Davlat va huquq nazariyasi fanidan



Download 70,88 Kb.
bet2/13
Sana26.01.2022
Hajmi70,88 Kb.
#412173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 5381969316130344653

VI. Xulosa

KIRISH

Insoniyat o‘z ibtidosini anglashga uzluksiz jiddiy qiziqish bildirib keladi. Oqil mutafakkirlar jamiyatning tub mohiyatini bilishga, insonning jamiyatdagi o‘rni va rolini belgilashga, taraqqiyot mantig‘ini anglashga intilganlar. «Jamiyat» iborasi arabcha so‘z bo‘lib, jam bo‘lish, birlashish, umumiy (ijtimoiy) degan ma’nolarni ifodalaydi. Yer yuzida odamlar paydo bo‘lib, ular jamiyat tarzida birlashgunlarigacha juda uzoq tarixiy davrlar o‘tgan. Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Yer sayyorasi bundan to‘rt milliard yetti yuz million yil muqaddam Quyosh prototizimida paydo bo‘lgan. Materiyaning qonuniyatli o‘zgarishi va rivojlanishi natijasida 3-3,5 mlrd. yillar muqaddam Yer yuzida hayot paydo bo‘lib, biosfera rivojlana boshlagan.Uzoq tarixiy-tadrijiy rivojlanish oqibatida bundan 2 mln. yilcha avval inson (homo habilis) paydo bo‘ldi; Dastlabki odam tipi – neoandertal odam edi. Bugungi kundan qariyb 250 ming yillar muqaddam odamzotning karamanyon (kromanon) – yovvoyi odam tipi kelib chiqdi va u hozirdan 35-40 ming avval yillargacha mavjud bo‘ldi. 40 ming yillarcha muqaddam hozirgi ko‘rinishdagi, fikrlovchi, ya’ni aql ato etilgan inson (homo sapiens) paydo bo‘lgan. Insonlar birgalashib turmush kechiradigan, jamiyatni hosil qilgan vaziyat (muhit) tarixan ancha keyin yuzaga kelgan. Sayyoramizdagi dastlabki davlat tuzilmalari, ilk davlatlar (masalan, Misopotamiyada Shumerlar davlati 7-8 ming, Qadimgi Misrda – 5-6 ming, Qadimgi Xitoy va Hindistonda 4,5-5 ming yillar avval) 5-8 ming yil ilgari vujudga kelganligini dalillovchi arxeologiya ma’lumotlari mavjud. Insonlarning onli hilqat ekanligi, mehnat qilishga qobilligi, ruhiy-fiziologik xususiyatlari va yuksak darajadagi uyushqoqligi tufayli jamiyatni hosil qiladi. Jamiyat insonlarning birlashuvi, ittifoqi, uyushmasi sifatida murakkab, serqirra ijtimoiy hodisadir. Jamiyat iborasi bir necha ma’nolarda qo‘llanadi: 1) kishilarning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsad hamda manfaatlari asosidagi birlashmalari, uyushmalari (mas., kitob sevarlar jamiyat, dehqon-sohibkorlar jamiyati, bilim jamiyati, tabiat himoyachilari jamiyati, xususiy mulkdorlar jamiyati va h.k.); 2) insoniyatning muayyan tarixiy taraqqiyot bosqichiII bob. DAVLAT VA HUQUQNING VUJUDGA KЕLISHI Jamiyat tushunchasi, uning tuzilishi va davlat bilan aloqasi 1-§. 37 II bob. Davlat va huquqning vujudga kеlishi dagi yaxlit uyushmasi (ibtidoiy jamiyat, feodal jamiyat, inson va shaxslarning muayyan mamlakat ko‘lamidagi uyushmasi va h.k.); 3) tabiatning bir bo‘lagi, borliqning alohida olingan shakli, ijtimoiy turmush kechirishning ifodasi tarzidagi jamiyat. Jamiyat mohiyatini ilmiy anglash, uning yaxlit ilmiy manzarasini yaratish insoniyat ma’naviy taraqqiyotining mislsiz yutug‘i hisoblanadi. Abu Ali ibn Sino jamiyatning paydo bo‘lishi kishilarning birdamlikka bo‘lgan tabiiy ehtiyojidan kelib chiqqanligini, ijtimoiy tengsizlik, tabiiy holat, mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi jamiyat taraqqiyotining manbayi ekanligini ta’kidladi. Abu Nasr Forobiy ma’rifatli, mas’uliyatli, fozil jamiyat siymosini targ‘ib qilgan. Abu Rayhon Beruniy jamiyat hayotida oila, mahalla, til va madaniyatning ahamiyatini ko‘rsatdi. Keyinchalik G‘arbiy Yevropalik G. Spenser, E. Dyurkgeym, M. Veber, V. Perato singarilar jamiyatni tabiiy – tarixiy jarayon, murakkab ijtimoiy tizim (sistema) sifatida tadqiq etdilar. Jamiyat haqidagi turli tarixiy davrlarda yaratilgan ta’limotlarda davr ruhi, jamiyatning madaniy-ma’naviy salohiyati, rivojlanish qonuniyatlari o‘z aksini topadi. Jamiyat o‘ta murakkab, ko‘p qatlamli ijtimoiy tuzulma, sistemadir. U kishilarning oddiy jamlamasi emas, balki umumiy ehtiyoj uchun moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, mahsulotlarni taqsimlash va ayirboshlash, iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan turli tuman mulkiy, iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy, huquqiy, oilaviy aloqalar, ijtimoiy munosabatlar mahsulidir. Demak, jamiyat – insonlarning oila, tabaqa, guruhlar o‘rtasidagi murakkab, jo‘shqin aloqalar, ijtimoiy ahamiyatga molik munosabatlar tizimi. Jamiyat odamlarning shunday uyushmasiki, unda irsiy qonunlar emas, balki ijtimoiy qonunlar hukmronlik qiladi. Falsafiy lug‘atlar talqiniga ko‘ra, jamiyat odamlar o‘rtasida vujudga keladigan axloqiy, diniy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy va boshqa ijtimoiy munosabatlarning, tarixan qaror topgan oila, axloq, din, davlat va shu kabi ijtimoiy institutlarning majmuasidir. Jamiyat hayotining barcha yuqorida sanalgan sohalari bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Ularni boshqarish va rivojlantirishda davlat, partiyalar, turli jamoat tashkilotlari va o‘zini o‘zi boshqaruv organlari muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatning axloqiy-ma’naviy salohiyati, ijtimoiy-huquqiy saviyasiga muvofiq ravishda siyosiy boshqarish usuli shakllanadi va faoliyat yuritadi. Umume’tirof etilgan ta’rifga ko‘ra, jamiyat – ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy munosabatlar mahsuli (mujmui). Uni bunday tahlil etish, birinchidan, unga tarixiy jihatdan yondashish (jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini farqlash); ikkinchidan, ijtimoiy hayot asosiy sohalarining o‘ziga xos (iqtisodiy, ma’naviy) xususiyatlarini aniqlash, uchinchidan, ijtimoiy munosabatlar subyektlari 38 Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi (shaxs, oila, millat, davlat, sinflar va boshqalar)ning nomlarini ta’kidlash imkonini beradi1 . Demak, jamiyat insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar, hamkorlik, ijtimoiy munosabatlar tizimi, umumiy turmush kechirishning muayyan tashkillashgan tarzi bo‘lib, uning mohiyati odamlar, ularning uyushmalari, birliklari o‘rtasidagi iqtisodiy, axloqiy, siyosiy, madaniy va boshqa turli-tuman munosabatlar mazmunidan iborat. Davlat jamiyatdan ajralib chiqadigan uning bir bo‘lagi bo‘lib, jamiyatni boshqarish bilan mashg‘ul bo‘ladi. «Jamiyat va davlat nisbatini tavsiflagan holda aytish mumkinki, tarixiy ma’noda davlat paydo bo‘lishi bilan jamiyat bamisoli ikki qismga – davlat va boshqa, ya’ni nodavlat sohaga ajralgandek bo‘ladi, aynan shu ikkinchi qismni fuqarolik jamiyati deb atamoq lozim. Davlatni tarkib toptiruvchi jamiyatda, bir tomondan, davlat, ikkinchi tomondan, fuqarolik jamiyati ajralib tursa, davlat va jamiyat nisbati masalasi, aslida fuqarolik jamiyati va uning siyosiy hokimiyati nisbati muammosiga aylanadi»2 . Jamiyat o‘z hayotini turli-tuman ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy institutlar faoliyatisiz tashkil etolmaydi. Bunday tashkilot (institut) va uyushmalarning mavjudligi ijtimoiy munosabatlar turiga va umuman tizimiga barqarorlik baxsh etadi. Masalan, davlat jamiyatning muhim siyosiy instituti bo‘lib, asosan, siyosiy-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi, zarur vaziyatlarda iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisi sifatida ham maydonga chiqadi. Davlat paydo bo‘lgunga qadar, ya’ni ibtidoiy jamiyatda ham o‘ziga xos institutlar, tashkiliy tuzilmalar bo‘lgan. Xususan, urug‘, qabila; ular tarkibida boshqaruv funksiyasini bajaruvchi ijtimoiy hokimiyat institutlari bo‘lgan (urug‘ yoki qabila oqsoqoli, jamoaning umumiy yig‘ini va h.k.). Jamiyat muayyan hokimiyatsiz boshqarilishi mumkin emas. Ijtimoiy hokimiyat shunday uyushgan (tashkillashgan) kuchki, u o‘z irodasiga o‘zgalarning, ya’ni urug‘, ijtimoiy guruh, jamoa ahlining irodasini bo‘ysundiradi. Iroda har qanday ijtimoiy hokimiyatning mag‘zini, markaziy elementini tashkil etadi. Hokimiyat munosabatlarida bir tomonda – hukmron, ustun iroda, ikkinchi tomonda – bo‘ysunuvchi, tobe iroda mavjud bo‘ladi. Jamiyatni faqat iroda kuchi bilan birlashtirib, yo‘naltirib bo‘lmaydi. Kishilarni bir jamoaga, guruhga, qolaversa, yaxlit bir butun jamiyatga birlashishiga sabab bo‘luvchi omil – bu yagona maqsad va manfaatdir. Aynan manfaatlar umumiyligi, ehtiyojlar mushtarakligi kishilarni bir jamiyat bo‘lib maydonga chiqishini va birgalikda turmush kechirishini ta’minlaydi. 1 Qarang: Теория государства и права / Под ред. В.М. Корельского и В.Д. Перевалова. – М., 1998. – 27–28-betlar; Islomov Z.M. Davlat va huquq nazariyasi. – T., 2007, 60-bet. 2 Qarang: Раянов Ф.М. Проблемы теории государства и права (юриспруденция). – М., «Право и государство», 2003, – 83-bet. 39 II bob. Davlat va huquqning vujudga kеlishi Davlat va huquq nazariyasi doirasida «jamiyat» fenomenini ilmiy o‘rganish va tahlil etishning o‘ziga xos ma’nosi va ahamiyati bor. Birinchidan, qadim jamiyatning paydo bo‘lishi va evolyutsiyasi sabablari hamda qonuniyatlarini ochish; ikkinchidan, hozirgi jamiyatning mohiyatini anglash, unda davlat va huquqning o‘rnini hamda rolini belgilash, zamonaviy jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va tendensiyalarini ochishdan iborat. Masalan, qadimgi jamiyat taraqqiyotida o‘zlashtiruvchi iqtisodiyotni va ne’mat yaratuvchi iqtisodiyotni farqlash mumkin. Davlatli uyushgan dastlabki jamiyat va zamonaviy jamiyatlar tahlilini industrial (sanoatlashgan) va postindustrial jamiyatlarga ajratib tahlil etish mumkin

.

Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma. D. jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud.

Diniy-mifologik taʼlimotlar bilan birga, keyinchalik D. toʻgʻrisidagi dunyoviy qarashlar, gʻoyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk, Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta hissa qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy D.larda ana shu mutafakkirlar taʼlimotlari muayyan darajada oʻz aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va hokazo) asosida D.ga birlashadilar, deb hisoblagan. D.ga jamiyatda tinchlikni, tartibni taʼminlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. "Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati yoʻlida tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi" (Grotsiy), "D. huquqiy qonunlar himoyasida boʻlgan koʻpchilik odamlarning birlashmasidir" (Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J. Boden "D. ichki va tashqi siyosatda mustaqildir", deyish bilan suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu xususda oʻzicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshligʻi yoki bir necha kishilar boʻli-shi mumkinligini eʼtirof etgan. U D. zimmasiga "qoʻl ostidagilarga tinchtotuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini taʼminlash yuklatiladi", deb yozgan. D. haqidagi nazariyalar qanchalik xilmaxil boʻlmasin, D.ning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni oʻz yoʻli bilan kechdi.

 Jamiyat tushunchasi. Insoniyat tarixida murakkab xodisa sifatida jamiyat, davlat, huquq to’g’risida turli fikrlar mavjud bo’lib kelgan. Inson yaralibdiki, har doim jamiyat bilan alohida bo’lib, u jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi.

     Jamiyat insonsiz mavjud bo’lmasligi kabi inson ham jamiyatsiz mavjud emas. Jamiyatning yuksalishida, rivojlanishida, ulkan yutug’larga ega bo’lishida eng birinchi o’rinni inson egallaydi. Inson vujudga kelishi bilan u yashashga intiladi, oldidagi to’sqinliklarni, qiyinchiliklarni yengishga harakat qiladi, izlanadi, tirishib-tirmashib hayot uchun kurashadi. Bu kurash, yashash jarayonida davlat, jamiyat insonga yordam beradi.

 Inson o’z fikr, hayot tajribasi orqali jamiyatda o’zining yashash tarzini, huquqiy holatini o’rganishi zarurligini bilib boradi. Davlat idoralarida ishlovchi insonlar maxsus tartib doirasida qonun - qoidalar qabul qilinishini amalga oshiradilar. Bu qonun - qoidalarni ham inson taklif etadi, davlat organlari tasdiqlaydi. Inson juda katta kuchga, salohiyatga ega.

    Jamiyat esa odamlarning o’zaro bog’liqligi, hamkorligi asosida tashkil topadi, shakllanadi, rivojlanadi. Jamiyat bugun birlashib ertaga tarqalib ketadigan uyushma emas. Bu mustahkam, bir-biriga bog’langan, doim yashash imkoniyatiga ega jamoa uyushmasidir. Jamoa esa insonlardan tashkil topadi. Demak inson – jamiyat asoschisi. Jamiyatni insonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

      Inson vujudga kelishi davridan boshlab jamiyatda o’z xulqi, yurish-turish tartibini shakillantirib borgan. Odamlarning birinchi munosabatlari tartib, ahloq qoidalari asosida namoyon bo’lgan.

     Jamiyatda insonlar ma’lum bir qiziqish, ehtiyoj, manfaatlarga ko’ra birlashadilar va o’zaro munosabatda bo’ladilar. Jamiyatda biologik qonunlar emas, balki ijtimoiy qonunlar amal qiladi va bu qonunlar insonlar bilan bog’liq bo’ladi.

     Inson - birlashgan jamiyat murakkab, tobora rivojlanib, takomillashib boradigan oilaviy, milliy, sinfiy, tabaqaviy, diniy, ahloqiy munosabatlarni keltirib chiqaradigan ijtimoiy taraqqiyot mahsulidir.

     Jamiyat ilmiy adabiyotlarda ko’p jihatdan ijtimoiy munosabatlar tizimi nuqtai nazaridan o’rganiladi, uning negizini iqtisodiy munosabatlar tashkil etish va uning asosida turli ustqurmalar, maslan, siyosat, davlat, huquq, sa’nat, adabiyot va boshqalar qurilishi e’tirof etiladi.

     Jamiyat vujudga kelganidan boshlab bugungi kunga qadar rivojlanib kelmoqda. Jamiyatda turli ijtimoiy yoki siyosiy vazifani bajaruvchi tashkilotlar, uyushmalar, birlashmalar paydo bo’ladi.

     Jamiyatning birinchi tabiiy bo’g’ini sifatida oila paydo bo’lgan. Oila jamoasi qarindoshlik munosabatlariga asoslangan. Oila jamoasi tashqi hujumdan himoyalanib, harbiy yurishlar tashkil qilish, jamoa bo’lib ov qilish uchun qarindoshlik asosida yirik uyushmalarga birlashishi mumkin bo’lgan. Sekin-asta mehnat, oziq-ovqat, oila-nikoh munosabatlari vujudga kelgan.

Agar an’anaviy jamiyatlar uchun "davlat" va "jamiyat" asosan mos tushunchalar bo‘lsa, zamonaviy jamiyatlar, albatta shartli ravishda, davlat va fuqarolik jamiyatiga bo‘lib o‘rganiladi. Lekin har ikkala holda ham davlatning tabiatini aniqlashda uning umumiyligi yoki universaligi xususiyati ta’kidlanadi. Davlat — umumiy qadriyat. Insonlar bugungi kunda davlat shaklidan boshqa tarzda o‘zlarining hamkorlikdagi hayotlarini tashkil eta olmaydilar. Odamlar nazarida davlat- nafaqat ularni birlashtirish uchun, balki alohida xalq (millat, jamoa) ma’naviyligini saqlash uchun ham zarurdir.

Davlat ega bo‘lgak muhim belgi—suverenitetdir. Davlat suvereniteti to‘g‘risida so‘z ketganda, jamiyatdagi barcha boshqa jamoa, gyph, tashkilotlar unga nisbatan quyi, tobe vaziyatni egallashi anglashiladi. Muayyan hududda davlat hokimiyatidan ustun hokimiyat yo‘q. U barcha hokimiyatlar ustidan suverendir, boshqa barcha hokimiyatlar undan o‘z legitimligini oladilar. Shuning uchun davlat suvereniteti quyidagi asosiy tamoyillarga tayanadi:

hududining birligi va bo‘linmasligi;

hudud chegaralarining dahlsizligi;

— ichki ishlarga aralashmaslik.

Suverenitet ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Ichki suverenitet — milliy hududda yashovchi va ushbu davlatning fuqarosi bo‘lgan (yoki fuqorosi bo‘lmagan) barcha odamlar ustidan hukmronlik qilish huquqi va vakolati. Tashqi suverenitet — mamlakat hududining yaxlitligi va tashqi kuchlarning davlat ichki ishlariga aralashmasligini ta’minlashni anglatadi.

Zamonaviy nazariyalarda davlat suvereniteti cheksizligig‘oyasi o‘zgarib, u ijtimoiy tashkilotlar va uyushmalar tomonidan cheklanishi tamoyili kiritildi. Eng ko‘p o‘zgarishlarga bu tushuncha federativ tuzilishga ega davlatlarda uchraydi.

Davlatning umumiyligi va universalligini ta’minlovchi yana bir muhim xususiyati — "qonundir. Ma’lum ma’noda qonun suverenitet ifodasidir. Faqat davlatgina butun jamiyat uchun majburiy qonunlarni ishlab chiqish huquqiga ega. Hokimiyat qonunda va qonun orqali muhim o‘zgarishlarga uchraydi: u o‘zboshimchalik va zulmdan — hamma uchun majburiy qoidaga aylanadi.

qonun davlatdan ustun turadi, uning faoliyatini me’yorga soladi. Ammo har doim ham shunday bo‘lgan emas. Kadimgi davrlarda qonun siyosiy hokimiyatni ifodalar edi (legistlarni eslang), keyinroq qonun hech kim o‘zgartira olmaydigan an’anaga aylandi. Bir qator muhim g‘oyalari bilan davlatchilik taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan olim- Monteskye: "inson jamiyat qabul qilgan qarorlarni bajarishi lozim" degan aqidani, "inson ham, jamiyat ham qonunlarni bajarishlari lozim" degan aqidaga o‘zgartirdi. Shu tariqa birinchi bor, inson qo‘liga uni jamiyat, davlat

zo‘ravonligidan himoya etuvchi qurol-qonun berildi.

qonun-jamiya hayotini tartibga soluvchi, barqarorlashturuvchi vositaga aylanadi.

Davlatning yana bir belgisi –uning ommaviy hokimiyatga,ya’ni muayyan ma’muriy-boshqaruv apparati va huquqiy-tartibot organlariga tayanishdir.

Davlat-kuch,zo‘rlik ishlatishning legitim huquqiga ega yagona siyosiy tashkilot. Buning uchun u maxsus vositalar (qurol,qamoqxona kabi) vamaxsus organlarga (armiya, politsiya,xafsizlik xtzmati,sud,prokuratura) ega.

Davlat-fuqorolik institutiga tayanadi.Bu-uning yana bir belgtsi.U fuqorolik hatti-harakatlarini ularning ijtimoiy,diniy,malakaviy yoki boshqa sifatlaridan qat’iy nazar umumiy o‘lchov bilan boholaydi.

Davlat fuqoro bilan ish ko‘radi, ular manfaatlari, huquqiy, erkinliklarini amalga oshirishdir uchun sharoit yaratadi.

Davlat o‘z tabiati va belgilaridan keltb chiqib jamiyat oldida turgan masalalarni hal qilish borasida muayyan yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi.Uning bu faoliyati boshqa siyosiy instutlarining faoliyatidan ajralib turadi. Xususan, davlat ichki va tashqi funksiyalarini bajaradi.


Download 70,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish