Davlat va nodavlat mtt o’ziga xosliklari Reja: Kirish О‘zbekistonda maktabgacha ta’limni tashkil etilishi



Download 176 Kb.
bet6/7
Sana14.03.2023
Hajmi176 Kb.
#919018
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat va nodavlat MTT o’ziga xosliklari

8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR

11. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tashkilotlarning, shu jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlarning tashkil etilishiga va faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim va tarbiya dunyoviy xususiyatga ega bo‘ladi.
12. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi, tugatilishi mumkin.
13. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasining xalqaro hamkorligi, pedagog kadrlarning amaliyot o‘tashi va ularning malakasini oshirish qonunhujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),


2018 yil 1 avgust

O’zbekiston Respublikasida 2010 yil - “Barkamol avlod yili” deb e’lon qilinganligi "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilab berilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirishimiz lozimligini ko’rsatadi. Chunki har bir mamlakat o’zining iqtisodiy, tarixiy, madaniy, milliy shart-sharoitlari asosida shakllangan ta’lim-tarbiya muassasalari majmuiga-xalq maorifi tizimiga ega bo’lsagina muvaffaqiyatli rivojlanadi. Jamiyat taraqqiyotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish tashkil etadi, degan iqtisodchilar fikrini to’ldirib aytish mumkinki, jamiyat ta’lim-tarbiya tizimisiz rivojlanmaydi. Chunki ta’lim tizimi xalq xo’jaligini malakali kadrlar bilan ta’minlaydi. Yoki moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilarning o’zlarini yaratadi. Moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchilar ma’lum bilim, malaka, ko’nikmalarga ega bo’lishlari zarur. Bu esa ta’lim-tarbiya mahsulidir.


Shuni alohida ta’kidlash lozimki, komil va diyonatli insonni tarbiyalash xalqimizning azaliy orzusidir. O’zbek xalqi azaldan bolaparvar, oilaparvardir. kelajak avlod haqida qayg’urish sog’lom barkamol naslni tarbiyalash yetishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir. Bu muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson o’z farzandining baxtu saodati, fazlu kamolini ko’rish uchun butun hayot davomida kurashadi, mehnat qiladi, o’zini ayamaydi. Bola tug’ilgan kundan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaga xos an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar bilan zuvalasini shakllantiradi. Eng muhimi farzandlar oilaviy hayot maktabi orqali jamiyat talablarini anglaydi, his etadi»(20,4). O’zbek oilasida farzand tug’ilgandan keyin unga yaxshi nom qo’yish, yaxshi o’qitish, ilmli, kasb-hunarli qilish, uylantirish, uyli-joyli qilish, avloddan-avlodga o’tuvchi tug’ma xususiyatdir. Eng muhimi mustaqillik yillarda bu an’analar mustahkamlanib, rivojlanishi uchun davlatimiz ijtimoiy-siyokiy, iqtisodiy shart-sharoit yaratmoqda.
Buning ifodasi sifatida keyingi yillarda mamlaktimizda «Oila yili», «Ayollar yili», 2000 yil-«Sog’lom avlod», 2001 yil-«Ona va bola», 2002 yil-«Qariyalarni qadrlash» yili, 2003 yil-«Obod mahalla», 2004 yil-«Mehr va muruvvat» yili deb e’lon qilinishi fikrimizning isbotidir (1.1.1-tasvir).


Ko’rib turganimizdek, har bir yil nomlanishiga qarab mamlakatimizda ijtimioiy-siyokiy, tarbiyaviy sohalarda ulkan ishlar amalga oshirilganligining guvohi bo’lamiz.
Yosh avlodni sog’lom barkamol inson qilib tarbiyalash uchun davlatimiz hamma chora-tadbirlarni qo’rmoqda. O’z navbatida jamiyat kelajagi, rivoji ko’p jihatdan yosh avlodga beriladigan ta’lim-tarbiyaga bog’liq. Mana shuning uchun ham bugungi kunda biz bu masalaga jiddiy e’tibor bermoqdamiz.
O’zbekiston Respublikasi Mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng o’tgan yillar (ichida), uning iqtisodiy qudratini oshirish, ijtimoiy sohadagi izchilligini ta’minlash, ichki va tashqi siyokatida obro’-e’tibor qozonish, ilmu fanimizni yuksaltirish yo’lida jiddiy va mashaqqatli izlanishlar davri bo’ldi.
Mamlakat hayotining barcha jabhalarida shu jumladan uning taraqqiyotida uzluksiz ustivor soha xalq ta’limining hamma bo’g’inlarini keng qamrovli islohotlar qamrab oldi. Bu islohotlardan ko’zda tutilgan maqsad ta’lim samaradorligini oshirish, mazmunini yaxshilish, pirovard natijada uni jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ma’rifiy rivojlanishiga xizmat qildirishdan iborat.
Ta’lim samaradorligi haqida gapirar ekanmiz, uning o’lchov mezoni xalqaro standartlarga javob berishi bilan belgilanadi. Buning uchun ta’lim-tarbiya sifatini jahon pedagogikasi yutuqlari asosida tashkil etish lozim. Bundan tashqari mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilish, uning hamma bo’g’inlarini demokratlashtirish, uning insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish asosida o’quv-tarbiya mazmunini, uning shakli va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir.
Bu vazifalarni muvaffaqqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el, rivojlangan mamlakatlari ta’limi tajribasidan o’rinli foydalanish muhimdir. Bu tajribalarni chuqur tahlil qilish va qunt bilan o’rganish orqali ta’lim-tarbiyamizga eskirgan, qotib qolgan, o’z ahamiyatini yo’qotgan shakl va uslublaridan voz kechish mumkin. Ta’lim mazmunini yangilash uni boshqarishni takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik texnologiyani qo’llash asosida uni yuksak pag’onaga ko’tarish lozim.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyokatiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi e’tirof qilinganligi haqiqatdir. «Yaponlarda maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli»gina bo’lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.
Ta’lim to’g’risidagi g’amxo’rlik taniqli siyokatchilarning hamisha diqqat e’tiborida bo’lgan.Shuning uchun ham AQSHning sobiq Prezidenti R.Reygan, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri M.Tetcherni, Fransiya sobiq prezidenti F.Mitteranlarni maktab islohotlarning tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi.F.Mitteran maktabni «Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblangan.Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq, Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va nodavlat tashkilotlar va universitetlar, pedagog tadqiqot markazlari shug’ullanmoqda.
Jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichida u yoki bu mamlakat rivojlanishini belgilaydigan omil uning o’z ishlab chiqarishida qanaqa texnologiyadan foydalanishga bog’liq. O’z navbatida ilg’or texnologiyalar asosida aql-zakovat, bilim, ko’nikma va malaka yotadi. Bilim, ko’nikma,malaka esa ta’limning mahsulidir. Jahonning taraqqiy qilgan mamlakatlari AQSH, Yaponiya, Angliya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlar ilmiy, iqtisodiy, harbiy kuch-qudratning manbai ta’lim tizimining mukammalligidadir.
Keyingi vaqtda mamlakatlar rivojlanishi asosida maorifning juda katta rolini tushungan va yaqin vaqtgacha rivojlanayotgan mamlakatlar qatoriga kiritilgan Tayland, Filippin, Singapur, Madakaskar, Malayziya,
Janubiy Koreya kabi mamlakatlar ta’lim tizimlarini tubdan isloh qildilar. Ular o’z ta’lim tizimlari asosida AQSH ta’limini asos qilib, o’z milliy shart-sharoitlari bilan omuxta qildilar.Taxminan asrimiz 60 yillarda amalga oshirilgan bunday ta’lim islohoti tezda o’z mahsulini berdi.Hozirgi vaqtda bu mamlakatlar yillik milliy daromadning o’sishi jihatidan jahonda oldingi o’rinlarga chiqib oldilar.
Ta’limni isloh qilish unda ilg’or pedagogik texnologiyani qo’llash asosida matematikani 1-9 sinflarda o’qitishda jahonda Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya 1-3 o’rinlarni egalladi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan so’ng Amerika ta’lim yo’lidan bordi.Yaponiyada o’quv dasturlari jiddiy murakkablashtirildi. Asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritildi. Umumiy ta’lim maktablarning yangi musiqa ta’limi o’quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o’rganish kiritildi.
«Yaponlarda hamma narsa unutilganda ham ta’lim esda qoladi» degan hikmatli gap bor.

Ta’lim tizimini rivojlantirish asosida mamlakat intellektualini yuksaltirish jamiyat taraqqiyotining hamma jabhalarining rivojlanishiga zamin ekanligini tushungan rivojlangan Dune mamlakatlari-Angliya, Germaniya, Fransiya xalq ta’lim tizimini jamiyat va shaxs ehtiyojlariga muvofiqlashtirish borasida juda katta tadbirlarni amalga oshirdilar. Davlatimiz rahbari sifatida juda ko’p mamlakatlarning iqtisodiy, harbiy, ilmiy texnika qudratining manbalari bilan tanishdi. Siyokiy arbob va mamlakat fuqarosi sifatida chet ellarda ko’rganlarini chuqur tahlil qildi. Bu tajribalarni tahlil qilish uning ta’lim-tarbiyaga qarashlariga aniqlik kiritdi.Shu asosda chet el ilg’or tajribasini milliy urf-odatlarimiz bilan omuxta qilib ta’limni tubdan isloh qilishning nazariy-tashkiliy, iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga kirishdi.
Xalq ta’limining rivojlanish darajasi bilan malakat rivojlanishining uzviy bog’liqdir. « Xizmat taqozosiga ko’ra fan va ta’lim masalalari bilan ham shug’ullanganman. Shu sababli sovet ta’lim tizimining barcha jihatlarini yaxshi bilaman, deb baralla ayta olaman.
Ta’lim tizimining ijobiy tomonlari bilan birga bir qancha salbiy, chunonchi mafkuraga o’ta soxta sodiqlik, sifat emas son orqasidan quvish, haqiqiy bilim malaka uchun emas, amal, diplom uchun o’qish kabi tomonlaridan mustaqil respublikamizda shakllanayotgan ta’lim tizimini xalos qilish zarurligini ta’kidlaydi. Avvalgi ta’lim tizimi vataniga, xalqiga, millatiga, fidokor, mustaqil fikrlaydigan, biror-bir masalani ongli ravishda mas’uliyat bilan hal qiladigan izlanuvchi, yangilikka intiluvchi kadrlarni emas, balki asosan sayoz saviyali xodimlarni, mute kishilarni minglab yetishtirgan edi. Jamiyatni yangilash, islohotlarni hayotga tadbiq etish bozor iqtisodiga o’tish, yangicha fikrlaydigan, xalqi-millatiga sodiq kishilarni tarbiyalashni taqozo qilardi.
«Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq mamlakat miqyokida ta’lim-tarbiya, ilm-fan, hunar o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi.
Busiz jamiyatimizning biron-bir sohasiga o’zgartirish kiritib bo’lmas edi.Islohotlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog’lik javob berishga taqalib qolar edi»
Mamlakat va millat taqdiri va taraqqiyotida ta’lim-tarbiya nihoyatda muhimligini chuqur tushunib, murakkab va ko’p mablag’ talab qiladigan vazifa-mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga jiddiy kirishdi.Bu muammo kadrlar tayyorlash Milliy dasturida o’z ifodasini topdi. «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»ni ishlab chiqish bilan bog’liq jarayon uzoq yillar mobaynida bu sohada talay muammolar yig’ilib qolganini ko’rsatdi. Men bunga ushbu dastur loyihasi ustida sakkiz oy mobaynida ishlash jarayonida amin bo’ldim. Shuning uchun ham bu og’ir, mas’uliyatli, ammo hal qilishning aslo paysaliga solib bo’lmaydigan ishni qadam-baqadam izchillik bilan bajarishga bel bog’ladik. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining o’zagini tashkil etgan Milliy modelimizning keng qamrovliligi va ichki yaxlitligi dunyoda mavjud boshqa modellardan uning prinsipial farqli jihatidir. Milliy modelimizning konsensiyasining mazmuni milliy turmush tarzimiz va ma’naviy-axloqiy an’analarimiz bilan hamnafasdir.
Chunki bizda qadimdan «ma’rifatli inson» tushunchasi ancha keng ma’noni anglatadi. Ma’rifat xalqimiz, millatimiz qon-qoniga singgan. SHarqda ma’rifatlilik faqat bilim va malaka emas ayni paytda chuqur ma’naviyat va go’zal axloq hamdir. Xalqimizda bilimli, komil inson deganda aynan shunday odam tushuniladi. Shuning uchun ham Kadrlar tayyorlash milliy modelida milliy tariximiz va madaniyatimiz hamda hayotimiz unda o’z ifodasini topgan. Ta’lim milliy modelimizning o’ziga xos xususiyati milliyligi ham aynan shundan iboratdir.
1998 yilda Avstraliyada XXIasr ta’limi istiqbollariga bag’ishlangan «Osiyo, tinch Okeani mintaqasida XXI asrda ta’lim muammolari» xalqaro anjumanida ta’limni rivojlantirishga qaratilgan maxsus davlat dasturi faqat ikki mamlakat AQSH va O’zbekistondagina mavjudligi ta’kidlandi.
«Bugungi kunda oldimizga qo’ygan buyuk maqsadlarimizga, ezgu niyatlarimizga erishishimiz jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlarimiz rejalarimizning samarasi, taqdiri-bularning barchasi avvalambor zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutaxassis kadrlar tayyorlash muammolari bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yetmoqdamiz. Respublikamizning taraqqiyoti milliy poklanish va qadriyatlarimizni tiklash ko’p jihatdan fuqarolarimiz, ayniqsa, yoshlarimizning o’zligini anglashga bog’liq bo’lib qolmoqda, faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatda o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin»
Shuning uchun O’zbekiston respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov Respublikaning birinchi qadamlaridanoq buyuk qadriyatlarimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat bergan edi.
Jahon rivojlangan mamlakatlari tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, mamlakat rivojining tezlashuvida ta’lim-tarbiya, yosh avlodning tezlashtiruvchi (katalizator) rolini o’ynaydi. Tarbiyalanganligi xalq, vatan yo’lidagi fidoiyligi o’ziga xos Sir emaski, har qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti-er usti, tabiiy boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, birinchi navbatda o’zining yuksak madaniyati va ma’naviyati bilan kuchlidir.
Shundan kelib chiqib, davlatimiz siyokatini belgilashda ta’lim tizimini rivojlantirishga alohida e’tibor berib kelmoqda. Respublika mustaqil bo’lgach 1992 yil 2 iyunda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim» to’g’risidagi Qonuni qabul qilindi.1996-1997 o’quv yilidan boshlab maktablarning birinchi sinflarida o’qish yangi lotin alifbosida olib borildi. Yangi alifboda o’qitish uchun zarur dastur qo’llanmalar va darsliklar nashr qilindi. 300ga yaqin yangi turdagi ta’lim muassasalari ochildi. Oliy o’quv yurtlari qoshida 46ta litsey tashkil etildi, pedagoglar chet ellardagi ilg’or tajribalarni o’rganish maqsadida xorijga yuborildi.
Shu bilan birga murabbiylar va o’qituvchilarning ma’naviy va moddiy ahvolini yaxshilash ishlari belgilanib amalga oshirildi. Mamlakatimizda o’qituvchilar va murabbiylar kuni belgilanib, u umumxalq bayrami sifatida dam olish kuni, deb e’lon qilindi. O’rta maxsus ta’lim sohasida ham joylarda biznes maktabi, kasb-hunar kurslari ochildi. Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, yangi mutaxassislar-fermerlar, soliq va bojxona xodimlarini tayyorlash yo’lga qo’yildi. Toshkent, Samarqand, Urganch, To’rtko’l, Andijon, Buxoroda bank iqtisodiyot kolejlari ishga tushurildi.
Mamlakatimiz oliy ta’limida ham qator o’zgarishlar amalga oshirildi. Ularga qabul xolisona test usulida tashkil etildi. Viloyatlarda pedagogika institutlari universitetlarga aylantirildi. Oliy o’quv yurtlarida ta’lim jarayonini takomillashtirish maqsadida 200dan ortiq yuqori malakali chet el olimlari jalb qilindi.
Shu bilan birga Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, Bank va moliya akademiyasi, Xalqaro munosabatlar va diplomatiya universitetlari tashkil etilishi Respublika xalq xo’jaligini yuqori malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Respublikamiz ta’lim sohasidagi islohotlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo’llab-quvatlash borasida ham ibratli ishlar amalga oshirildi. Eng avvolo ta’lim tizimini davlat siyokatining ustivor yo’nalishi deb e’lon qilindi. Unga ajratiladigan mablag’ miqdori (umumiy byudjetga ajratiladigan mablag’ning 7-8% tashkil etadi) keskin ko’paytiriladi. Bundan tashqari byudjetdan tashqari ta’lim muassasalarning o’zlari mablag’ topishi yo’lga qo’yildi.
Ta’lim muassasalariga korxonalar bilan shartnoma asosida mablag’ topishlari uchun siyokiy-yuridik asosda yaratildi. CHet el korxonalar tashkilotlari, alohida kishilardan hamda mamlakatimiz fuqarolarining xayriya tariqasidagi mablag’laridan ta’lim sohasidan foydalanish uchun keng asosda yaratildi. Shu bilan birga «Mahalla», «Kamolot», «Istedod», «Sog’lom avlod» jamg’armalari ta’lim-tarbiya ishi, yosh avlodni jismonan sog’lom va ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda katta hissa qo’shib kelmoqdalar.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan to 1997 yilgacha ta’lim-tarbiya sohasida juda katta ishlar amalga oshirilgan bo’lsada, ular Respublika hayotida yuz bergan ijtimoiy-siyokiy, milliy, demokratik o’zgarishlar talabiga to’la javob bera olmasligini e’tirof etdi va bu sohadagi islohotlarni chuqurlashtirish zaruriyati tug’ulganini, amalga oshirilgan tadbirlar hayot talab qilgan natijalarni bermayotganini ta’kidlaydi. «Avvalo shuni ta’kidlashimiz kerakki, biz eski sho’rolar zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlardan va sarqitlardan hali-beri to’liq qutilganimiz yo’q. Ikkinchidan, barcha amaldagi o’zgarishlar va tadbirlar asosan yuzaki bo’lib, ta’lim-tarbiya va o’quv jarayonlarning tarkibiy bosqichlarini bir-biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarini yechib bergan emas.
Uchinchidan, bizning amaldagi ta’lim-tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko’p joylarda yaqqol ko’rinmoqda. «Bugungi kunda mutaxassis kadrlar tayyorlash ta’lim va bilim berish tizimi hayotimizda va jamiyatimizda bo’layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan bog’lanmaganligi har tomonlama seziladi.
Mamlakat xalq ta’lim tizimini isloh qilishning sabablarini tahlil qilish bilan birga bu vazifani yechishda mamlakat oldida turgan tashkiliy-iqtisodiy, pedagogik kadrlar masalasining mohiyatini ham ochib berdi. Bunda eng muhim masala ta’lim-tarbiyaning tashkilotchisi, islohotni amalga oshirishda muhim rol o’ynovchi pedagoglar masalasi ekanligi alohida ta’kidlaydi. Bu paysalga solib bo’lmaydigan dolzarb masala ekanligini ta’kidladi.
Xalq ta’limini isloh qilishda eski ta’lim tizimdagi kamchiliklardan biri uning bo’g’inlari o’rtasidagi uzviy bog’liqlikning yo’qligini bartaraf qilish, boshlang’ich ta’limni yuqori malakali tajribali pedagoglar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berish lozimligini asosladi. Boshlang’ich ta’limga past nazar bilan qarash, uni ikkinchi darajali deb qarash,o’rta ma’lumotli o’qituvchilarning ishlashi mutlaqo chidab bo’lmasligini alohida ta’kidladi..
«Vaholanki bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarda eng yetuk, eng tajribali murabbiylar birkitib qo’yilishini oddiy mantiqning o’zi talab etadi.
Mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishda milliy qadriyatlarni o’zaro omuxta qilish asosida yosh avlodni vatan, xalq tuyg’ularini shakllantirish, urf-odatlarimiz ruhida tarbiyalash muhimdir. Buning uchun ta’lim mazmunini belgilashda fan asoslari bilan birga axloq-odob, siyokiy, huquqiy tarbiyaviy fanlarni ham kiritish lozimligini ta’kidlanadi. «Umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan fanlarning soni 20taga yetadi. Lekin afsuski, o’quv rejalarida yoshlarga axloq va odob, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy bilimlar asoslarini o’rgatadigan fanlar yetarli o’rin olgan emas (20, 8).
Ta’lim mazmunini belgilashda darsliklar masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Ular eski mafkuralardan xoli, milliy mustaqillik ruhi bilan sug’orilgan hamda hozirgi zamon ilg’or axborot va pedagog texnologiyalar asosida yozilishi zarur. Ta’lim mazmunida ona tili ta’lim alohida o’rin egallashi lozim. Bunda ona tilini mukammal o’rganish asosida chet tillarni egallash yo’lidan borish lozim. Bunda asosiy vazifa «O’z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida go’zal, ravon va lo’nda ifoda eta oladigan yoshlarni tarbiyalashga erishishdir».
Mamlakatimiz xalq ta’limini tizimini isloh qilish to’g’risidagi fikr yuritganda ta’lim jarayonining ishtirokchi sub’ektlari o’qituvchi va o’quvchi, o’qituvchi rahbar, rahbar-o’quvchi munosabatlarini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, sharqona milliy asosda o’quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, ijodiy izlanishga o’rgatish muhimligini ta’kidladi. Umuman maktablarda bolalar mustaqil fikr yuritishga o’rgatiladimi? Aminmanki, o’rgatilmaydi. Mabodo biror o’quvchi e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda o’qituvchi hukmron. U boladan faqat o’zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi.
O’qituvchi va o’quvchi munosabatdagi majburiy itoatkorlik o’rnini ongli intizom egallashi juda qiyin ketayapti. O’qituvchining bosh vazifasi o’quvchilardan mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishdan iboratligini ko’pchilik yaxshi tushunamiz, lekin afsuski, amalda tajribamizda unga rioya qilmaymiz.

Mamlakatimiz xalq ta’limini isloh qilishda, uning hamma bo’g’inlari uzluksiz ta’lim tizimining qismlari sifatida o’zaro uzviy bog’liqlik asosida tashkil etish muhimdir. Shuning uchun mavjud ta’lim tizimini umumiy o’rta ta’lim (1-4, 5-9 sinflar) o’rta maxsus (akademik litsey, kasb-hunar kolejlari) - 3 yillik, oliy ta’lim-4 yillik, bakalavr-2 yil magistratura shakllarida uzviy bog’lik tashkil etish zarurligi asoslandi.


Bu masala o’zining ilmiy, siyokiy, iqtisodiy, yuridik asosini Prezident rahbarligida ishlab chiqilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida topdi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy maqsadi ijodiy, erkin mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashdir. Buning uchun hayotimiz boshqa jabhalarini isloh qilishga qo’l kelgan bosqichma-bosqich o’tish tamoyilidan foydalanish muhimdir. Shundan kelib chiqib «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni uch bosqichdan ketma-ket amalga oshirish dasturi ishlab chiqilib, bugungi kunda o’z samarasini bermoqda.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da amalga oshirish lozim bo’lgan ishlar, tamoyillari va undan kelib chiqadigan vazifalar, hujjatlar o’zining batafsil tahlili dasturi ishlab chiqilgan. Unda mamlakatimiz ta’limi tizimining huquqiy, siyokiy, ilmiy hujjat sifatida uzluksiz ta’limni bo’g’inlari ham o’z aksini topgandir. Ular: maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, umumiy o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim: aspirantura, doktorentura hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish va maktabdan tashqari ta’lim-tarbiya muassasalaridan iboratdir.
Milliy dasturda ta’lim olish, kasb-hunar egallashda har bir hududning o’ziga xos xususiyatlari ham o’z ifodasini topgan.
Milliy dasturning yana bir muhim xususiyati unda jamiyat va shaxs ehtiyojlarinng o’zaro uyg’unligiga alohida e’tibor berilgandir. Shu yo’l bilan jamiyat taraqqiyotini tezlashtirish, uning intellektual imkoniyatini yuksaltirish orqali ishlab chiqarishni yuksak texnologiya asosida tashkil etishga erishamiz.
«Bugun xalqaro hayot,-deb ta’kidladi Prezident,-kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirganki, endi unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, fikr, ilg’or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» o’quv tarbiya jarayonini sifatini jahon standartlari darajasiga ko’tarish ma’lum zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining butunlay yangi usullarini joriy etishga keng imkoniyat yaratadi. Shu asosida ta’lim jarayonida yoshlarga milliy uyg’onish va umuminsoniy qadriyatlarini idrok etish orqali vatanga mehr-muhabbat, mustaqillik ideallariga sadoqat ruhida tarbiyalashga erishiladi. Chunki «aql zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni taribyalay olsakgina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va tarakqiyot qaror topadi.
Ta’limning milliy modeli shu maqsadga xizmat qilishi, unga erishishni tezlashtirishi lozim.
Ta’lim-tarbiya masalalari mavzusida fikr yuritar ekanmiz, shuni alohida ta’kidlash lozimki, uning hamma asarlarida mamlakat iqtisodiy-siysiy, ilmiy-mafkuraviy, milliy masalalar o’z talqinini topgandir. O’z navbatida bular ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Prezident I.A.Karimov ta’lim-tarbiya haqidagi konsepsiya uning butun faoliyati davomida o’ylab, fikran va nazariy pishitib, davlat rahbarligi davrida real voqelikka aylandi. Ta’lim-tarbiyada millat, jamiyat kelajagini ko’rdi.
Bundan tashqari xalq-millat, mamlakat oldidagi mas’uliyat hissi ham yuqoridagi insoniy tuyg’uni kuchayishiga sabab bo’ldi. Ayniqsa tarixiy voqea-mamlakatimizning o’z mustaqilligiga erishuvi va unda tarix bu jarayonga rahbarlik qilishni zimmasiga yuklashi uning fuqarolik pozitsiyasiga ijtimoiy-tarixiy mohiyat kasb etishiga olib keldi va tashkilotchiligi va ilmiy rahbarligida ishlab chiqilgan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» barkamol avlodni tarbiyalash borasidagi uning fikrlarining yaxlit bir tarixiy hujjati, desak xato bo’lmaydi. Unda «ta’lim oluvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifat ishlarining samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish»ning keng qamrovli uzoqqa mo’ljallangan dasturi ishlab chiqildi va muvaffaqiyat bilan hayotga tadbiq etilmoqda. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyokati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs- fuqaroni shakllantirish ilmiy asoslangandir.
Shu bilan birga, bu hujjatda «Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» ma’ruzasida qo’yilgan o’qituvchi bilan o’quvchi munosabatlarini va butun ta’lim tizimining hamma bo’g’inlarini insonparvarlashtirish masalasi o’zining ilmiy yechimini topgan.
Ta’limning insonparvarlashuvi-inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga nisbatan bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvini amalga oshirish dasturining muhim vazifasi hisoblanadi. Shu bilan birga «ta’limning ijtimoiylashuvi-ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish» ham butun ta’lim tizimi ishtirokchilarining o’ta muhim vazifasi ekanini mazkur hujjatda metodologik jihatdan asoslab berildi.
Ta’lim islohotining mazmunini belgilovchi hujjatlar «Ta’lim to’g’risidagi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li», «O’zbekiston iqtisodiy siyokatining ustuvor yo’nalishlari», «O’zbekistonning siyokiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari», «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin». «Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q» mustaqil mamlakatimiz rivojlanishining tamal toshlari va ta’lim tizimini yangicha barpo qilish metodologiyasi qadamba-qadam asoslandi.
XULOSA

Yuqoridagilardan kelib chiqib, jamiyat rivojlanishining hal qiluvchi xalqalarini ham metodologik jihatdan asosladi. Bu esa kadrlar masalasidir. G’oyaviy-siyosiy yetuk, o’z xalqi, Vataniga sodiq kadrlarni tayyorlamasdan turib na jamiyatni, na uni ta’lim tizimini rivojlantirib bo’lmaydi. Shuning uchun Vatanimizning mustaqillik yo’lidagi rivojlanishining dastlabki qadamlaridan boshlab kadrlar tayyorlashga ustuvor soha deb qaraldi. Bu vazifani yechish ham ta’lim tizimi ishtirokisiz amalga oshmas edi.


Mustaqillik sharoitida ta’lim tizimi oldida qo’yilgan metodologik masalalardan yana biri unda ishtirok etuvchi sub’ektlar munosabatini o’zgartirishdir. Mustaqillik o’z mohiyati bilan jamiyat hayotining hamma soxalarida yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishni taqozo qiladi. Shuning uchun ta’lim tizimida hukmron bo’lgan ma’muriy-buyruqbozlik talablari yuqoridan buyruqqa yoki rahbarlar irodasiga hech so’z bo’ysunuvchi shaxsni tarbiyalashdan erkin, ozod, mustaqil fikrlovchi, o’z fikrini himoya qiladigan fuqaro-shaxsni tarbiyalash uning bosh vazifasi qilib belgilandi. Erkin, ozod, mustaqil fikrlovchi insonni tarbiyalash ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’zaro munosabatlarini tobe’lik, hukmronlikdan tenglik asosida qurish ham mustaqillik g’oyasining talabidir.
Bu esa ta’lim jarayonida yangi metodologik asos o’quvchi maqomini o’zgartirishda, ya’ni o’quvchini passiv bilim o’rganuvchi sifatida emas, balki mustaqil bilim o’rganuvchi, bilimni izlash, o’zlashtirish sub’ekti sifatida qarashni taqozo qiladi.
O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarni yangi metodologik asosda qurilishi butun ta’lim jarayoni, uning maqsadi, mazmuni, usub va vositalarini, shakl va metodlarni o’zgartirishni taqozo qiladi. Yangi g’oyani kishilarga singdirish, shaxs shakllanishiga yangicha yondoshish, ta’lim-tarbiyani yangicha tashkil qilishni, eski usullar bilan amalga oshirib bo’lmaydi.



Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish