Qurilish maydonlarida yongin xavfsizligini taminlashda iqtisodiy samarador va texnik jihatdan asoslangan ilgor ishlab chiqarish usullarini hamda yonginni oldini olish va ochirishning zamonaviy vositalarini qollash eng zarur omillar jumlasiga kiradi.
Yongin xavfsizligi boyicha tadbirlar qurilishni tashkillashtirish va ishni bajarish loyihalarida ishlab chiqiladi va ular yonginni oldini olish va ochirishni taminlashga qaratilgan boladi. Bu tadbirlar «Qurilishni tashkil qilish», «YOngin xavfsizligi», «Sanoat korxonalarini bosh tarxi», «YOngin xavfsizligi», hamda Ozbekiston Respublikasi IIV YOMBB tomonidan tasdiqlangan umumiy qurilish ishlarida «Yongin xavfsizligi qoidalari» asosida ishlab chiqiladi.
Qurilish maydonining mutasadi rahbarlari (uchastka boshligi, prorab, usta) yongin xavfsizligi boyicha masul hisoblanishadi va quyidagi talablarni bajarishlari shartdir:
-qurilishni tashkillashtirish va ishni bajarish loyihalarida aks ettirilgan yonginga qarshi tadbirlarni va ularga xos yongin xavfsizligi qoidalari talablarini bilishlari hamda barcha ishchi va xizmatchilar tomonidan ularni toliq va sozsiz bajarilishini taminlashlari va nazorat qilishlari;
-meyoriy hujjatlarda korsatilgan ot ochirish vositalari bilan taminlash va ularni hamma vaqt ishlatishga tayyor holda saqlanishini taminlashlari;
-qurilayotgan bino va yordamchi ijtimoiy va omborxonalarni yongin xavfsizligi holatini doimiy nazorat qilib turishlari;
-elektr va issiqlik tarmoqlarini qarovsiz qolmasligini taminlash;
-qurilish maydonida o’t o’chirish uchun zarur bo’lgan suv ta’minoti manbalarini aniqlamasdan va o’t o’chiruvchi mashinlarni to’siqsiz harakatlanishini ta’minlay оladigan yo’llarni hamda telefon-aloqa tarmoqlarini qurmasdan turib qurilish ishlarini boshlamaslikni ta’minlash;
-yongin sodir bolganda zudlik bilan yonginga qarshi hududiy xizmat bolimiga xabar berish va birlamchi ot ochirish vositalari yordamida yonginni bartaraf etishni taminlash.
Muxandis va texnik xodimlarni yongindan muhofaza qilish tadbirlarini bajarishga va shu yol bilan xalq mulkini asrab qolishga jalb qilish maqsadida, mahalliy Davlat yongin nazorati tashkilotlari bilan doimiy aloqada bolib turadigan, xavfsizlik tadbirlarini oz vaqtida bajarilishini nazorat qilishda asosiy omil hisoblanadigan YOngin texnik komisiyaasini (YOTK) tuzish zarur boladi. Qurilish maydonida ishlayotgan har bir ishchi va xizmatchi ish boshlashdan oldin YOngin texnik minimumi (YOTM) boyicha xavfsizlik qoidalariga asosan maxsus oqitilishi va tushuntirishlar olib borilishi shart. Bunday oquv kursini otagan ishchi va xizmatchilar oqish yakunida imtihon topshirishlari lozim.
Tushintirish jarayonida ishchi va xizmatchilarni yongin xavfsizligi meyorlari hamda qurilish maydoniga xos yonginga qarshi tartib va qoidalar bilan batafsil tanishtirilishi shart.
Qurilish muddati bir yildan ortiq davom etadigan katta qurilish maydonlarida yonish va portlash xavfi mavjud bolgan omborxonalar va yordamchi ijtimoiy binolar yongindan muhofazalangan bolishlari, yani yongin darakchilari tizimi bilan jihozlangan bolishlari maqsadga muvofiqdir. Qisqa muddatli qurilish maydonlarida esa bunday toifadagi bino va xonalar oldida birlamchi ot ochirish qalqonlarini ornatish va etarli suv taminoti manbalari kifoya boladi.
Qurilish maydonlarining hajmi va yongin kelib chiqish ehtimoliga qarab bir yoki bir nechta ixtiyoriy yonginga qarshi yordamchilar guruhi tuziladi. Har bir smenada 4-6 kishidan iborat ishchi yordamchi guruh bolishi kerak.