Davlat va huquq nazariyasi fanidan oraliq nazorat javobi
4-kazus.
Davlat hokimiyati bo`linish prinsiplariga ko`ra qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo`linadi. Ayrim davlatlarda mazkur prinsip bo`yicha davlat organlari har xil tasniflanadi. Mamlakatimizda mahalliy vakillik organlari hisoblangan xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari qonun chiqaruvchi hokimiyat tarmog`ida hisoblansada, hokim boshchilik qiladi.
Davlat hokimiyati bo`linishi prinsipini amaldagi qonunchilik va nazariy qoidalar asosida tahlil qilgan holda , vaziyat bo`yicha mustaqil fikringizni bayon eting.
Javob: Ushbu kazusni tahlil qilishda IRAC usulini qo`llagan holda javob berishga harakat qilamiz. Birinchi navbatda ushbu kasuz bo`yicha quyidagi savollarga javob beramiz.
Hokimiyatlar bo`linish prinsipi nima?
Hokimiyatlar bo'linishi amalda qanday qo'llaniladi?
O`zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining bo`linish prinsipiga ko`ra faoliyat yurituvchi hokimiyat organlarining huquqiy tavsifi.
Ushbu savollarga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to`g`risida”gi qonuni, “O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahakamasi to`g`risida”gi qonuni, “Sudlar to`g`risida”gi qonunlaridan hamda davlat va huquq nazariyasi fani darsliklaridan foydalangan holda javob berishga harakat qilamiz.
Birinchi bo`lib hokimiyatlar bo`linish prinsipi nima ekanligiga to`xtaladigan bo`lsak, hokimiyatlar bo’linishi prinsipi - bu davlat hokimiyatini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga taqsimlanishidir. Hokimiyat bo’linishi prinsipi mazmunini tavsiflovchi quyidagi jihatlarni ko’rsatib o’tish mumkin:
a)demokratik davlatlarda hokimiyatning qonun chiqaruvchi,ijro etuvchi va sud tarmoqlari o’zaro yagona davlat mexanizmi bilan chambarchas bog’lanibgina qolmay, balki ular nisbatan mustaqil hamdir;
b)qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari o’rtasida hokimiyatlarning muayyan nisbati mavjud bo’ladi hamda cheklovlar va muvozanat tizimi amal qiladi.
Hokimiyatlar bo’linishi nazariyasi fransuz mutafakkiri Sh.L.Monteskyening fikricha, adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha bir biriga tobe bo’lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo’lishi shart. Ularning har qanday ko’rinishda biron-bir organ yoki shaxs qo’lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetkazadi, suiiste’molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bila sira kelisha olmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo’lda birlashtirilishi qonunning ustun bo’lishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg’ul bo’lmay, qonun yaratish ishi bilan shug’ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin2.
Hokimiyatlar bo’linishi prinsipi ilk bor 1787-yilgi AQSh konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan.Ushbu prinsipga ko’ra hokimiyat vakolatlari nafaqat uning turli tarmoqlari o’rtasida taqsimlanadi, balki “o’zaro muvozanat va cheklovlar tizimi” orqali ular bir-birini nazorat qiladilar. Hokimiyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi inson huquqlarini ta’minlashning eng muhim vositalaridan biridir. Ayni paytda, davlat hokimiyatining bunday bo‘linishi bilan hokimiyat organlari faoliyatidagi o‘zboshimchalikka cheklov o‘rnatiladi va inson erkinligini ta’minlash maqsadida idoralarning o‘zaro hamkorligi hamda bir-birini “tiyib” turish munosabatlari yuzaga keladi. Bu o‘rinda hokimiyatlar mustaqilligi vа ularni amalga oshiruvchi organlarning mustaqilligi, bir-birining faoliyatiga aralashmasligi o‘ta muhimdir.Hоkimiyatlar taqsimlanishi prinsipining mohiyati shundan iboratki, hokimiyatlarning har biri davlat vazifalarini mustaqil ravishda bajarish bilan birga, o‘z huquqiy vositalari bilan bir-birini muvozanatda saqlab turаdi, hokimiyat vakolatlari birgina hokimiyat qo‘lida to‘planishining oldini oladi. Davlat hokimiyati subyektlari o‘rtasida vakolatlarni to‘g‘ri taqsimlash masalasi bosqichma-bosqich hal etildi. Bu borada hokimiyatlar bo‘linishi tamoyili, hech shubhasiz, konseptual yo‘nalish bo‘lib, ayni vaqtda hokimiyatni tashkil etish va uning muayyan rivojlanish bosqichidagi faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha qulay modelni tanlash zamonaviy talablarni hisobga olgan holda amalga oshirildi. Biroq bu uch hokimiyat tarmog’i ichidan birontasining boshqalaridan yuqori bo’lib olmasliklari, ularning vakolatlarini o’zlashtirmasliklari, o’rnini bosishga intilmasliklari uchun, “bir-birini tiyib turish va o’zaro muozanatda ushlash” tizimi amal qilishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi- qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga. Bu prinsiplarga amal qilmasdan turib, hech qachon huquqiy davlatga erishib bo’lmaydi.Hokimiyatlar bo’linishi tamoyili O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasing 11-moddasida konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida mustahkamlab qo’yilgan.Unga ko’ra “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi”.Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini O’zbekiston Respublikasida joriy qilishdan maqsad mamlakatda demokratiyalashtirish jarayonini tezlashtirish, davlat mexanizmini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini tan olish va pirovardida huquqiy davlat barpo etishdir. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan iborat bo`lib, Yuqori palata Senat, quyi palata Qonunchilik palatasi deb nomlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi hududiy, bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻp partiyalilik asosida saylanadigan 150 deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) tarkib topadi. Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — 6 kishidan saylanadi. Senatga saylov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazкur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Senatning 16 nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan hamda alohida xizmat кoʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Har ikkala palataning vakolat muddati — 5 yil. Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga 25 yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan fuqarolar egadirlar. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining , viloyat, tuman, shahar davlat hokimiyati vakillik organining 25 yoshga toʻlgan hamda kamida 5 yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan deputati Senat aʼzoligiga saylanish uchun nomzod boʻlishi mumkin.
“Qonunchilik palatasi (quyi palata) hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat”.1
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. Hukumat vakolatlarining asosiy mazmuni, uni amalga oshirish, tegishliijro hokimiyati organlarining vakolati, faoliyati prinsiplari, mas’uliyat va javobgarligi, hukumat majburiyatining mohiyati, hisobdorlik hamda faoliyati shakllari bevosita namoyon bo‘ladi. Ana shu bois, har bir konstitutsiyaviy huquqiy institut faoliyati uchun alohida ahamiyat kasb etuvchi, o‘ziga xos omil bo‘lib xizmat qiluvchi xususiyatlar qatorida ushbu institutni qamrab oluvchi asosiy prinsiplar ham e’tirof etiladiki, ular orqali tegishli institutning mazmun va mohiyati hamda ahamiyati ochib beriladi. Ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lmish Vazirlar Mahkamasi – Hukumat ham konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida ma’lum bir jamiyat qonuniyatlariga o‘z faoliyati davomida bo‘ysunadi hamda o‘z faoliyati yo‘nalishida muayyan prinsiplarga amal qiladi1.
Sud hokimiyatining asosiy vazifasi mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishdan iboratdir. Respublikamizda odil sudlov organlari tizimi, ma’muriy-hududiy birliklarda tashkil etiladi va korxona, tashkilot va muassasalar, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi huquqiy munosabat natijasida kelib chiqadigan masalalarni belgilangan hududiy birliklar miqyosida ko‘rib chiqadi. Shuningdek, sud hokimiyatining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi vakolatlari ham mavjud:
– konstitutsiyaviy nazorat;
– davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy qaror va xatti-harakatlariga doir ishlarni ko‘rish;
– shaxslarning faoliyatlari hamda ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshirish;
– sud hukmi va qarorlarining ijrosini ta’minlash;
– sudlarga tegishli ma’muriy huquqbuzarlik holatlarini ko‘rib, tekshirib chiqish;
– sud amaliyotidan kelib chiqib, amaldagi qonunchilik masalalari bo‘yicha tushuntirish vakolati;
– sudyalar tarkibining shakllanishida ishtirok etish va uning organlariga yordam berish vakolati.
Yuqoridagi vakolatlarning amalda bajarilishi odil sudlov bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, sud hokimiyatining mazmunini tashkil etadi va u qabul qilgan hukm va qarorlarning majburiy ijrosini ta’minlashga qaratiladi. Sud hokimiyati qarorlarining hayotga tatbiq qilinishi majburiydir, bu holat qonun bilan belgilangan. Qonun davlat organlari, jamoat birlashmalari, tashkilotlar,mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning sud hukmiga bevosita bo‘ysunishlarini talab qiladi. Hamma davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslarva fuqarolar sud hokimiyati qarorlarining amalga oshishida sudga yordamlashishlari shart va majburdirlar.
“ O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida hokimiyatlar bo`linishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari belgilab berildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha “Harakatlar Strategiyasi” ishlab chiqildi. Unda” davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari ham belgilangan. Shu jumladan, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshiralayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda tubdan oshirishni shakllantirish kabi maqsad-vazifalar oldimizga qo’yildi. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish shart deb belgilandi:Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish; sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy ta’minlash darajasini oshirish, sudlarning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash; sudyalarga g’ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish; sudning teng huquqligi tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish; “Xabeas korpus” institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish; sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; sudlarni faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishdir”2.Bundan ko’rinib turibdiki, sud hokimiyatining boshqa hokimiyatlar bilan teng faoliyat qolishi konstitutsiya darajasida mustahkamlangan.Sud hokimiyatini qonun chiqaruvchi organga huquq ijodkorligi faoliyati ustidan nazorat qilish orqali, balki qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish yo’li bilan ham ta’sir ko’rsata oladi.
Xulosa
Ushbu kasuz bo`yicha O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatlari bo’linish prinsiplari haqida ma’lumotlar berishga harakat qilindi. Mamlakatimizda mustaqillikni qo’lga kiritganidan boshlab to hozirgi kungacha misli ko’rilmagan islohotlar amalga oshirildi. Barcha o’zini o’zi boshqarish organlarini mahalliy hokimiyat organlariga kiritish, maqomini mustahkamlash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Chunki davlat hokimiyatlarining quyi tizimi mustahkam bo’lsa, uning yuqori tizimi ham mustahkam bo’ladi. Agarda islohatlarni yuqori tizimda o’tkazilsa, quyi tizimdagi hokimiyat organlariga islohat ta’sir o’tkazmay qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |