Davlat va xuquq nazariyasi va politologiya. Politologiyaning asosiy vazifasi-siyosatni, siyosiy institutlarni, tizim va jarayonlarni o’organish. Davlat va xuquqham jamiyatning siyosiy hayoti va siyosatdan ajralmasdir. Qadimgi greklarning fikricha, siyosat - bu davlatni boshqaruv san'atidir. Siyosiy hokimiyat bilan barcha partiyalar, siyosiy institutlar to’g’ridan yoki yondashgan holda bog’lh, chunonchi ularning barchasi davlat va xuquq bilan faol o’zaro harakatda bo’ladi.
Davlat va xuquq nazariyasi va ijtimoiy psihologiya. Davlat va xuquq insonlarning xulqiga ta'sir etishning maxsus shakl va usullarini o’organar (ko’zatar) ekan, u albatta ijtimoiy hayotning ijtimoiy-psihologik xususiyatlarni chetlab utishi mumkin emas. Jumladan, xuquqiy ongning, xuquqiy ijodkorligining, xuquq mohiyatini hamda ularning barchasini kishilarning ongi, erki va hulhiga ta'sirining samaradorligini oshirishda ijtimoiy psihologik tomonini chuqur va mustahkam o’organmasdan turib ochish (o’organish) mumkin bo’lmaydi.
avlatshunoslik va xuquqshunoslik ijtimoiy fanlarning yangi yutuhlari bilan boyitishi davlat va xuquq nazariyasi fanining predmeti tabiatini, mohiyatini, qonuniyatini ochib berishga yordam beradi.
Davlat va xuquq nazariyasining yuridik fanlar tizimida tutgan o’rni. Davlat va xuquq naziriyasini barcha xuquqiy fanlar bilan ho’shib o’organish bu fanning predmeti, roli va ahamiyatini yanada oshiradi.
Barcha yuridik fanlarning o’organish sohasi va umumiy ob'ekti-davlat va xuquqdir.
Har bir xuquqshunoslik fani davlat va xuquq masalasiga o’ziga xos yondashadi, ularning har biri o’zining predmetiga ega.
Yuridik fanlar quydagicha klassifikatsiya qilinadi (tasniflanadi):
- tarixiy-nazariy xuquqiy fanlar (davlat va xuquq nazariyasi, davlat va xuquq tarixi, siyosiy xuquqiy ta'lim, tarixiy va x.)
- maxsus va tarmohli xuquqiy fanlar (fuqarolik xuquqi, jinoyat xuquqi, mexnat xuquqi, ma'muriy xuquq, konstitutsiyaviy xuquq, moliya, yer xuquqlari, jinoyat protsessual xuquqi, fuqarolik protsessual xuquqi va boshqalar.)
- amaliy yuridik fanlar (kriminalistika, sud buxgalteriyasi, sud meditsinasi, sud psixiatriyasi)
Davlat va xuquq naziriyasi yuridik fanlar sistemasida umumiy, fundamental va metodologik fan sifatida yo’zaga chiqadi.
Davlat va xuquq nazariyasi maxsus va xuquqiy anih materiallariga tayanadi, ularni nazariy jihatdan umumlashtiradi.
Umum va fundamental fan sifatida xuquqshunosning asosiy tushunchalari va hoidalarini, masalan, davlat, xuquq, siyosat, demokratiya, diktatura, qonunchilik va xuquqiy tartibot, xuquqiy ong, xuquqiy munosabat, xuquqbo’zarlik va xuquqiy javobgarlik masalalarni ishlab chiqadi va o’organadi. U metodologik fan sifatida boshqa yuridik fanlar uchun xususiy yuridik metod (uslublar)ni va rahbariy printsiplarni ishlab chiqadi.
Davlat va xuquq naziriyasi bilan davlat va xuquq tarixi fani bir-biri bilan chambarchas bog’lh bo’lib, ularning har ikqilasi ham dvlat va xuquq xuquq baxs yuritadi va h.
Davlat va xuquq naziriyasi boshqa yuridik fanlar bilan ham huddi shunday ikki yoqlama aloqadadir.
Demak, davlat va xuquq naziriyasi xuquqshunoslik fanlari tizimida markaziy, umumlashtiruvchi ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga, barcha yuridik fanlarning yutuqlarini uyg’unlashtiradi va ularni o’zaro bog’lashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |