TASHQI SIYOSAT
|
7 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida elchilar darajasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risi-dagi Kommyunike e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Xitoy Xalq Respublikasi hukumati o‘rtasida savdo-iqtisodiy Bitim e’lon qilindi.
|
30 yanvar. Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik Kengashi (YEXHK) bo‘yicha Pragada bo‘lib o‘tgan tashqi ishlar vazirlarining majlisida O‘zbekiston ushbu Xalqaro tashkilotga qabul qilindi.
31 yanvar. Shu kungacha O‘zbekiston Respublikasini mustaqil davlat sifatida 83 mamlakat rasman tan oldi. Bu haqda yanvarda Albaniya, Benin, Bolgariya, Botsvana, Burundi, Venesuela, Gabon, Gayana, Gvineya, Zimbabve, Iroq, Islandiya, Italiya, Kipr, Kuba, Laos, Livan, Liviya, Meksika, Malayziya, Nepal, Norvegiya, Portugaliya, Panama, Singapur, Filippin, Fransiya, Shvetsiya, Ekvador, Efiopiya, JAR, Yamayka ma’lum qildi.
2 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Davos (Shveytsariya)dagi umumjahon iqtisodiy anjumanida ishtirok etdi va unda nutq so‘zladi.
19 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Saud al-Feysal al-Saudni qabul qildi.
26 fevral. Xelsinkida (Finlyandiya) O‘zbekiston Respublikasi Pre-zidenti Islom Karimov O‘zbekiston nomidan Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik Kengashining Xelsinki Yakuniy hujjatini imzoladi.
10 mart. Bryusselda Shimoliy Atlantika hamkorligi Kengashi (SHAhK)ning favqulodda majlisida O‘zbekiston Respublikasi shu tashkilot a’zoligiga qabul qilindi.
16 mart. Toshkentda - mustaqil O‘zbekistonda xorijiy davlatlarning birinchi elchixonasi - AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ochildi.
25 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar Milliy uyushmasini tuzish to‘g‘risida" qaror qabul qildi.
Ushbu uyushma xorijiy mamlakatlar bnlan do‘stlik va madaniy aloqalar O‘zbekiston jamiyati hamda xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalar bo‘yicha "Vatan" jamiyati asosida tashkil etildi.
11-13 aprel. Prezident Islom Karimov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Saudiya Arabistonida bo‘ldi.
27-28 aprel. Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Sulaymon Demirel boshchiligidagi rasmiy delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
30 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Yevropa Tiklanish va taraqqiyot banki a’zosi bo‘ldi.
1 may. Bu vaqgga kelib, O‘zbekiston Respublikasi 29 davlat bilan dip-lomatik munosabatlar o‘rnatish bo‘iicha hujjatlarga imzo cheqdi, bu dav-latlar: Avstraliya, Avstriya, Belgiya5 Vengriya, Vyetnam, Gretsiya, Misr, Isroil, hitssiston, Ispaniya, Italiya, Xitoy, KXDR, Malayziya, Meksika, Mongoliya, Yangi Zelandiya, Ommon, Polsha, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQSH, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, GFR, Shvetsiya, Yaponiya,
15 may. Toshkentda Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
29 shon-1 iyul, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Kari-mov Turkiyaga tashrif buyurdi va "Iqtisodiy hamkorlikning qora dengiz mintaqasi: Turkiya va O‘rta Osiye respublikalari" mavzuidagi Umumjahon iqtisodiy anjumani majlisi ishida ishtirok etdi.
6 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.
8-10 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Finlyandiyaga bordi, bu yerda Prezident Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi (YEXHK) ishida ishtirok etdi.
Iyul. Bu oyda O‘zbekistonda Turkiya, Eron, Pokiston, hindiston, Meksika, Jazoir, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Fransiya, Shri Lanka, Buyuk Britaniya, quvayt, Misr Arab Respublikasi; AqShning turli darajadagi delegatsiyalari bo‘ldi. O‘z navbatida, O‘zbekistondan ham yigirmaga yaqin turli darajadagi delegatsiyalar Turkiya, XXR, AqSH, Fransiya, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Indoneziya, Singapur, KXDR, Eron, Afg‘oniston, Germaniya, Vengriyada bo‘lib, u yerlarda O‘zbekiston Respublikasini qiziqtiradigan masalalar bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.
4 sentyabr. O‘zbekiston Xalqaro Geologiya ittifoqiga qabul qilingan-ligi haqida xabar e’lon qilindi.
30 sentyabr. Finlyandiya Respublikasining Prezidenti Mauno Koyvisto boshchiligidagi shu respublika delegatsiyasi rasmiy do‘stona tashrif bilan O‘zbekiston Respublikasiga keldi.
13 oktyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan Afg‘oniston Islom Davlati boshlig‘i Burhonidsin Rab-boniy o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Shu kuni Tosh-kentda "O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Davlati o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risida"gi Protokol va "O‘zbekiston Respublikasi bilan Afg‘oniston Islom Davlati o‘rtasida hamkorlik va havo yo‘lini ochish to‘g‘risida"gi Memorandum imzolandi.
16 noyabr. Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan O‘zbe-kiston Respublikasi hukumati o‘rtasida O‘zbekistonda BMT vakolatxona-sini ochish to‘g‘risidagi Bitim imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |