Davlat uzb p65



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/103
Sana12.07.2022
Hajmi0,88 Mb.
#780116
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103
Bog'liq
Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish (N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo\'ldoshev) (1)

36- mashq.
Matnlarni o‘qing, uslubiy farqlarni dalillar asosida
yozma ravishda izohlang.
1. Hasanali, Otabekning har bir siriga o‘zini mahram hisob-
laganlikdan, darhaqiqat, Otabekka mahram bo‘lishga loyiq
bir mehribonlikka ega bo‘lganlikdan, bek bilan ochiq so‘z-
lashish fikriga keldi.
Bir necha daqiqa muqaddima uchun reja qurib o‘tirgandan
so‘ng, tilga keldi:
— O‘g‘lim, Otabek!
— So‘zlangiz.
— Aytingiz-chi, men sizning kimingiz?
Otabek, Hasanalining maqsadiga tushunolmay majhul unga
nazar tashladi.
— Sizmi? — deb kulimsiradi u. — Otam bo‘lmasangiz
ham, meni otalik muhabbati bilan sevgan sodiq va mehribon
bir kishimsiz, ya’ni ma’naviy otam.
— Barakalla, o‘g‘lim! — dedi Hasanali. — Javobingiz o‘z
o‘ylaganimchadir. Endi sizdan shuni ham so‘rayin: xo‘jasiga
sodiq bir qul, sizning ta’biringizcha, ma’naviy bir padar,
o‘z o‘g‘liga yomonlik sog‘inarmi, bu to‘g‘rida javob beringiz-
chi?
Otabek kutilmagan bu savoldan ajablandi:
— So‘zingizga tushunolmadim, ota! — dedi. — Shundog‘
bo‘lsa ham javob beraman: bu kungacha siz yolg‘iz mengagina
www.ziyouz.com kutubxonasi


62
emas — bizning oilamizga otalik mavqeyida turib, yaxshilik-
dan boshqani sog‘inmay kelasiz.
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar» romanidan.
2. Husayn Voiz Koshifiy nutqlarining ta’sirchanligi, jozi-
badorligi haqida uning o‘g‘li Faxriddin Ali Safiy «Latoyifut
tavoyif» nomli asarida quyidagilarni eslaydi: «Kunlarning birida
ahli majlisga Mavlono Sayid G‘iyosiddin degan mashhur so‘z
ustasi kechikib kelgan. Bu majlisga Abdurahmon Jomiy ham
tashrif buyurgan ekan. Sayid G‘iyosiddin kirib kelishi bilan
Jomiy undan so‘rabdi:
— Nechuk kechikdingiz, mavlono G‘iyosiddin?
— Meni ma’zur tuting, ustod, — debdi G‘iyosiddin, —
kelayotgan edim, masjidi jomeda Husayn Voiz Koshifiy nutq
so‘zlayotgan ekan, shunga mahliyo bo‘lib qolibman.
Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari jozibadorligi bilan har
qanday kishini jalb qila olgan.
Alisher Navoiy va sulton Husayn Boyqaro o‘z she’rlarini
xalq oldida rasmiy ijro etish lozim bo‘lganida, bu ishga Ko-
shifiyni munosib ko‘rganlar.
Masalan, Alisher Navoiy o‘zining Jomiyga bag‘ishlangan
marsiyasini o‘qib eshittirishni Husayn Voizga topshirganligi
bu fikrning isbotidir.
«Yuristning nutq madaniyati» kitobidan.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish