DAVLAT (milliy) RAMZLARI (yun. symbolan - belgi) —
konstitusiya yoki maxsus qonun bilan belgilangan, qoidaga ko’ra muayyan
bir davlatning milliy
mustaqilligini, o’ziga xosligini o’zida
mujassamlashtiradigan, ba’zan ma’lum mafkuraviy mazmunga ega
bo’ladigan tarixiy shakllangan farqlovchi belgilari. Davlat ramzlariga
odatda davlat bayrog’i, davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat rangi, davlat
boshlig’i standarti, davlat muhri, davlat shiori kiritiladi. Ba’zan
konstitusiyalar tantanali sanalarni ham Davlat ramzi qatoriga kiritadi
(masalan, 1991 yil Ruminiya Konstitusiyasi — 1 dekabr Milliy kun).
Do'stlaringiz bilan baham: |