo qilinadi. Gipnoz vaqtida miya po`stlog`i faoliyati tormozlansa-da tashqi muhit bilan aloqa qisman saqlanib qoladi, gipnozlangan shaxs gipnozchi ko`rsatmalarini bajaradi. yashash sharoiti og`ir bo`lgan hududlarda uchraydigan hayvonlarga faslga bog`liq uyqu xos. Masalan, O`rta Osiyo sahrolarida yashovchi qo`shoyoq (tushkanchik) bahor va yoz boshlarida juda faol bo`lib, ko`p ovqat yeydi, semiradi. Kun haddan tashqari isib, o`simliklar qurib qolganda, fasliy uyquga ketadi. Fasliy uyqu boshqa sharoitda yashovchi hayvonlarga ham xos (ayiq).
Narkotik uyquni maxsus narkotik moddalar paydo qiladi. Davriy uyqu har kungi uyqu bo`lib, katta yoshli odamlarda bir bosqichli bo`ladi tunda bir marta yetib, uxlab turiladi. Bolalarda bir uyqu ko`p bosqichli. endi tug`ilgan chaqaloq bir kecha-kunduzda 21 soat, 6 oydan 12 oylik bo`lgan bola 14 soat, 4 yoshda-12 soat, 10 yoshda-10 soat uxlaydi. Kattalarning tungi uyqusi 7-8 soat davom etadi. Bedorlik holatidan uyquga o`tish asta-sekin emas bir zumda sodir bo`ladi Bedor bo`lgan katta yoshli odamning eeG sida chastotasi 13Gts yuqori bo`lgan kichik amplitudani to`lqinlar qayd qilinadi. Osoyishta ko`zini yumib o`tirgan odamning eeG si alfa-ritm qiyofasiga kiradi (8-12 Gts li kichik amplitudali tulqinlar 1-bosqichli). Odam uxlashi bilan teta-ritm paydo bo`ladi, to`lqinlar chastotasi 3-7 Gts dan oshmaydi (2-bosqich). Uyqu chuqurlashganda, tetv-ritmga 12-15 Gts li, davomi 1s bo`lgan "uyqu duklari" qo`shiladi (3-bosqich). Uyquning chukurlashuvi yanada davom etadi, endi yuqori amplitudali, 0,5-2 Gts chastotaga ega bo`lgan to`lqinlar delta-ritm qayd qilinadi (4-bosqich).
Uyquning 5-bosqichiga ko`z soqqalarining tez harakatlanishi xos. Shuning uchun, uni uyquning tez davri deb atashgan. eeG da yuqori chastotali, kichik amplitudali, to`lqinlar paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |