Davlat va nodavlat mtt o’ziga xosliklari Reja: Kirish О‘zbekistonda maktabgacha ta’limni tashkil etilishi


-BOB. OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA



Download 176 Kb.
bet5/7
Sana14.03.2023
Hajmi176 Kb.
#919018
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat va nodavlat MTT o’ziga xosliklari

6-BOB. OILAVIY NODAVLAT MAKTABGACHA
TA’LIM MUASSASASINI BOSHQARISH VA
UNING FAOLIYATINI NAZORAT QILISH
1. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarish muassis tomonidan amalga oshiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari har chorakda kamida bir marta o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga taqdim etadi.
2. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini nazorat qilish muassis tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
3. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tomonidan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablarining va ta’lim-tarbiya dasturlarining bajarilishini nazorat qilish ushbu sohadagi vakolatli organ - O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
4. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish, ularning faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va to‘xtatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


7-BOB. NODAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM
MUASSASASINI MOLIYALASHTIRISH
VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASH
5. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasiga mol-mulk qonun hujjatlarida belgilangan tartibda biriktiriladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi o‘ziga biriktirilgan mol-mulkni va o‘ziga ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olingan mol-mulkni qonunhujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
6. Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy organlari tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati uchun zarur bo‘lgan jihozlar, asbob-uskunalar va o‘quv materiallari beriladi. Mazkur jihozlar va o‘quv materiallaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish va ularning saqlanishiga oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi javob beradi.
7. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq muassisning mablag‘lari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan subsidiyalar hisobidan moliyalashtiriladi.
8. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga quyidagi maqsadlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratiladi:
tarbiyachi va yordamchi xizmatlariga tegishli toifa bo‘yicha qisqa muddatli yoki 9-soatlik davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan mehnatga to‘lanadigan haqqa teng shartlarda va hajmlarda ish haqi to‘lash;
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlar bo‘yicha ovqatlanish, yumshoq inventar, anjomlar va dori-darmonlarga ajratilayotgan miqdorlarda xarajatlarni qoplash;
10. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.


Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish