Mustaqillik yilnomasi 1995
DAVLAT VA JAMIYAT
|
23-24 fevral. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Prezident Islom Karimov O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy tamoyillari haqida ma’ruza qildi.
26 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning vakolatlari muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish masalasiga bag‘ishlangan Umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi.
|
29 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga prezidentlik vakolatlari muddatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma topshirildi. Xalq ishonchining ushbu mandatini davlat rahbariga O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiya raisi Qudratilla Ahmedov 26 martda bo‘lib o‘tgan Umumxalq referendumining yakunlari asosida topshirdi.
1 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashi to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
31 avgust. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis III sessiyasida qabul qilingan "Mehnat shuhrati" ordenini ta’sis etish to‘risida"gi Qonunini e’lon qildi.
31 avgust. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis III sessiyasida qabul qilingan "Shon-sharaf" ordenini ta’sis etish to‘risida"gi Qonunini e’lon qildi.
15 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 30 avgustdagi qaroriga binoan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining "Harbiy doktrinasi" e’lon qilindi.
26 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "1996 yilni Amir Temur yili" deb e’lon qilish to‘risida" Farmon chiqardi.
IQTISODIYOT
|
20 yanvar. Toshkentda BMT missiyasi vakillari ishtirokida O‘zbekistonning taraqqiyot istiqbollariga bag‘ishlangan Xalqaro seminar o‘z ishini boshladi.
Yanvar. Toshkentda "Xotin-qizlar va tadbirkorlik" mavzuida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.
Yanvar. Navoiy - To‘rtko‘l - Nukus yangi temir yo‘li liniyasini qurish ishlari boshlab yuborildi.
|
9 mart. Toshkentda O‘zbekiston va Chexiya respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
13 mart. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviakompaniyasining A-310 aerobusi Toshkent - Riga - Toshkent marshruti bo‘ylab dastlabki yo‘lovchilarni tashish reysini amalga oshirdi.
Mart. Toshkentda "Atrof-muhitni saqlab qolish - Markaziy Osiyo davlatlari uchun kelajak vazifasi" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
11 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Eksport-import operatsiyalarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
12 aprel. Toshkentda Germaniyaning "Alkatel" firmasi ishtirokida montaj qilingan besh ming raqamga mo‘ljallangan O‘zbekistonda birinchi raqamli elektron ATS foydalanishga topshirildi.
25 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Rotshild end Sans LTD" banki raisi janob Evelin de Rotshildni qabul qildi.
Aprel. Toshkentda Respublikada birinchi xususiylashtirish va investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Xalqaro banki ("O‘zxususiybank") ochildi.
Aprel. Toshkentdagi aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida V.P.Chkalov nomli IL-76 samolyotining kapital qayta tiklash-ta’mirlash ishlarini bajarishga kirishildi. Ilgari bunday ishlar Rossiya aviata’mirlash zavodlarida bajarilardi.
3 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ)ning boshqaruvchi direktori Mishel Kamdessyuni qabul qildi.
16 may. Toshkentda O‘zbekiston va Slovakiya Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillarining birgalikdagi biznes seminari bo‘lib o‘tdi.
18 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Amerikaning "Keys" kompaniyasining shu kompaniya prezidenti Jan Pyer Rosso boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Suhbat davomida hamkorlikning yanada rivojlantirilishi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
24 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Nyumont mayning korporeyshn" kompaniyasining shu kompaniya prezidenti va direktorlar kengashi raisi Ronald Si Kembri boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Suhbat davomida kompaniya prezidenti juda qisqa muddatda barpo etilib, foydalanishga topshirilgan "Zarafshon-Nyumont" qo‘shma korxonasini amalga oshirish ishida qo‘llab-quvvatlangani uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorchilik izhor etdi.
25 may. Muruntovda O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi samarali hamkorlik natijasida barpo etilgan "Zarafshon-Nyumont" qo‘shma korxonasi ochildi. Bu korxona har kuni 37 tonnalik tuproq qatlamlarini qayta ishlab, ulardan jahon andozalari darajasidagi oltin va kumush oladi.
25 may. Andijondagi Bobur nomli ip-gazlama buyumlari ishlab chiqaradigan aksionerlik jamiyati raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarganligi, ularning yuqori sifatliligi, shuningdek, yosh suveren mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda, uning jahon iqtisodiyotiga kirib borishida faol ishtirok etgani uchun Amerikadagi Sharq taraqqiyoti jamg‘armasi ta’sis etgan "Oltin globus" sovriniga sazovor bo‘ldi.
2 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Jahon bankining mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Parvaz Hasanni qabul qildi.
14 iyun. Navoiy kon-metallurgiya kombinatining Uchquduqdagi 3-gidrometallurgiya zavodi ishlab chiqarish quvvatlarining birinchi navbati ishga tushirildi.
14-20 iyun. Toshkentda birinchi savdo-sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston poytaxtining 85 ta davlat, aksionerlik, xususiy va qo‘shma korxonalari ishtirok etdi.
Iyun. Navoiy shahrida oltin qazib olish, kon-metallurgiya va neftni qayta ishlash sanoatida tahlil etuvchi uskunalardan foydalanish bo‘yicha Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
28 iyul. Toshkentda O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasining ta’sis s’yezdi bo‘lib o‘tdi.
31. iyul. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi "YUNISEF - "Ekosan"ning "Aspera" loyihasini amalga oshirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
7 avgust. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasida O‘zbekistonning ijtimoiy rivojlanishiga bag‘ishlangan milliy ma’ruzaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
17 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "G‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on yangi temir yo‘li liniyasining loyihalashtirilishi va qurilishga doir masalalar to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
21 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Xorijiy sarmoyalar bo‘yicha agentlikni tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
28 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturi to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
29 avgust. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida emalli simlar ishlab chiqaradigan sex ishga tushirilgani haqidagi xabar e’lon qilindi.
7-8 sentyabr. Toshkentda germaniya sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
14 sentyabr. Toshkentda Hindiston savdo-sanoat ko‘rgazmasi ochildi.
23 sentyabr. Toshkent viloyatining Zangiota tumanida vino ishlab chiqaradigan O‘zbekiston - Italiya "Farital" qo‘shma korxonasining ochilish marosimi bo‘ldi.
Sentyabr. Toshkentda Kyolnning "Glaxe internatsional" ko‘rgazmalar jamiyati tomonidan tashkil etilgan Xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda 11 ta mamlakatning 130 ta firmasi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.
3 oktyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining tantanali ochilishi marosimi bo‘ldi.
12 oktyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi bilan Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasida moliyaviy hamkorlik haqidagi hukumatlararo Bitim imzolandi.
13 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov AQSH Savdo vazirligi maslahatchisi, energetika va savdo sohasida MDH mamlakatlari bilan hamkorlik AQSH ma’muriyatining vakili Yan Kalitski boshchiligidagi AQSH delegatsiyasini qabul qildi.
26-27 oktyabr. Jenevada "O‘zbekiston xususiylashtirish - sherikchilik uchun imkoniyatlar" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Oktyabr. Buxoroda uyali aloqa stansiyasi qurilishi tugallandi va foydalanishga topshirildi.
17 noyabr. Namanganda o‘zbek-turk qo‘shma "Asnam-tekstil" korxonasi yigirilgan ip ishlab chiqara boshladi.
Noyabr. Andijon mexanika zavodida chigitni plyonka ostiga ekadigan seyalka loyihalashtirildi va yig‘ildi.
6 dekabo. Toshkentda Amerika Qo‘shma Shtatlari vazirlik, kompaniya va firmalari vakillari ishtirokida xalqaro biznes-seminar bo‘lib o‘tdi.
13 dekabr. Toshkentda Litva yengil sanoati tovarlarining ko‘rgazma-taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Dekabr. Toshkentda donli ekinlar bo‘yicha Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. Unda MDHga a’zo bo‘lgan Markaziy Osiyodagi beshta va uchta Kavkazorti mamlakatlari vakillari ishtirok etdi.
Dekabr. Parijdagi tashqi savdo markazida O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi va Fransiya - O‘zbekiston hamkorligiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Uning ishida Fransiya firmalari va kompaniyalarining yuzdan ortiq rahbarlari va vakillari ishtirok etdilar.
Dekabr. Xorazm viloyatining Shovot tumanida paxta terish mashinalari uchun shpindellarni tayyorlash bo‘yicha yangi zavod ishga tushirildi.
TASHQI SIYOSAT
|
27 yanvar-1 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shveytsariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tgan an’anaviy Butun-jahon iqtisodiy anjumanda ishtirok etdi.
15-17 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasqsa bo‘ldi. Tashrif chog‘ida Islom Karimovga Koreya Respublikasining eng oliy mukofoti - "Mugunxva" katta ordeni topshirildi.
|
8-9 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov fashizm ustidan qozonilgan Buyuk g‘alabaning 50 yilligiga bag‘ishlab Moskvada bo‘lib o‘tgan bayram tantanalarida ishtirok etdi.
26 avgust. Toshkentda YUNESKO bosh direktori Federiko Mayor bosh-chiligidagi rasmiy delegatsiya bilan O‘zbekiston Respublikasining YUNES-KO ishlari bo‘yicha milliy komissiyasi a’zolari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston hukumati bilan YUNESKO o‘rtasidagi ham-korlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
28 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tur-kiy tillarda so‘zlashadigan davlatlar rahbarlarining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvida va qirg‘iz eposi "Manas"ning 1000 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etdi.
22-24 oktyabr. Nyu-Yorqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 50-sessiyasining tantanali majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Pre-zident Islom Karimov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi hukumat delegatsiyasi ishtirok etdi.
11 noyabr. Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Benazir Bxutto rasmiy amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. O‘zbekiston Respubli-kasi Prezidenti Islom Karimov bilan Benazir Bxutgoning uchrashuvi chog‘ida mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashi-nildi. Shuningdek, O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi iqtnsodiy, madaniy va savdo aloqalarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
14 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxona va xalqaro tashkilotlarning ish sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
IJTIMOIY HAYOT
|
Ta’lim. Fan
19 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
19 may. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkentda "Islomni tadqiq qilish bo‘yicha Xalqaro markaz tashkil etish to‘risida" Qaror qabul qildi.
|
31 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Toshkent davlat aviatsiya institutini tashkil etish to‘risida" Farmon chiqardi.
7 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Navoiy Davlat konchilik institutini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
2 sentyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining ochilish marosimi bo‘ldi.
14 sentyabr. Vazirlar Mahkamasi "Toshkent Davlat universitetiga Mirzo Ulug‘bek nomini berish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
15 sentyabr. Toshkentdagi "Turkiston" saroyida M.Ulug‘bek nomidagi Toshkent Davlat universiteti (ToshDU) tashkil etilganligining 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
4 oktyabr. Buxoroda "O‘zbekistonning dunyo taraqqiyotidagi ahamiyati: Buxoro va jahon madaniyati" mavzuida Xalqaro seminar ish boshladi. Bu anjumanda AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Germaniya, Fransiya, Polsha, Rossiya va boshqa mamlakatlarning vakillari ishtirok etdi.
Noyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Xorazmda tug‘ilib o‘sgan buyuk tilshunos olim, shoir va faylasuf Abulqosim Az-Zamaxshariyning 920 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Noyabr. Toshkentda tarixchilar, arxeologlar, san’atshunoslar, etnograflarning Markaziy Osiyo va Hindistonning savdo, fan, madaniyat va san’at sohasidagi hamkorligi muammolariga bag‘ishlangan Xalqaro kollokvium bo‘lib o‘tdi.
Dekabr. Toshkentda "Sivilizatsiya, mustaqillik va inson" mavzuida respublika ilmiy-texnikaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat va ijtimoiy hayot
14 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Sog‘lom avlod uchun" jurnalini tashkil etish to‘g‘risida Qaror qabul qildi.
9 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Svyato-Uspenskiy kafedral soborida diniy-ma’muriy markazni tashkil etish va 1996 yilning noyabrida O‘rta Osiyodagi Rus pravoslav cherkovining 125 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarni o‘tkazish to‘g‘risida Farmoyish qabul qildi.
21 iyul. Samarqandda islom dunyosining buyuk ma’rifatchisi muhaddis Imom Ismoil al-Buxoriy merosini o‘rganish va keng targ‘ib qilish uchun maxsus jamg‘arma tashkil etish bo‘yicha ta’sis konferensiya bo‘lib o‘tdi.
20 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
21 noyabr. Toshkentdagi "Turkiston" saroyida Markaziy Osiyo mamlakatlari qardosh xalqlari madaniyati vakillari anjumanining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Asqar Aqayev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonov anjuman ishtirokchilariga tabrik yo‘lladilar.
Dekabr. Toshketda "O‘zbekiston - Vyetnam" jamiyatining ta’sis yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Sog'liqni saqlash. Sport.
Yanvar. Toshkentda Xalqaro qizil xoch qo‘mitasining Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun doimiy vakolatxonasi ochildi.
10-13 aprel. Toshkentda "Tibbiyot va salomatlik-95" mavzuidagi Xalq-aro ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi, unda 25 ta mamlakatning tibbiyot uskunalari va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yuzdan ortiq firma va kompaniyalari ishtirok etdi.
2 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
16 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Butunjahon salomatlik tashkiloti bosh direktori Xiroshi Nakajimani qabul qildi.
29 avgust. Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Kubogi uchun tennis bo‘yi-cha ikkinchi Xalqaro turnir ochildi. Unda 14 ta mamlakatdan kelgan sport-chilar qatnashdi. Turnir marokashlik tennischi Karim Alamiy g‘alabasi bilan yakunlandi.
2 sentyabr. Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Birinchi Markaziy Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dekabr. Kopengagenda (Daniya) onalik va bolalikni muhofaza etish masalalariga bag‘ishlangan Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi, uning ishida O‘zbe-kiston tibbiyotchilaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etdi.
Dekabr. Toshkentda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Res-publika urologiya markazi ochildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |