DAVLATNING TIPI - muayyan davlatlar guruhiga xos bo’lgan
muhim, umumiy belgilar yig’indisidir.
Davlatni tiplarga ajratishda. formasion va sivilizasion yondashuvlar
mavjud.
Formasion yondashuv - vakillari Marks, Engels, Leninlar bo’lib, bu
yondashuv bo’yicha davlatlar ijtimoiy, iqtisodiy rivojlanish darajasi, bazis va
ustqurmasi, sinfiy mohiyati, maqsadi, vazifalari hamda funksiyalari
mezoniga ko’ra tiplarga ajratiladi. Masalan, quldorlik, feodal, burjua
(kapitalistik), sosialistik.
Sivilizasion yondashuv - vakillari Yellinek, Kelzen, Korkunov,
Kryuger, Toynbilar. Bunda davlatlar ijtimoiy iqtisodiy tuzumi bilan bir
qatorda ko’proq ularning ma’naviy, axloqiy va madaniy rivojlanish
darajasiga qarab tiplarga ajratiladi. Masalan, Qadimgi Sharq, Misr, Xitoy,
Hind^ Qadimgi Afina, Qadimgi Rim, O’rta asr davlatlari, hoeirgi zamon
davlatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |