AQLI NORASOLIK - ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida
aqli noraso holatda bo’lgan, ya’ni surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati
vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki boshqa tarzdagi ruhiy kasalligi
sababli o’z harakatlarining ahamiyatini anglay olmagan yoki harakatlarini
boshqara olmagan shaxs javobgarlikka tortilmaydi.
ANALOGIYA (yun. analogia - muvofiqlik, aynanlik, o’xshashlik) -
biror harakat qonunda bevosita ko’rsatilmagan holda shunga o’xshash
hodisani ko’zda tutadigan huquqiy normani mazkur harakatga tatbiq etish.
Huquqning ayrim tarmoqlarida, jumladan, fuqarolik huquqida biror xil
da’vo to’g’ridan-to’g’ri ko’rsatilmagan bo’lsa, sud shunga o’xshash
munosabatlarni ko’zda tutadigan boshqa qonunni qo’llaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |