113
8 – Mahmudov N.
77- mashq.
Gaplarni o‘qing. Bir ma’noli so‘zlarni va fikrning aniq-
ligini ifodalovchi so‘z birikmalarini ajratib ko‘chirib
oling.
1. Buyruqdan ko‘chirma buyruqning farmoyish qismi-
dan oldingi hamma qismlarini qamrab oladi. 2. Pattada
ma’lum
kishiga muayyan miqdordagi pul, mahsulot, urug‘
(don) yoki boshqa narsalarni berish lozimligi haqida
ma’lumot aks ettirilgan. 3. Birlashmaning 2010- yil 3- mart-
dagi 03—58 raqamli buyrug‘ini bajarish yuzasidan chora-
tadbirlar belgilandi. 4. Xodimga
uning xizmat lavozimi vazi-
falariga kirmaydigan ishlar yuklatilsa, katta harflar bilan
yoziladigan «tavsiya etaman» so‘zi qo‘llaniladi. 5. Boshqar-
maning 2010- yil 18-oktabrdagi 152- raqamli buyrug‘i bi-
lan litseyga 4 (to‘rt) ta kompyuter o‘rnatildi. 6.
Binoni isi-
tish quvurlarini almashtirish ishlari joriy yilning 28- oktab-
rigacha bajarilsin.
96- topshiriq.
a) matnni o‘qing. Matnda ifodalangan ma’-
lumotning mazmuniy tuzilishini izohlang.
Ming to‘qqiz yuz o‘ttiz sakkizinchi yilning avji bahor
payti edi. ... Oybek bundan sakkiz oy oldin Yozuvchilar uyush-
masidan o‘chirilgan.
Botuni Samarqandda hibsga olishdi.
U bir necha yildan
beri qamoqda yotibdi. Sanjar Siddiqni Qibraydagi dam olish
uyidan, Qurbon Beregin bilan Anqaboyni yozuvchilarning
IV plenumi prezidiumidan ijod ahlining ko‘zi oldida qo‘llariga
kishan solib olib ketishdi. O‘sha plenumda Oybek bilan Hamid
Olimjon uyushmadan o‘chirildi. Shu joyning o‘zida a’zolik
hujjatlari tortib olindi.
Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy, G‘ozi Yunus, Elbek, Us-
mon Nosirlarni fosh qiluvchi maqolalarning keti uzilmaydi.
Ular bu xil hujumlardan qamalganlaridan
keyin ham qutu-
lishmadi.
Oybek o‘sha paytlarda bolalari bilan tor bir uyda yashardi.
Ijod qilish uchun mutlaqo sharoit yo‘q edi. Er-xotin o‘ylab-
o‘ylab, yashab turgan xonaning shifti bilan poli oralig‘ida
boloxona qilishdi. Oybek unga narvonda chiqar, to sahargacha
www.ziyouz.com kutubxonasi
114
muk tushib yozardi. Yozib charchagan paytlarda qaddini rost-
lasa boshi shiftga tegardi. Kunduzlari ba’zan Eski Jo‘vadagi
«Oktabr» kutubxonasiga borib yozardi.
Bu kutubxona ilgari «Turon» nomi bilan atalgan.
Abdulla
Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, G‘afur G‘ulom, Oybek, Mirte-
mirlar bu yerga tez-tez kelib turishgan.
S. Ahmad,
«Yo‘qotganlarim va topganlarim» kitobidan.
b) matndagi fe’l shakllarini majhul nisbatda qo‘llang va maz-
munidagi farqlarni ayting.
Bir voqea yoki holat (
shaxsning yashash joyi, vazifasi
yoki muassasa faoliyati
) haqida axborot beruvchi hujjat
Do'stlaringiz bilan baham: