Davlat va huquq



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/29
Sana14.09.2019
Hajmi0,89 Mb.
#22135
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
davlat va huquq nazariyasi

iqtisodiyot sohasida muayyan vazifalarni bajaradi, ular, asosan,
quyidagilardan iborat. Birinchidan, rivojlanayotgan iqtisodiyotni
yaratish, ikkinchidan, iqtisodiyotni barcha sohalarini o‘zaro
bog‘liqlik asosida rivojlantirish, uchinchidan, mehnat zaxiralarini
oqilona joylashtirish, mehnatning yangi texnologiyalar, xalqning
tarixiy an’analari va malakalariga mos keladigan sohalarini yaratish.
To‘rtinchidan, samarali iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
Beshinchidan, tadbirkorlikni rivojlantirish. Oltinchidan, aholini ish
bilan ta’minlash.
Ijtimoiy funksiya  –  bunda davlat shaxsni ijtimoiy jihatdan muho-
faza etilishini, jamiyat barcha azolarining talablar darajasidagi
moddiy-ma’naviy hayot sharoitlariga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi.
Ijtimoiy funksiyaga quyidagilar kiradi. Ijtimoiy boyliklarni
taqsimlash, aholini eng kam muhofazalangan qismini (nogironlar,
ko‘p bolali oilalar, keksalar, yetim-yesirlar) himoya qilish, pensiya
ta’minoti kabilarni tashkil etish. Sog‘liqni saqlash, madaniyatni
rivojlantirish, jamoat transportini tashkil etish, uy-joy qurilishi.
Siyosiy funksiya – fuqarolarning siyosiy huquq erkinliklarini
himoya qilish, qonuniylikni va huquqiy tartibotni ta’minlash,
jamiyatda barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni
ta’minlashdan iborat.
Ma’naviy funksiya – jamiyat a’zolari ongiga milliy mafkurani
singdirish, san’atni qo‘llab-quvvatlash, milliy madaniyani
rivojlantirish, jamiyatning ma’naviy-axloqiy sog‘lomligi to‘g‘risida
g‘amxo‘rlik qilish.
Moliyaviy funksiya — soliq to‘plash, jamiyat hayotining asosiy
sohalarini moliyalashtirish, davlat budjeti ijrosi, bojxona nazorati
va boshqalar.
Qonunlarga rioya etish hamma uchun majburiy bo‘lgan, uni
buzishga esa aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan davlat faoliyati sohasidir.
Huquqiy tartibotni va aholining huquqiy madaniyati hamda ongini
yuksaltirish davlatning huquqiy tartibotni muhofaza etish
funksiyasining mazmunini tashkil etadi. Huquqiy tartibot bilan
bog‘liq faoliyatning markazida, eng avvalo, fuqaro, jamiyat a’zosi
erkin inson sifatida shakllanishi va faoliyat yuritishi masalasi turadi.
Davlat bu funksiyani amalga oshirish uchun quyidagi
yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi:
 – birinchidan, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini
shakllantirish;

83
 – ikkinchidan, qonunlar ijrosini ta’minlash va ular ustidan
qat’iy nazorat o‘rnatish;
 – uchinchidan, fuqarolarni konstitutsiyaviy huquqlari va
erkinliklari amalga oshirilishini ta’minlaydigan qonunchilik
kafolatlarini yaratish;
 – to‘rtinchidan, huquqni muhofaza qilish organlari tizimini
shakllantirish va ularning samarali faoliyatini tashkil etish;
 – beshinchidan, qonunchilik va huquqiy tartibotni
mustahkamlash.
Har qanday davlatning eng asosiy talabi — qonunlarni amalga
oshirishga, qonunchilikni ta’minlashga mutasaddi bo‘lgan idora
va shaxslarning qonunlarni aniq va og‘ishmay ijro etishlaridan iborat.
Tabiatni muhofaza qilish funksiyasi — insoniyatni o‘sib
borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy boyliklardan
yovuzlarcha foydalanish, odamlar istiqomat qiladigan joylar hayot
uchun xavfli falokat mintaqalariga aylanib ketishi natijasida tabiat
bilan inson o‘rtasidagi muvozanat buzildi. Masalan, O‘zbekistonda
Orolning qurib borayotganligi, qishloq xo‘jaligida ekologik zararli
moddalarni ishlatish, aholi yashaydigan hududlarda zararli ishlab
chiqarish korxonalarini joylashtirish, yerdan oqilona foydalanish
qonunlarini buzish tabiiy ekologik vaziyatni izdan chiqardi. Shu
munosabat bilan davlatning ekologik funksiyasi alohida e’tibor kasb
etmoqda. Davlatning tabiatni muhofaza qilishga oid funksiyasi
quyidagi vazifalardan iborat. Jumladan, tabiiy resurslaridan oqilona
foydalanishga, atrof-muhitga zarar yetkazishga va ekologik vaziyatni
yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik. Ikkinchidan, jahon hamjamiyati
davlatlari ishtirokida ekologik sharoitlarini sog‘lomlashtirish,
iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi ekologik nomaqbul oqibatlarni
bartaraf etish. Uchinchidan, samarali ekologik qonunchilik tizimini
shakllantirish va tegishli davlat organlarini tuzish.
Davlatning tashqi funksiyasi – uning xalqaro maydondagi
faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Davlatni tashqi funksiyasiga
quyidagilar kiradi. Turli davlatlar bilan tinch-totuv yashash, xorijiy
davlatlar bilan hamkorlik qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish,
mamlakatni boshqa davlatlar hujumidan mudofaa etish va jahonda
tinchlikni mustahkamlash ishlarida faol qatnashish kabilar.
Jamiyatning hozirgi zamon taraqqiyot darajasi barcha davlatlarning
xo‘jalik, siyosiy, madaniy hayot sohalarida hamkorlik qilishni talab
qiladi. Iqtisodiy hamkorlikda eng muhim o‘rinni xalqaro mehnat

84
taqsimoti, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, eng yangi
texnologiyalari bilan almashish, kredit-moliya aloqalarini
rivojlantirish va tovar aylanmasini muvofiqlashtirib turish kabilar
egallaydi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni Birlashgan Millatlar
Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari: Iqtisodiy va Ijtimoiy
Kengashi, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi,
Xalqaro taraqqiyot banki va boshqalar olib boradi.
Mamlakatni mudofaa qilish funksiyasi. Davlatchilik
taraqqiyotining barcha bosqichlarida bu funksiya, uning ahamiyati
g‘oyat katta bo‘lib kelgan. Zero, hamisha mamlakat ozodligi va
mustaqilligini tashqi tajovuzlardan himoya qilishning obyektiv
zarurati mavjud bo‘lib kelganligi ma’lum.
Mamlakat mudofaasi funksiyasi iqtisodiy, siyosiy, diplomatik
va harbiy vositalar bilan amalga oshiriladi.
Davlat mudofaa faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan
iborat:
– birinchisi, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash.
Mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, eng avvalo, mudofaa
salohiyatini yuksaltirish;
– ikkinchisi, qurolli kuchlarni doimiy takomillashtirib, ularning
jangovar qudrati va jangovar tayyorgarligini oshirib borish;
– uchinchisi, davlat chegaralarini muhofaza qilish;
– to‘rtinchisi, qurolli kuchlarning harbiy ta’limi;
– beshinchisi, fuqaro mudofaasini tashkil etish.
Istiqlol davrida O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy prinsiplari
yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatining huquqiy
asoslari Konstitutsiyaning maxsus bobida, 1991-yil, 31-avgustda
qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi
asoslari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunda va 1996-yil, 26-
dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy
prinsiplari to‘g‘risida»gi qonunda o‘z aksini topgan.
Suveren davlat sifatida mustaqil davlat siyosatining ishlab
chiqilishi va uni amalga oshirishda tegishli funksiyalar ro‘yobga
chiqmoqda. O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarda
o‘z aksini topayotgan iqtisodiy siyosat pirovard natijada demokratik
o‘zgarishlar kiritish, kuchli suveren huquqiy davlatni barpo etish
uchun mustahkam moddiy negizni yaratishga yo‘naltirilgandir. Shu
vazifalardan O‘zbekiston davlatining ichki va tashqi funksiyalari
kelib chiqadi.

85
Ichki funksiyalarga quyidagilar kiradi:
1.  Huquqiy tartibni ta’minlash, inson va fuqarolarning huquqlari
va erkinliklarini muhofaza qilish funksiyasi;
2.  Iqtisodiy funksiya;
3.  Soliqlarni undirish funksiyasi;
4. Ijtimoiy himoya funksiyasi;
5.  Tabiatni muhofaza qilish funksiyasi;
6.  Barcha shakllardagi mulklarni himoya qilish funksiyasi;
7.  Madaniy-ma’rifiy funksiya.
Tashqi funksiyalarga quyidagilar kiradi:
1.  Mamlakatni mudofaa qilish;
2.  Xalqaro miqyosda iqtisodiy va siyosiy hamkorlik;
3.  Xalqaro tartibni qo‘llab-quvvatlash.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning davlat mustaqilligini 170 dan
ortiq davlat tan oldi, ulardan 120 tasi bilan diplomatik munosabatlar
o‘rnatildi. Toshkentda 44 ta davlatning elchixonalari hamda 20 ta
yirik xalqaro tashkilot vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlarda 40 ta vakolatxonasi
(jumladan 28 tasi elchixona) ochilgan. Bugun O‘zbekiston 60 ta
nufuzli xalqaro tashkilotlarning to‘laqonli a’zosi bo‘lib, ularning
faoliyatida faol ishtirok etmoqda.

86
VII BOB. DAVLAT MEXANIZMI (APPARATI)
1-§. Davlat mexanizmi tushunchasi va mohiyati
Jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda
barcha davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari bir tizimga
birlashadi va asosiy mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.
Davlat mexanizmi – barcha davlat organlarining yagona,
markazlashgan tizimi bo‘lib, ular o‘zlariga berilgan vakolat
asosida davlat funksiyalarini bajaradilar va hokimiyatni amalga
oshiradilar.
Hozirgi kunda davlatshunos olimlar davlat apparatining, eng
avvalo, fuqarolar va ular uyushmalarining turli ehtiyoj va
manfaatlarini mutanosiblashtirish mexanizmi deb hisoblaydilar.
Bunday fikrning to‘g‘riligi davlat mexanizmining o‘ziga xos
umumiy belgilarini tahlil etish jarayonida yaqqol ko‘zga
tashlanadi.
Davlat mexanizmi quyidagi asoslarga ko‘ra faoliyat yuritadi:
1. Davlat mexanizmining yagonaligi. Davlat mexanizmi  –
 davlat organlari va muassasalarining yaxlit ierarxik tizimidir. Uning
yaxlitligi davlat organlari va muassasalari faoliyati tamoyillarining,
vazifalari va maqsadlarining yagonaligi bilan ta’minlanadi. Davlat
organlari o‘zaro farq qilishiga qaramasdan, bir butunning qismlari
hisoblanadi va o‘zaro bog‘liq. Masalan, parlament va hukumat
turli vakolatlarga ega, turli mazmundagi ishni bajaradi, lekin
ikkalasi ham birga yagona davlat hokimiyatini amalga oshiradi,
ya’ni ikkalasining faoliyati ham fuqarolar munosib hayot kechirishi
uchun shart-sharoit yaratib berishdan iborat. Ular bir-biri bilan
o‘zaro bog‘liq va aloqadorlikda faoliyat yuritadi.
2. Umumiy maqsad va vazifalarning mavjudligi. Barcha davlat
organlari umumiy maqsad va vazifalarni bajarishi, ya’ni davlat
funksiyasini amalga oshirish uchun yagona tizimga birlashadi.
Asosiy maqsad  –  xalq manfaatini qondirish. Davlat va ularning
organlari xalq irodasini ifoda etadi, uning manfaatlari uchun
xizmat qiladi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar
oldida mas’uldirlar. Konstitutsiyaning 7- moddasida belgilab
qo‘yilishicha «O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq

87
manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan
idoralar tomonidangina amalga oshiriladi».
3. Ierarxik tizimga asoslanganligi. Davlat mexanizmi piramida
shaklida tuzilgan bo‘lib, unda yuqori turuvchi organlar quyi
turuvchi organlarga nisbatan ko‘proq vakolatlarga ega bo‘ladi
va ularning faoliyatiga ta’sir ko‘rsata oladi, quyi turuvchi organlar
esa yuqori turuvchi organlar qarorlarini bajarishi majburiydir.
Masalan, Vazirlar Mahkamasining qarorini joylardagi mahalliy
organlar bajarishi majburiy hisoblanadi.
4. Majburlov apparatining mavjudligi. Davlat organlari,
xususan, qonun chiqaruvchi organ qonun qabul qilish va uni
kuchga kiritish usuli bilan, ijro etuvchi organlar boshqaruv,
majburlov va rag‘batlantirish usullari bilan huquqiy normalarni
tatbiq etadilar. Huquqni muhofaza qilish organlari huquq
normalarini amaliyotga tatbiq etishda, asosan, ishontirish va
majburlash usullaridan foydalangan holda ish yuritadilar.
Jamiyatdagi barcha fuqarolar ham davlat tomonidan qabul
qilingan normativ-huquqiy hujjatdagi me’yorlarga so‘zsiz rioya
qilavermaydi, chunki insonlarning huquqiy ongi va huquqiy
madaniyati bir xilda shakllanmaydi. Shuning uchun, fuqarolar
davlat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarga o‘z xohishlariga ko‘ra
rioya etmaydigan bo‘lsa, davlat o‘zining majburlov kuchi orqali
qonunlarning bajarilishini ta’minlaydi. Bular: prokuratura, ichki
ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati, jinoiy jazoni ijro etish
muassasalari, armiya va boshqalar.
5. Boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullanuvchi maxsus shaxslar
guruhining mavjudligi. Davlat organlarida faoliyat yurituvchi
shaxslar ish faoliyatida faqatgina boshqaruv bilan shug‘ullanadi,
ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmaydilar. Shuningdek,
ushbu toifadagi shaxslar davlat va jamiyat manfaatlari uchun
faoliyat ko‘rsatadilar. Masalan, sudya sudlov jarayonida biror-
bir yaqin tanishining huquqbuzarlik sodir etgan ishi bo‘yicha, u
shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rish jarayonida, o‘zining
shaxsiy manfaatlarini inobatga olib emas, balki davlat
manfaatlaridan kelib chiqqan holda, obyektiv ravishda qonunga
asosan hukm chiqaradi.

88
6. 
Hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat organlarining
ichki strukturasining mavjudligi. Davlat mexanizmining bir
me’yorda ishlashini ta’minlash maqsadida davlat organlari, davlat
muassasalari va davlat tashkilotlari birgalikda harakat qiladi va
o‘z navbatida, ular ichki tarkibiy tuzilishiga ko‘ra bir-biridan
farq qiladi.
Davlat organlari – davlat funksiyalarini amalga oshirishda
hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat mexanizmining asosiy
bo‘g‘ini. Masalan, prokuratura, sud, ichki ishlar organlari
va boshqalar hokimiyat vakolatiga ega bo‘lgan davlat
organlaridir.
Davlat tashkilotlari  –   bevosita ishlab chiqarish hamda ta’minot
bilan shug‘ullanuvchi davlat idorasi hisoblanib, davlat uchun
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan funksiyalarni bajaradi. Mazkur
tashkilotlarning asosiy qismini davlat o‘z monopoliyasida
qoldiradi. Metro, tramvay, trolleybus, elektr energiyasi, aloqa
tizimi shular jumlasidandir.
Davlat muassasalari  –  bu davlat organlari kabi hokimiyat
vakolatiga ega bo‘lmay, davlatning oldida turgan umumijtimoiy
vazifalarni bajaruvchi idoralar. Masalan,  kasalxonalar, maorif,
teatr va boshqalar. Ushbu organlar hokimiyat vakolatiga ega
bo‘lmasa-da, lekin jamiyat oldida turgan ijtimoiy ahamiyatga
ega bo‘lgan muhim vazifalarni bajaradi.
Yuridik adabiyotlarda «davlat apparati» va «davlat mexanizmi»
degan tushunchalar ko‘p uchraydi. Bu tushunchalar, asosan,
bir xil mazmunga ega. Lekin «davlat mexanizmi» kengroq
tushuncha bo‘lib, unga davlat organlaridan tashqari davlat
apparati ishini tashkil qiladigan, unga yordam beruvchi bo‘limlar,
muassasalar ham kiradi. Ularga tayanib davlat apparati o‘z
faoliyatini, davlat funksiyalarini amalga oshiradi. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligini davlat organi,
deb olsak, Ichki ishlar vazirligining oliy o‘quv yurtlari, tibbiyot,
moliya  –  iqtisod boshqarmalari va shunga o‘xshash vazirlikning
faoliyatini tashkil qilishga yordam beradigan tashkilotlar, uning
muassasalari hisoblanadi.

89
2-§. Davlat mexanizmining tashkil etilishi va
faoliyati prinsiplari
Davlat mexanizmining tashkil etilishi va faoliyat yuritishi
muayyan bir rahbariy g‘oyalar, ya’ni prinsiplar asosida amalga
oshiriladi. Davlat mexanizmining prinsiplari ularning to‘g‘ri
faoliyat yuritishida yo‘llanma beruvchi vazifani o‘taydi.
Shuningdek, mazkur prinsiplar davlat apparatining harakat
doirasini va mezonini belgilab beradi.
Davlat mexanizmi faoliyati va uni tashkil etishning asosiy
prinsiplari:
1. Hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi prinsipi. Qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati  –  davlatning uchta
asosiy tayanchidir.
Davlat mexanizmini qurish muayyan obyektiv tamoyillar
asosida amalga oshadi, bu esa jamiyatni davlat tomonidan idora
etishning samaradorligini ta’minlash imkonini beradi. Qonun
chiqaruvchi va ijro etuvchi vakolatlar ayni bir odamning qo‘lida
yoki ayni bir idorada jamlangan bo‘lsa, erkinlik mavjud
bo‘lmaydi, zero, monarx yoki senat noto‘g‘ri qonunlar qabul
qilishi va ulardan johillarcha foydalanishi mumkin.
Hokimiyat vakolatlarini bo‘linishining bosh ma’nosi  –
 ijtimoiy-siyosiy kuchlar orasidagi hokimiyat vakolatlarining
taqsimlanishidir. Bundan maqsad  –  hokimiyatni suiiste’mol
qilishning imkoniyati bo‘lmasligi, hokimiyatlar bir-birlarini
muayyan muvozanatda ushlab va cheklab turishidir.
2. Inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarining
ustuvorligi prinsipi.
Inson, uning huquq va erkinliklari oliy qadriyat sifatida tan
olinishi prinsipidan kelib chiqqan holda davlat apparati o‘z
faoliyatini amalga oshirishi lozim. Davlat organlarining tashkil
etilishdan asosiy maqsadi ham inson, uning manfaatlari va
ehtiyojlarini ta’minlash, ularni himoya qilish va rioya etishdir.
Davlat apparati o‘z faoliyatida turli davlat organlarining normativ 
–  huquqiy hujjatlarni qabul qilish davrida inson huquq va
erkinliklarini birlamchi ekanligidan, hech qaysi bir organ inson
huquq va erkinliklariga zid hujjatlar chiqarishi mumkin emasligini
kafolatlaydi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida

90
ham davlat fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashi
e’tirof etilgan. Har qanday demokratik huquqiy davlatda inson
huquqlari oliy qadriyat sifatida tan olinadi va ulug‘lanadi.
3. Demokratizm prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati) tashkil
etilishi demokratik prinsip asosida amalga oshiriladi. Chunki,
davlatning qonun chiqaruvchi organlari xalq tomonidan saylash
orqali tashkil etiladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat O‘zbekiston
xalqi tomonidan yashirin ovoz berish asosida saylanadi va shu
demokratik tartibda Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi
shakllantiriladi. Xuddi shu kabi Oliy Majlisning Yuqori palatasi
bo‘lgan Senat ham xalq vakillarining ishtirokida tashkil etiladi.
Senatdagi mavjud 100 nafar senatorning 16 nafarini Prezident
t a y i n l a s a ,   8 4   n a f a r i n i   v i l o y a t ,   T o s h k e n t   s h a h r i   v a
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 nafardan mahalliy vakillik
organlari deputatlari yig‘ilishida saylanadi.
Ijro etuvchi hokimiyat – Hukumat ham xalq tomonidan
saylangan Prezident taqdimiga binoan Oliy Majlis tomonidan
tashkil qilinadi. Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi va Konstitutsiyaviy
sudlarning raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, sudyalari
ham Oliy Majlisdagi xalqning vakillari bo‘lgan senatorlar
tomonidan saylanadi.
D a v l a t   m e x a n i z m i   ( a p p a r a t i )   x a l q n i n g   i s h t i r o k i d a
shakllantiriladi, xalq hokimiyatini ifodalaydi, u ham o‘z
faoliyatida faqatgina xalq manfaatlariga xizmat qiladi.
4. Pog‘onama-pog‘ona bo‘ysunish (ierarxiya) prinsipi.
Ierarxiya  –  bir-biriga o‘zaro bo‘ysunuvda bo‘lish degan ma’noni
anglatadi. Ierarxiya – pog‘onama-pog‘ona, piramida, o‘zaro
bo‘ysunuvdagi kabi so‘zlar bilan bir ma’noni anglatadi.
Pog‘onama-pog‘ona joylashish prinsipining mazumuni shundaki,
davlat organlari tuzilishining bir shakli bo‘lib, yuqori davlat
organlarining vakolatlari quyi organlarning vakolatlariga nisbatan
ko‘proq bo‘ladi hamda ular quyi organlarning faoliyatiga ta’sir
o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy organlarining qarorlari
mamlakatning butun hududida quyi turuvchi barcha organlar
va mansabdor shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy. Masalan,

91
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va
farmoyishi Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy davlat
hokimiyati organlari uchun majburiy ahamiyatga ega.
Shuningdek, tuman hokimi chiqargan qarorni viloyat hokimi,
viloyat hokimining qarorini Bosh vazir bekor qilishga haqli.
5. Oshkoralik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ga
kiruvchi organlar o‘z faoliyatini oshkoralik asosida amalga
oshiradilar. Qonun chiqaruvchi organ  –  parlament faoliyati
jarayonida qabul qilinayotgan qonunlar loyihasini yoki qabul
qilgan qonunlar matnini ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa
e’lon qilinishi hamda xalqni qonunlardan xabardor etilishi
oshkoralik ifodasidir. Shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat
tomonidan qabul qilingan farmoyish va qarorlarning to‘plamlarda
chop etilishi hamda sud organlari tomonidan chiqarilgan hukmlar
(davlat va oila siri bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar bundan mustasno)
va qarorlar haqida ma’lumotlar bilan ham xalqning tanishishi
uchun ochiq bo‘lishidir. Oshkoralik davlat apparati faoliyatining
asosiy mezoni bo‘lishi lozim. Shuningdek, ommaviy axborot
vositalari davlat apparati faoliyati haqida doimiy ravishda
kundalik axborotlarini e’lon qilib turishi, xalqning jamiyatda
amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy islohotlardan
xabardor bo‘lib turishi maqsadga muvofiq sanaladi.
6. Qonuniylik prinsipi. Davlat mexanizmi (apparati)ning
tashkil etilishi qonun yo‘li bilan amalga oshiriladi. Davlat
apparatining asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan qonun chiqaruvchi organ 
–  Oliy Majlis, ijro etuvchi organ  –  Vazirlar Mahkamasi va sud
organlari  –  Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi va Konstitutsiyaviy sud
to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi tegishli qonunlari qabul
qilingan. Mamlakatimizdagi barcha davlat organlari qonun
asosida tashkil etilgan va qonun asosida faoliyat yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston
Respublikasida nooshkora, maxfiy va harbiy tashkilotlar tuzish
taqiqlangan. Shuningdek, davlat organlari o‘z faoliyatini qonun
asosida amalga oshirishi shart. Har qanday davlat organlarining
qonunlarda belgilab qo‘ygan vakolatlardan chetga chiqishi
mumkin emas.
7. Professionalizm prinsipi. Davlat apparati xizmatchilari o‘z

92
sohalarining yetuk mutaxassislari bo‘lib, ular maxsus malaka va
bilimga, yetarli tajriba va amaliy o‘quvga ega bo‘lgan xodimlar
hisoblanadi. Davlat apparatida xizmat qilayotgan xodimlar
dastlab mazkur soha bo‘yicha quyi organlarda xizmat qilgan,
ushbu sohada boy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis xodim bo‘lishi
shart.
8. Kollegiallik va yakkaboshchilikning birgaligi prinsipi.
Davlat apparati organlari o‘z faoliyatini kollegiallik va
yakkaboshchilik asosida amalga oshiradi. Kollegiallik, ya’ni
jamoaviy boshqaruv hisoblanib, Oliy Majlisning quyi palatasi
deputatlari va yuqori palatasi senatorlarining xizmat faoliyatida
yaqqol ko‘rinadi. Chunki ushbu organlar bamaslahat, muhokama
tarzida bir-biri bilan hamkorlikda masalani hal etadilar. Masalan:
Oliy Majlis qonun qabul qilishda bahamjihat ish tutadi.
Yakkahokimlik yoki yakkaboshchilik prinsipida esa kollegiallikka
o‘xshash umumning irodasi ro‘yobga chiqishi emas, balki xizmat

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish