Davlat va nodavlat mtt o’ziga xosliklari Reja: Kirish О‘zbekistonda maktabgacha ta’limni tashkil etilishi


VIII. O‘QUV-TARBIYA JARAYONI TUZILMASI



Download 176 Kb.
bet4/7
Sana14.03.2023
Hajmi176 Kb.
#919018
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davlat va nodavlat MTT o’ziga xosliklari

VIII. O‘QUV-TARBIYA JARAYONI TUZILMASI
VA UNI TASHKIL ETISH

1. Bolalar muassasalarining asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:


bolalar yaslisi;
bolalar bog‘cha-yaslisi;
bolalar bog‘chasi;
xonadonlardagi bolalar bog‘chasi (ham mustaqil muassasa, ham filial sifatida).
Ota-onalarning arizasi bo‘yicha hokimlikning qarori bilan maktabgacha tarbiya muassasasida, shu jumladan, shartnoma asosida, bolaning bog‘chada qisqa muddatda bo‘lishi uchun guruhlar (sayrli, navbatchi guruhlar) yertalabki, kechki soatlarda, shuningdek, shanba va yakshanba kunlari ochilishi mumkin. Bunday guruhlarda ota-onalar bolani uch soatgacha qoldirishlari mumkin. Bunda maktabgacha tarbiya muassasasiga doimiy qatnovchi bolalarning manfaatlari kamsitilmasligi kerak.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va guruhlari:
nutqida nuqson bo‘lgan (qulog‘i yeshitadigan) bolalar uchun;
yeshitish qobiliyati zaif bolalar uchun;
ko‘rish qobiliyati zaif bolalar uchun;
tayanch-harakat a’zolarida nuqson bo‘lgan bolalar uchun;
ruhiy rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
aqli zaif bolalar uchun tashkil yetiladi;
tuberkulyoz (sil) xastaligi yendi ko‘rinish bera boshlagan, sil xastaligining kichik va pasayib borayotgan shakllari bo‘lgan bolalar uchun sanatoriya tipidagi maktabgacha tarbiya muassasalari; tez-tez kasallanuvchi bolalar uchun; virusli gepatit bilan og‘rigan bolalar uchun, shuningdek, agar ularga yehtiyoj tug‘ilsa, boshqa ixtisosdagi maktabgacha tarbiya muassasalari tashkil yetiladi.
Maxsus maqsadli maktabgacha tarbiya muassasalarini tashkil yetish tartibi, ular ishining o‘ziga xosligi, ularga qabul qilish qoidalari, bolalar ta’lim-tarbiyasini tashkil yetish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli yo`riqnomalar va dasturiy-uslubiy hujjatlar bilan belgilanadi. Yetim bolalar, ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun bolalar uylari, mehribonlik uylari, maktab-internatlar huzurida maktabgacha tarbiya guruhlari tashkil yetiladi, ularning maqomi tegishli nizomlar asosida belgilanadi.
3. Maktabgacha tarbiya muassasasini tashkil yetish, qayta tashkil yetish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan davlat umumta’lim muassasalarini tashkil yetish va tugatish tartibi haqidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Maktabgacha tarbiya muassasasi quyidagilarga bo‘linadi:
davlat maktabgacha tarbiya muassasalari (hokimlik qarori bilan tashkil yetiladi);
idoraviy maktabgacha tarbiya muassasalari (idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning qarori bilan tashkil yetiladi);
kooperativ maktabgacha tarbiya muassasalari ("Kooperatsiya to‘g‘risida" gi Qonunda nazarda tutilgan tartibda tashkil yetiladi); aksionerlik maktabgacha tarbiya muassasalari (amal-dagi qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda aksionerlik korxonalari, tashkilotlari mablag‘lari hisobidan tashkil qilinadi);
jamoatchilik asosida maktabgacha tarbiya muassasalari (yotoqxonalar, turar joylardan foydalanish idoralari, madaniy va savdo markazlarida, shuningdek, oila yehtiyojlaridan kelib chiqqan holda boshqa ko‘rinishlarda tashkil yetiladi);
xonadonlardagi maktabgacha tarbiya muassasalari (kooperatsiya to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va xonadonlardagi maktabgacha tarbiya muassasalari to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bir yoki bir necha oila tomonidan tashkil qilinadi);
aralash maktabgacha tarbiya muassasalari (davlat, kooperativlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va oilalar tomonidan ulush qo‘shib shartnoma asosida tashkil yetiladi).
5. Maktabgacha tarbiya muassasasi zamonaviy talablarga javob beradigan, iqlim sharoitlarini, yekologik vaziyatni va tarkib topgan milliy an’analarni hisobga olgan holda maxsus loyiha bo‘yicha qurilgan binoda tashkil yetiladi. Umumiy yo`nalishdagi maktabgacha tarbiya muassasasi uchun 140-160 o‘rin, maxsus maqsadli maktabgacha tarbiya muassasasi uchun 90-120 o‘rin maqbul deb hisoblanishi kerak.
6. Maktabgacha tarbiya muassasasi muassislar tomonidan Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan ro‘yxat zarur inventari va jihozlar bilan ta’minlanadi.
7. Maktabgacha tarbiya muassasasining ish tartibi ota-onalarning istagi hisobga olingan holda xalq ta’limi bo‘yicha Kengash hamda maktabgacha tarbiya muassasasi pedagoglari Kengashi bilan kelishgan holda xalq ta’limi boshqarmasi (bo‘limi) ning, maktabgacha tarbiya muassasasi qarashli bo‘lgan korxona, muassasa, tashkilotning taqdimnomasi bo‘yicha hokimlikning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha tarbiya muassasasi yoki uning ayrim guruhlari bolalar haftasiga 5, 6, 7 kun kunduzi, sutka mobaynida yoki qisqa muddat bo‘ladigan tartibda, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari bilan ishlashlari mumkin. Xodimlarga dam olish kunlari o‘zgaruvchi jadval bo‘yicha beriladi. maktabgacha tarbiya muassasasining, shu jumladan, uning ayrim guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota-onalar yehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u yertalabki 6.30 dan barvaqt va kechki 21.00 dan kech bo‘lmasligi kerak.
8. Maktabgacha tarbiya muassasasida bolalarni ovqatlantirish ish kuni davomiyligini hisobga olgan holda oziq-ovqat mahsulotlarining naturadagi normalariga muvofiq tashkilqilinadi. Bolalar 6 soatdan kam bo‘ladigan guruhlarda ovqatlantirishni tashkil qilish, uning shakli va necha martaligi ota-onalar bilan kelishuvga binoan belgilanadi.
9. Maktabgacha tarbiya muassasasi pedagogik vazifalarni hal yetish maqsadida pedagoglar Kengashi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi pedagoglar Kengashini tashkil yetadi.

Download 176 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish